1-modul. Dehqonchilik 1-mavzu. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi, ilmiy asoslari va rivojlanish istiqbollari mavzu maqsadi


Download 0.62 Mb.
bet5/11
Sana01.04.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1316173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-МАВЗУ

4. Dehqonchilikning ilmiy asoslari.
O‘simlik har qanday tirik organizm kabi o‘sishi, rivojlanishi va hosil berishi uchun muayyan sharoitlarni talab etadi. Qachonki ushbu muayyan sharoitlar mavjud bo‘lsa o‘simlikda kechadigan barcha fiziologik, kimyoviy, biokimyoviy, va boshqa jarayonlar me’yorda o‘tib u kutilgan hosilni shakllantiradi. SHundan kelib chiqib yer yuzida o‘sadigan turli xildagi o‘simliklar o‘sish sharoitlariga qarab har xil talablar qo‘yadi. O‘simliklarning nomal hayot sharoiti uchun tashqi muhit omillari - yorug‘lik, issiqlik, havo, oziqa va suv zarur bo‘ladi. SHulardan yorug‘lik va issiqlik kosmik omillarga, oziqa, havo va suv yer omillariga kiradi.
O‘simliklarni o‘ziga xos bir «zavod»ga o‘xshatish mumkin. Zavodda xom ashyolardan har xil yangi mahsulot ishlab chiqarilgani kabi, o‘simliklar ham turli anorganik moddalarni o‘zlashtirib, har xil organik moddalar sintezlaydi.
Dehqonchilikning asosiy vazifasi o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun tegishli sharoit yaratish asosida ulardan yuqori hosil olishdir. K.A.Timiryazevning ta’biricha, madaniy o‘simlik va uning talabi masalasi dehqonchilikning tub ilmiy vazifasidir; qolgan masalalarning hammasi unga aloqador bo‘lganligi uchun ham muhimdir.
O‘simliklar rivojlanishi va hosil berishi uchun muayyan shart-sharoit bo‘lishini talab qiladi. Ularning hayot-faoliyati tashqi muhit bilan chambarchas bog‘liq. SHuning uchun ham o‘simliklarning tashqi muxit bilan o‘zaro bir-biriga ta’sir etishi ilmiy dexdonchilikning asosi hisoblanadi.
Ma’lumki, o‘simliklar o‘z organizmini bunyod etishi uchun tashqaridan «qurilish matyeriallari» (N, O2, N, R, K, Sa, Fe, Mg va boshqa kimyoviy elementlar) ni va quyoshning yorug‘lik enyergiyasini oladi va shular yordamida organik moddalar sintezlaydi.
O ‘simlik organlari hosil bo‘lishida qatnashuvchi, o‘sishiga, rivojlanishiga, hosildorligiga, etishtirilgan mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillar Dehqonchilikda madaniy o‘simliklarning hayot omillari deyiladi.
O‘simliklarning hayot omillari ikki guruhga bo‘linadi: birinchisi, kosmik yoki enyergetik omil, bunga yorug‘lik va issiqlik; ikkinchisi, yer omillari, bunga suv, havo va oziq elementlari kiradi.
Ilmiy dexqonchilikning ikkinchi asosi tuproq unumdorligi haqidagi ta’limotdir. Tuproq unumdorligi uning tabiiy xossasi bo‘lsa ham, u tuproq hosil bo‘lish jarayonida to‘plangan oziq elementlariga, tuproqning fizik xossalariga hamda iqlim sharoitiga 1-rasm. O‘simliklarga hayot bog‘liq bo‘ladi. omillarining ta’siri.
Muhit sharoiti deganda, hayot omillarining o‘simlikka ta’siri natijasida sodir bo‘ladigan tashqi holatni tushunamiz. Muhit sharoiti o‘z navbatida uch guruhga bo‘linadi: 1) tuproq muhiti (haydalma qatlamning tuzilishi, yerning sho‘rlanganligi, sizot suvlarining sathi, ishqoriylik, kislotalilik va boshqalar); 2) fitologik (ekinlarning vegetatsiya davrida unga salbiy ta’sir etuvchi begona o‘tlar, kasallik va zararkunanda hamda boshqalar); 3) agrotexnik tadbirlar (dala ishlarini o‘z vaqtida sifatli o‘tkazilishi yoki o‘tkazilmasligi oqibatida sodir bo‘ladigan sabablar va boshqalar). O‘simliklarning hayot omillari va muhit sharoitini hisobga olib, ularni o‘simlik talabiga qarab qo‘llash Dehqonchilikning uchinchi ilmiy asosini tashkil etadi. O‘simliklarning hayot omillari va muhit sharoitini tarixiy davr mobaynida o‘rganish natijasida ilmiy Dehqonchilikning bir qancha qonunlari tarkib topdi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling