Mavzu : aholining omonatlarini kafolatlash fondi va uni faoliyati
Fuqarolarni banklardagi omonatlarini kafolatlash Fondining
Download 57.93 Kb.
|
kurs ishi
2.2. Fuqarolarni banklardagi omonatlarini kafolatlash Fondining
faoliyati Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash Fondi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 19 sentyabrdagi «Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori asosida tashkil etildi. Yuqorida aytilganidek, Fond banklar bilan bitim tuzilishi asosida o’z faoliyatini olib boradi. «Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash Fondi to’g’risida»gi Nizomga muvofiq, bankning Fond bilan yozma bitim tuzish tartibi quyidagicha qilib belgilangan: Bank Fond bilan yozma bitim tuzish uchun fuqarolarining bankdagi kafolatlanishi lozim bo’lgan omonatlarning soni va qoldiqlari miqdorlari to’g’risidagi ma’lumotlarni ko’rsatgan hamda O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki xulosasini ilova qilgan xolda Fondning kuzatuv kengashiga murojaat qiladi. Bank yozma bitim tuzilgandan keyin uch kalendar kuni ichida bir yo’la to’lanadigan badalini Fondga o’tkazishi shart. Fond bilan yozma bitim tuzgan banklar reestri ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda e’lonq boriladi. Banklar bankning nomiga o’zgartirishlar kiritilganda va bank qayta tashkil etilganda Fondni yozma ravishda xabardor etishlari shart. Fond reestriga kiritilgan banklar yilning har choragida Fondga o’tkazayotgan kalendar badallari to’g’risida hisobot taqdim etadilar. Bu hisobotda banklar qancha badal o’tkazganliklari, kafolatlanuvchi omonatlar summasini va boshqa talab etilayotgan ma’lumotlarni ko’rsatadilar. Banklar qancha likvid hamda ishonchli bo’lsa, mijozlarni ko’proq jalb qilishi mumkin bo’ladi. Shu bilan birga mijozlar sonini ortishida Fuqarolarning omonatlarini kafolatlash Fondining ham ulushi yuqori bo’ladi. “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to’g’risida”gi qonunga muvofiq, bankning fond oldidagi majburiyatlari, fondning omonatlarni to’lash tartiblari va muddatlari keltirib o’tilgan. Qonunga ko’ra: Fond yuridik shaхs hisoblanadi va banklar bilan yozma ravishda tuziladigan bitimlar asosida faoliyat yuritadi. Fondning mol-mulki banklarning majburiy badallari, mablag’ qo’yilishidan olingan daromadlar, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tushumlar hisobidan shakllantiriladi. Fondning pul mablag’lari O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankida saqlanadi. Fondning o’z mablag’larini davlat qimmatli qog’ozlariga va boshqa aktivlarga qo’yishdan olgan daromadlari soliq solish ob’ekti hisoblanmaydi. Fondni boshqarish Fondning kuzatuv kengashi va Fondning ijro etuvchi organi tomonidan amalga oshiriladi. Fond moliyaviy yordam ko’rsatish va хayriya faoliyati bilan shug’ullanishi, shuningdek yuridik shaхslarning muassisi bo’lishi mumkin emas. Banklar: Fond bilan yozma bitimlar tuzishlari; ushbu Qonunda belgilangan majburiy badallarni o’z vaqtida va to’liq miqdorda to’lashlari; ushbu Qonunga muvofiq kafolatlanishi zarur bo’lgan fuqarolarning banklardagi omonatlari soni va miqdorlari to’g’risidagi ma’lumotlarni Fondga taqdim etishlari shart. Bank tugatilgan taqdirda, bankning tugatish komissiyasi fuqarolarning banklardagi omonatlari bo’yicha to’lanadigan haq summasi bilan tugatilayotgan bankning Fondga to’laydigan badali summasi o’rtasidagi farqni, shuningdek omonatlar bo’yicha haq to’lash paytida qilingan хarajatlarni Fondga to’lashi shart. Download 57.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling