1-modul. Dehqonchilik 1-mavzu. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi, ilmiy asoslari va rivojlanish istiqbollari mavzu maqsadi


Download 0.62 Mb.
bet8/11
Sana01.04.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1316173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-МАВЗУ

Suv ­ qimmatbaho tabiiy resurs. U tabiatda doimiy aylanishda bo‘lib, tuproq paydo bo‘lishida ishtirok etadi, iqlim va ob-havoga sezilarli ta’sir etadi. Suv ­ yaxshi yerituvchi: unda qattiq, suyuq va gazsimon moddalar yeriydi. Suv o‘simliklar hayotida birinchi darajali ahamiyatga ega.
Akademik A.N.Karpinskiy suvga «jonli qon» deb qaradi, ya’ni suv hayot yo‘q joyda uni yaratadi. Vaholanki, tirik organizmdagi biron-bir hujayrani suvsiz tasavvur etish qiyin. Masalan, makkajo‘hori, boshoqli don ekinlari va pomidor tarkibida suv tegishlicha 70, 87 va 95 foizni tashkil etadi.ssitoplazmaning 75–85 foizi suvdan iborat.
Suv o‘simlik tanasida kimyoviy birikkan – konstitutsion, yerigan organik moddalar va makro-molekulalarni o‘rab turuvchi – gidratatsion, vakuolani to‘ldiruvchi – rezyerv, hujayralar orasi va o‘tkazuvchi to‘qimalarda transport vositasini bajaruvchi – intyerstitsialь shakllarida uchraydi. Ularning barchasi o‘simlik organizmida ma’lum bir rolni o‘ynaydi.
Suv o‘simlik hayotidagi barcha jarayonlarda – fiziologik, kimyoviy va biokimyoviy – bevosita ishtirok etadi. Suv molekulasidagi kislorod va vodorod organik moddalar sintezida «qurilish matyeriali» bo‘lib xizmat qiladi. Suvni barglar orqali bug‘lanishi – transpiratsiya natijasida o‘simlik tanasining harorati boshqariladi. Bunda o‘simlik to‘qimalarining harorati 5–7 0S gacha pasayadi. Suv o‘simliklar hayotida mexanik vazifani ham bajaradi: suv bilan to‘yingan o‘simlik turgor holatida, aks holda–plazmoliz (so‘ligan) holatda bo‘ladi.
Hujayralarning suvsizlanishi oqsillar va o‘simlik to‘qimalarining butun biologik kompleksini qayta shakllanishiga olib keladi. Suv tuproqdagi oziq moddalarning yerishi, o‘simlik tanasiga so‘rilishi va harakatlanishida katta rolь o‘ynaydi. O‘simlik suv bilan etarli darajada to‘yingandagina unda kechadigan barcha hayotiy jarayonlar uchun mo‘‘tadil sharoit yaratilgan bo‘ladi, aksincha, suv bilan etarlicha ta’minlanmaslik oqibatida ushbu jarayonlar izdan chiqib, o‘simlik organizmini qarishiga sabab bo‘ladi. Suvni me’yoridan ortiqcha bo‘lishi esa o‘suv davrini uzayishi va reproduktiv fazalarni o‘tishini kechikishiga olib keladi.
Oziq moddalar. O‘simliklarning hayoti va tirikligini tashkil etuvchi asosiy elementlariga: N, P, K, C, H, O, S, Ca, Mg va Fe kiradi. SHu bilan bir qatorda mikroma-danlar deb nom olgan bir qator elementlar borki ular o‘simlik uchun zarur tiriklik vositasi hisoblanadi.
O‘simliklar o‘suv davrida tup-roqdan xilma-xil oziq moddalarni oladi.
1 tonna paxta etishtirish uchun g‘o‘zaga 50 kg.,1 tonna bahori bug‘doy uchun 35 kg., kuzgi bug‘doy uchun 40 kg. azot kerak bo‘ladi. Azot o‘simlikning o‘sishini tezlashtiradi. Azotning ortib ketishi ham, kamayib ketishi ham o‘simlik uchun zararlidir. Azotning etishmasligi natijasida o‘sish sekinlashadi, ortib ketganda esa, aksincha hosil kamayib ketadi.
Fosfor hosil organlarining shakllanishida qatnashadi va ularni etilishini tezlashtiradi. O‘simlik hayotida kaliy ham katta rolь o‘ynaydi. U o‘simliklarda kraxmal va shakarning yanada tez siljishiga yordam byeradi, hosilni va o‘simliklarni turli kasalliklarga chidamliligini oshiradi. SHuningdek, o‘simlikda kechadigan barcha fiziologik, biokimyoviy jarayonlarda, o‘simlik tanasini hamda organlarini shakllanishida, uni tashqi omillar ta’siridga chidamliligi, kasallik va zararkunandalaga nisbatan bardoshliligi mikromadanlar deb nom olgan bir qator elementlarga ham bog‘liq bo‘ladi.
Dehqonchilik-qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i bo‘lib aholini oziq-ovqat, sanoatni xom-ashyo, chorvachilikni esa em-xashak bilan ta’minlaydi, ekinlardan sifatli va yuqori hosil olish maqsadida ularni parvarish qilish usullari, tuproq unumdorligini oshirish tadbirlari bilan shug‘ullanadi. Yerning asosiy xususiyatlaridan biri uning eskirmasligidir. Yerdan to‘g‘ri foydalanish qishloq xo‘jaligi xodimlarining eng muhim vazifasidir.
Ma’lumki, hamma o‘simliklar ham boshqa tirik organizmlar kabi, o‘sib-rivojlanishi va hosil berishi uchun muayyan shart-sharoit bo‘lishini talab qiladi. Demak, ularning hayot faoliyati tashqi muhit bilan chambarchas bog‘liq. SHuning uchun ham o‘simliklarning tashqi muhit bilan o‘zaro bir-biriga ta’mir etishi ilmiy dehqonchilikning asosi hisoblanadi.
O‘simlik organlari hosil bo‘lishida qatnashuvchi, o‘sishiga, rivojlanishiga, hosildorligiga, etishtirilgan mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillar dehqonchilikda madaniy o‘simliklarning hayot omillari deyiladi.
O‘simliklarning o‘sish va rivojlanishiga hayot omillari bilan bir qatorda muhit sharoiti ham ta’sir etadi. Muhit sharoiti deganda, hayot omillarining o‘simlikka ta’siri natijasida sodir bo‘ladigan tashqi holatni tushunamiz. Muhit sharoiti o‘z navbatida uch guruhga bo‘linadi:
1)tuproq muhiti (haydalma qatlamning tuzilishi, yerning sho‘rlangan-ligi, sizot suvlarining sathi, ishqoriylik, kislotalilik va boshqalar);
2) fitologik (ekinlarning vegetatsiya davrida unga salbiy ta’sir etuvchi begona o‘tlar, kasallik va zararkunanda hamda boshqalar);
3) agrotexnik tadbirlar (dala ishlarini o‘z vaqtida sifatli o‘tkazilishi yoki o‘tkazilmasligi oqibatida sodir bo‘ladigan sabablar va boshqalar).
Ilmiy dehqonchilikning ikkinchi asosi tuproq unumdorligi haqidagi ta’limotdir. Tuproq unumdorligi uning tabiiy xossasi bo‘lsa ham, u tuproq hosil bo‘lish jarayonida to‘plangan oziq elementlariga, tuproqning fizik xossa-lariga hamda iqlim sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. SHuning uchun har bir tuman va xo‘jaliklarning tuproq hamda iqlim sharoiti o‘rganilib, tegishli mintaqalarga bo‘linadi. CHunki tuproq va iqlim u yoki bu agrotexnikani qo‘llashda asos hisoblanadi.
O‘simliklarning hayot omillari va muhit sharoitini hisobga olib, ularni o‘simlik talabiga qarab qo‘llash dehqonchilikning uchinchi ilmiy asosini tashkil etadi. O‘simliklarning hayot omillari va muhit sharoitini tarixiy davr mobaynida o‘rganish natijasida ilmiy dehqonchilikning bir qancha qonunlari tarkib topdi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling