Mavzu : Abu Rayhon Beruniy asarlarida xronologiyaga oid ma'lumotlar Bajardi


Download 192.58 Kb.
bet3/5
Sana11.03.2023
Hajmi192.58 Kb.
#1260853
1   2   3   4   5
Bog'liq
Abu Rayhon Beruniy asarlarida xronologiyaga oid ma\'lumotlar

ABU RAYHON BERUNIY
Jahon, xususan, sharq madaniyati, fanining eng yorqin siymolaridan biri, oʻrta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy Xorazmda 973-yilda tugʻildi, shu yerda taʼlim oldi va zamonasining eng yirik olimlaridan boʻlib yetishdi. 1973-yilda YUNESKO tashabbusi bilan butun jahon miqyosida Beruniy tavalludining 1000-yilligi keng nishonlandi. Amerikalik mashhur fan tarixchisi J.Sarton jahon fani rivojlanishidagi XI asrning birinchi yarmini Beruniy davri deb atadi.
Beruniy Xorazmshoh Maʼmun rahnamoligida Urganchda oʻz davrining eng yirik ilmiy markazlaridan biri boʻlgan Maʼmun akademiyasida faoliyat koʻrsatdi. Keyinchalik turli sabablarga koʻra, Gʻazna shahriga ketishga majbur boʻladi. Olim oʻsha yerda ham yirik fan va jamoat arbobi sifatida katta obroʻ qozondi va 1048-yilda vafot etdi.
Abu Rayhon Beruniy oʻrta asrlarning asosiy fanlari, astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, geografiya, geologiya, farmokognoziya, falsafa, xronologiya, fanlar tarixi va boshqa ilmiy sohalarga ulkan hissa qoʻshib butun dunyoga tanildi.
Beruniy ilmiy tabiatshunoslikka asos solgan allomalarda biri boʻlib, turli sohalarda fikr, xulosalar va ilmiy farazlarni olgʻa suradiki, ular bir necha asrlardan soʻng Yevropa ilmida oʻz isbotini topdi. Beruniy oʻz vaqtida haqiqiy tajribaga, kuzatish, eksperimentga asoslanuvchi aniq ilmiy tafakkurni boshlab bergan olimdir. U ilmiy eksperimentning ayrim muhim negizlarini asoslashga muvaffaq boʻlgan. Shunga koʻra, u Oʻrta asrlarda keng tarqalgan buyuk yunon mutafakkiri Arastu qarashlariga nafaqat tan olish va rivojlantirish balki zaif tomonlarga tanqidiy nuqtai nazardan yondashishga harakat qilgan.
Olim ulkan insonparvar shaxs sifatida hamma xalqlar doʻst-inoq, ittifoq boʻlib yashashi uchun kurashib, insoniyatga, u yaratgan fan va madaniyatga zarar keltiruvchi urushlarni qattiq qoraladi. Uning Hindiston va boshqa mamlakatlarda olib borgan keng ilmiy-tadqiqot ishlari xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik, oʻzaro hamkorlik, madaniy, ilmiy munosabatni mustahkamlashga qaratilgandir. Lekin, uning nazarida, har bir xalq ijtimoiy va maʼnaviy rivojlanish uchun haqiqiy mustaqil boʻlishi kerak, shuning uchun u MAhmud Gʻaznaviy tomonidan Hindistonga olib borilgan yurishlarning hind madaniyatiga katta zararlarni keltirganligi toʻgʻrisida ochiq yozadi.
Alloma chin vatanparvar boʻlib, uning butun fikri, zikri, faoliyati oʻz xalqi, Vatanining mustaqilligini, rivojlanishini taʼminlashga qaratilgan edi. U bunga ham buyuk olim, ham yirik ijtimoiy-siyosiy arbob sifatida ulkan hissa qoʻshdi. Xususan, u oʻz asarlarida Xorazm xalqining qadim va boy madaniyatini, fanini yuksak baholadi.
Beruniydan bizga ulkan ilmiy meros, xususan, oʻz davri ilm-fanining turli sohalariga oid 160 dan ortiq asar bir necha tillardan tarjimalar, yozishmalar qoldi. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar “Geodeziya”, “Hindiston”, “Masʼud qonuni”, “Saydan”, “Javohir” kitobi va boshqa
asarlari oʻrta asrlardan boshlab va ayniqsa, XIX asrda uning asarlari lotin, fransuz, ingliz, nemis, fors, turk tillariga tarjima etildi.
Beruniyning merosi oʻzbek xalqining maʼnaviy boyligining jahon madaniyatiga muhim va ajralmas qismi boʻlishiga katta hissa qoʻshdi.

Download 192.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling