Mavzu : aholining omonatlarini kafolatlash fondi va uni faoliyati
Vaqt bo’yicha o’zgaruvchan stavkalar
Download 57.93 Kb.
|
kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- II bob. O’zbekistonda omonatlarni kafolatlash tizimining tashkil etilishi 2.1 O’zbekistonda omonatlarni kafolatlash tizimining iqtisodiy va huquqiy asoslari
Vaqt bo’yicha o’zgaruvchan stavkalar – omonatlar kafolatlash tizimining moliyaviy holatiga qarab belgilanadi. Bu shakl tizimning joriy likvidligini ta’minlaydi, lekin bankning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin, chunki ba’zan kafolatlash tizimining noto’g’ri faoliyati banklarning o’z bo’yinlariga riskli javobgarlikni olishiga sabab bo’ladi.
II bob. O’zbekistonda omonatlarni kafolatlash tizimining tashkil etilishi 2.1 O’zbekistonda omonatlarni kafolatlash tizimining iqtisodiy va huquqiy asoslari O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyingi qisqa davr ichida ikki pog’onali bank tizimi joriy etildi. Ushbu tizimning birinchi pog’onasida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va ikkinchi pog’onasida barcha tijorat banklar turadi. Tijorat banklari turli sohalarga mos ravishda tashkil etilib, har bir tijorat banki o’sha sohani takomillashtirish va rivojlantirish yo’lida o’z mablag’larini sarflaydi. Shu bilan birga, aholining qo’lidagi bo’sh turgan pul mablag’larini yig’ib iqtisodiyotda pul aylanish tezligini o’sishini ta’minlaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari sonining ortishi, ular o’rtasidagi raqobatni kuchaytiradi. Bunday paytda moliyaviy jihatdan nobarqaror bo’lgan tijorat banklarning inqirozga uchrashi tabiiydir. Tijorat banklari o’rtasidagi raqobatda ziyon ko’ruvchilar qatoriga nafaqat bankning o’zi va uning xodimlari, balki shu bankka o’zining mablag’larini ishongan omonatchilar ham qo’shilib qoladilar. Sog’lom iqtisodiyotga ega bo’lgan mamlakatlarda aholining banklarga nisbatan ishonchi juda yuqori hisoblanadi. Masalan, AQSh, Shveytsariya, Germaniya, Frantsiya va boshqa bir qator rivojlangan davlatlarda yashovchi aholining 90%i o’zining mablag’ini banklarda saqlaydi va, shuning bilan bir qatorda, bu mablag’lardan naqd va naqdsiz shakllarda turli xildagi to’lovlarni amalga oshirish uchun osonlik bilan foydalanadi. Bundan xulosa qilish mumkinki, davlatning xalq ishonchini qozonishining yagona yo’li bu iqtisodiyotni va bank tizimini barqarorlashtiruvchi siyosatni ishlab chiqishidadir. Shu sababli respublikada nisbatan ishonchi o’sishi uchun bir qancha tadbirlar ishlab chiqilmoqda. 2002 yil aprel oyida Oliy Majlisning 2 - chaqiriq 8-sessiyasida «Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to’g’risida»gi Qonunini qabul qildi. Bu Qonun fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash tizimining huquqiy va tashkiliy asosini belgilaydi. Qonun qabul qilinishidan asosiy maqsad ikkita. Ulardan biri omonatchilarning manfaatlarini himoya qilish bo’lsa, ikkinchisi, omonatchilarning banklarga nisbatan ishonchini oshirishdir. Qonun 16 moddadan iborat bo’lib, har bir modda aholining banklardagi omonatlarini kafolatlanishiga oid me’yorlar, aholining huquqlari belgilangan. Qonunning 3-moddasida kafolatlash ob’ekti fuqarolarning banklardagi omonatlari ekanligi ta’kidlangan. Qonunning 4-moddasida esa, yuqoridagi maqsadlarni amalga oshiruvchi fuqarolarni banklardagi omonatlarini kafolatlash Fondining tuzilishi va bu Fondning asosiy faoliyati belgilangan. Fond faoliyatining asosiy maqsadi bankning bank operatsiyalarini bajarish huquqini beruvchi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan chaqirib olingan taqdirda fuqarolarni banklardagi omonatlari bo’yicha haq to’lanishi ushbu Qonunda nazarda tutilgan shartlarda va miqdorda kafolatlashdan iborat. Qonunning 9moddasiga ko’ra, banklar Fond bilan yozma bitim tuzish orqali Fond ishtirokchilari qatoriga qo’shiladilar. Qonunda Fondning moliyalashtirilish manbai quyidagicha belgilab berilgan. Fondning ustav kapitali unga a’zo bo’lgan banklarning shakllangan ustav kapitalining 0,1 foiz miqdoridan iborat bir yo’la badali hisobiga shakllanadi. Yilning har choragida Fondga bu banklar kalendar badallarni o’tkazib turadilar. Kalendar badallari miqdori ushbu Qonunga muvofiq, kafolatlanishi lozim bo’lgan fuqarolar omonatlarining yil choragidagi amaldagi qoldig’iga qarab Fond kuzatuv kengashi tomonidan belgilangan, ammo omonatlar umumiy summasining 0,5 foizi mikdoridan ko’p bo’lmagan miqdorda to’lanadi. Kalendar badallari to’langan summasi fuqarolarning bankdagi omonatlari qoldig’i umumiy summasining 5 foiziga etganda banklar tomonidan kalendar badallarni to’lash to’xtatiladi. Kalendar badallar chet el valyutasida hisob-kitob qilinganda, kalendar badal o’tkazilgan kundan oldingi kun kurs bo’yicha qayta xisoblab chiqiladi. Qonunning 9-moddasida belgilanganidek, barcha majburiy badallar o’z vaqtida va to’liq miqdorda to’lanishi va zarur bo’lganda banklar Fondga kerakli ma’lumotlarni taqdim etishlari shart. Bundan tashqari Fond o’z mablag’larini davlat qimmatli kog’ozlariga va boshqa aktivlarga qo’yishi va ulardan daromad olish xuquqiga ega. Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash Fondida fuqarolarning omonatlari bo’yicha haq to’lash me’yorlari ham belgilangan. Bankdagi omonatlar bo’yicha haq to’lash miqdori bankning oraliq tugatish balansida aks ettirilgan omonat qoldig’i asosida hisoblab chiqiladi va Fond mablag’lari hisobidan quyidagi miqdorlarda qaytariladi: litsenziya chaqirib olingan kundagi holatga ko’ra omonat, o’sha davr uchun belgilangan eng kam oylik ish haqining 100 barobarigacha miqdorda bo’lganda- to’liq hajmda; omonat eng kam oylik ish haqining 100 barobaridan ortiq bo’lsa, eng kam oylik ish xaqining 100 barobari miqdoridan ko’p bo’lgan omonatlar qoldiq summasining 90 foizi miqdorida, lekin eng kam oylik ish xaqining 250 barovaridan ortiq bo’lmagan summada qaytarilishi kafolatlanadi. Qonunning 11-moddasida fuqarolarning banklardagi omonatlari bo’yicha haq to’lash tartibi va muddatlari belgilangan bo’lib, unga ko’ra omonatlar bo’yicha haq to’lashni Fond ommaviy axborot vositalarida xabar e’lon qilingan paytdan e’tiboran, 10 kun ichida boshlaydi. Haq to’lashni Markaziy bankning roziligi bilan Fond belgilaydigan bank tomonidan amalga oshiriladi. Bundan tashqari ushbu Qonunning 12moddasida aytilganidek, fuqarolarning omonatlari bo’yicha haq to’lash uchun Fondning mablag’lari etarli bo’lmagan taqdirda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga binoan Fondga ssuda beriladi va u keyinchalik Fond tushumlari hisobidan qaytariladi. 2002 yilning 19 sentyabrida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Fuqarolarni banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish choratadbirlari haqida 326-sonli qaror qabul qildi. Bugungi kunda respublikada faoliyat ko’rsatayotgan 29 ta tijorat banklarining 28 tasi bilan yozma bitim rasmiylashtirilib, ulardagi omonatlar Fond tomonidan Qonunga muvofiq kafolatlangan. Demak, fuqarolarning bankdagi omonatlarini kafolatlash Fondi bilan bitim tuzib, uning reestriga kirgan tijorat banklariga qo’yilgan omonatlarining qaytarilishi Fond tomonidan kafolatlangan. O’zbekiston Respublikasi tijorat Xalq bankiga qo’yilgan omonatlar esa, u davlat banki bo’lganligi sababli davlat tomonidan to’liq kafolatlangan. Shu sababli Xalq banki Fond reestriga kiritilmagan. Download 57.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling