Mavzu : Abdulla Oripov hayot – ijodi.
Qabul qildi:_______________________________
Abdulla Oripov O`zbekistonning XX asrda yetishib chiqgan eng mashhur va zabardast shoirlardan biridir. Bu izzat ikromga u hozirgacha yigirmadan ortiq tilga tarjima qilinib, xalqaro miqyosda e`tirof etilgan badiy asarlari, jamoat va davlat arbobi sifatida faoliyati, istiqlol yo`lidagi fidoyiyligi va jonbozligi tufayli erishdi.
Abdulla Oripov o`zbek adabyotini ko`pdan – ko`p lirik she`rlari, “Hakim va ajal”, “Ranjkom” kabi dostonlari, “Jannatga yo`l”, dramatik dostoni, “Sohibqiron” she`riy drammasi, qator publitistik maqolalari bilan boyitdi.
Dantening “Ilohiy komediya”dek shoh asarini, Pushkin, Shevchenko Charens she`rlarini o`zbek tiliga o`girdi.
Talabalik yillarida yozgan she`rlari bilannoq katta shuhrat qozongan shoir o`tgan qirq besh yillik ijodi davomida qirqdan ortiq kitobini e`lon qildi. 2001 – yilda uning to`rt jildlik tanlangan asarlari bosilib chiqdi.
U O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi rahbari, Oliy Majlis noibi, markaziy osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi raisi muovini sifatida el – yurt, adabyot va madaniyat xizmatiga kamarbasta bo`lib kelmoqda.
A. Oripov xalqimizning ardoqli farzandi O`zb Qahramoni
Mustaqil O`zbekiston madhiyasi matnini muallifi Abdulla Oripov. Vatan oldidagi xizmatlari uchun shoir qator orden – medallar, “O`zbekiston xalq shoiri”faxriy unvoni bilan mukofotlandi. Abdulla oripov – asosan, lirik shoir. Yurtning go`zal manzaralari, tarixi, buguni, asl farzandlari, sevinchlariyu – armonlari, o`kinchi umidlar, sevgi va muhabbat kuylangan Abdulla Oripov she`rlari o`zbek lirikasini yangi bosqichlarga ko`tardi.
Umuman chuqur falsafiylik, teran purma`nolik, isyonkor dardmanlik, fikriy serqtlamlik A. Oripovning dastlabki – “Mitti yulduz” (1965 – y.) to`plamdagi she`rlaridan tortib, XXI asr tongida istiqlolni ulug`layotgan she`rlariyu dramatik dostonlari,
She`riy dramalarigacha bo`lgan asarlari uchun xos xususiyatdi.
“O`zbekman” (2000) nomli she`rida A. Oripov “Zuvalam qorilgan samimiyatdan” degan fikri alohida bir ahamyat bilan ta`kidlaydi. Elning fe`lidagi, shoirning o`z tabiatidagi mana shu samimiyat uning she`rlarida alohida bir iqlim sifatida balqib turadi va izhor etilayotgan tuyg`ulardagi tabiylik, lirik qahramon bag`rida shiddatlanayotgan ehtiros, maqsad taniqligi, fikriy teranlik bilan chirmashgan holda poetic mukammalikni yuzaga keltiradi. Poetik tahlil pishiqligi va badiylikni ta`minlovchi vositalari uyg`unligiga shoir alohida e`tabor berishini ta`kidlamoq zarur.
Va buni mana shu she`riy satr bilan ifodalaydi.
Hamma narsa o`tadi, mansab, shonu shavkat ham,
Shirindan shirin qolur, taxldan esa qolur taxl.
Bir kuni tuproq bo`lur tengsiz shamsi tal`at ham,
Faqatgina xalq yashar, faqatgina qolur xalq.
Gohida ko`zda yoshu gohida xandon bo`ldik ,
Gohida bolg`a bo`lsak, gohida sandon bo`ldik.
Axiri kulib tole, sohibi davron bo`ldik,
Faqatgina xalq yashar, faqatgina qolur xalq.
Abdulla Oripov she`rlarining intonatsiyasi, ayniqsa, betakror.
Bu intonatsiya asarning fikriy va hissiy mazmunidan kelib chiqadi va yana qaytib ularning o`zini kuchaytirishga xazmat qiladi. She`r bag`rida kechayotgan jarayonga mutanosib ravishda ohang goh shiddatli, po`rtanov tus oladi, goh lirik qahramon qalbidagi mahzum kayfiyatga evrilib, sokinlikdan osoyishtalikga o`tadi. Eng asosiysi, bu ohanglar uyg`unlashgan
holad samimiy tuyg`uni ruhning tabiy tamannolari, tug`yonlarini ifodalashga bo`ysundiriladi.
“Birinchi muhabbatim” she`ridagi ushbu parchani o`qib, bunga ishonch hosil qilish mumkin ;
Dunyo deganda shundayin anglab bo`lmas sir ekan,
Goh keng ekan, gohida tuynuksiz qasr ekan,
Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan,
Nechun bilmovdim avval, birinchi muhabbatim,
Parvo qilmovdim avval, birinchi muhabbatim.
Abdulla Oripov
(1941- yil.)
www.reFBaza.ucoz.net
Do'stlaringiz bilan baham: |