I. Bob. Ixtirochilik haqida tushunchalar berish. Ixtirochilik huquqi


Download 0.66 Mb.
bet1/7
Sana24.12.2022
Hajmi0.66 Mb.
#1053998
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu ijodkorlik


Mavzu:Ixtirochilik, ratsionalizatorlik ilmiy texnik vapatent axboroti.
I.Bob.
1.1 Ixtirochilik haqida tushunchalar berish.
1.2 Ixtirochilik huquqi.

1.3. Ratsionalizatorlik.



1.1 Ixtirochilik haqida tushunchalar berish.
Ixtiro o’zi nima — xalq xoʻjaligining turli sohalarida, ijtimoiymadaniy qurilish va mudofaa sohalarida ijobiy samara beradigan, oʻziga xos texnikaviy yechimga ega boʻlgan yangilik. Tor maʼnoda — davlat tomonidan tan olinadigan va tegishli qonun bilan muhofaza qilinadigan yangi texnikaviy yechim. Har qanday yangilik ham I. boʻlavermaydi. Masalan, quruq ilmiy qoidalar, xususan, kashfiyotlar, amalga oshirib boʻlmaydigan va xato takliflar (mas., abadiy dvigatel yaratish haqidagi takliflar) I. hisoblanmaydi. Hal qilinadigan masala faqat nazariy emas, balki amaliy ehtiyojlarni qondiradigan boʻlishi lozim. I. qonun bilan muhofazalangan davlatlarda har bir taklifning I. boʻlish shartlari belgilanadi. Bu shartlardan asosiysi masalaning eng yangi hisoblangan texnik yechimidir. Muayyan taklifni I. deb hisoblash uchun undan bir necha marta foydalanish imkoni ham boʻlishi kerak. I.ning yangiligi, yaʼni birinchi ekanligi (koʻpincha, ixtirochilikka oid tashkilotlarga berilgan hujjat — ariza sanasi) oldin berilgan mualliflik guvohnomalari va patentlar, I.lar eʼlon qilinadigan tegishli adabiyotlar, koʻrgazmalarda namoyish qilingan eksponatlar va b.ga muvofiq, aniqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasida ixtirochi boʻla olish shartlari va uni tasniflash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1994-yilda tasdiqlangan "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari haqida"gi qonunda belgilangan. I. boʻyicha talabnomalarni ekspertiza qilish, mualliflik guvohnomasi va patent berish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ixtiro moddiy dunyoning ilgari ma’lum bo‘lmagan obyektiv mavjud qonuniyatlar, xossalari va xodisalarni aniqlanishi bilan tavsiflanib, u insoniyatning bilish darajasini tubdan o‘zgartiruvchi tasirga ega bo‘lad.
Ixtironing ishonchliligi Obyektiv mavjud bo‘lgan qonuniyat, xususiyat yoki xodisaning kashfiyot sifatida tan olinishi uchun u nazariy yoki tajriba sinov ishlari vositasida isbotlab berilmog‘i lozim.
Ixtiro uchun a’rizaning tarkibi Kashfiyot uchun tuziladigan a’riza qo‘yidagi xujjatlardan iborat bo‘lishi lozim: Ixtiro uchun diplom berilishini so‘rab yozilgan a’riza, taxmin qilinayotgan kashfiyot tavsiloti, kashfiyot ustivorligini va ahamiyati to‘g‘risidagi xulosa hamda yordamchi materillar.
Ixtiro-xalq xo‘jaligi, ijtimoiy ma’daniy qurilish yoki mudofa soxasida masalani ijobiy samara beradigan qilib yangichasiga va o‘ziga xos texnik hal etish.
Ixtiro -tushunchasi ikki xil: xuquqiy va ommalashgan ma’noda ishlatiladi. Ommalashgan tushunchada kashfiyot ilm-fanda katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega ahamiyat kasb etadigan ilmiy yangilik sifatida tushuniladi. «Ixtiro qilish xuquqi» O‘zbekiston Respublikasi Asosiy qomusi bo‘lgan Konstitutsiyada kafolatlangan bo‘lib, Nizomga muofiq kashfiyot deganda tabiat va jamiyatni ilmiy bilish jarayonida erishilgan yangi ilmiy yutuq tushuniladi.
Ixtiro-moddiy dunyoning ilgari ma’lum bo‘lmagan obyektiv mavjud qonuniyatlar, xossalari va xodisalarni aniqlashi bialn tavsiflanib u insoniyatning bilish darajasini tubdan o‘zgartiruvchi tasirga ega bo‘ladi.
Ixtiro-bu xalq xo‘jaligini barcha tarmoqlarida texnik yechimlari bilan ijobiy natijaga ega bo‘lgan yangilik xisoblanadi. Kashfiyot-obyektiv borliqni xossalari, xodisa va qonuniy bog‘liqlarni aniqlanadi, ixtiro bu oldin bo‘lmagan texnik vazifalarni yechishga qaratilgan. Kashfiyot va ixtiro o‘rtasida dealektik o‘zaro bog‘liq bor. Ko‘p hollarda ixtiro kashfiyot natijasida olingan ilmiy bilmlarni rivojlantiradi. M: N, G. Basov, A.M. Proxorov va Pounsonlarning kvant jarayonining qo‘llashga asoslangan elektromagnit to‘lqinlarni ko‘paytirish bo‘yicha qilgan kashfiyotlari xalq xo‘jaligida amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘p ixtirolarni yaratishga sabab bo‘ladi.
Ilmiy texnik hamda pedagogik-psixologik adabiyotlarda ixtirochilik hamda ixtirochilik ijodkorligiga ko‘plab ta’riflar keltirilgan. Jumladan, I. I. Kichkin Ixtirochilikni ilmiy g‘oyalarining texnik yechimlarga ijodiy tadbiqi, ilmiy texnika taraqqiyoti sur’atlarini belgilovchi asosiy ko‘rsatgich, yangi texnika va texnologiyalar yaratilishining me’zoni hamda uning yuqori ilmiy texnik darajasini ta’minlovchi omil deb xisoblaydi. M.A.Vachevskiy «Ixtiro qilish»ni «qo‘yilgan masalani yechish uchun eskilaridan tubdan farq qiluvchi, odatdagi mantiqiy fikrlash yo‘li bilan yetishib bo‘lmaydigan yangi samarali texnik yechimni taklimf qilish» deb ta’riflaydi. Bizning fikrimizcha-ixtirochilikni tegishli idoralar tomonidan patentlar bilan tasdiqlnadigan yangi texnik yechimni ishlab chiqishga yo‘naltiligan ijodiy faoliyat turi, ixtirochilik ijodkorligini esa bu jarayonning shaxsdagi zexinlilik, topqirlik, mustaqil va tanqidiy fikrlash kabi ijodkorlik sifatlari bilan bog‘liq umumiy tavsifi deyish mumkin.
Demak, ixtiro – bu talabchanlik, nozikta’blik yoki «aql o‘yini» emas, balki inson faoliyatini yangi, uning uchun qulayroq bo‘lgan vaziyatga olib chiquvchi taraqqiyot yo‘lidir. Insondagi ana shu ijodkorlik, ixtirochilik sifatlari uni tabiat kuchlari bilan raqobatni yengib, yangi – tafakkur qobiliyatining shakllanishiga zamin yaratdi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling