I. Bob. Ixtirochilik haqida tushunchalar berish. Ixtirochilik huquqi


Mudofaa vazirligi barchani birinchi ratsionalizatorlik ishlari festivaliga taklif etmoqda


Download 0.66 Mb.
bet6/7
Sana24.12.2022
Hajmi0.66 Mb.
#1053998
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu ijodkorlik

Mudofaa vazirligi barchani birinchi ratsionalizatorlik ishlari festivaliga taklif etmoqda

25 may kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlari faoliyatiga zamonaviy ilmiy-texnik va ratsionalizatorlik ishlanmalarini kiritish maqsadida “TECHNO DISCOVERY-2019” festivali o‘z ishini boshladi.
“Hech bir ijobiy g‘oya e'tibordan chetda qolmaydi” shiori ostida o‘tkazilayotgan mazkur festivalda 300 ga yaqin ishtirokchi harbiy texnika va qurol-aslahalarning taktik-texnik xususiyatlarini takomillashtirish, sohaga innovatsion yondashuvlarni qo‘llash takliflari bilan qatnashmoqda. Shuningdek, festivalda boshqa vazirlik va idoralar xodimlari loyihalari bilan ishtirok etmoqda.

Ratsionalizatorlik takliflari kombinat iqtisodiy rivojiga xizmat qilmoqda


Bugungi raqobat sharoitida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyatida ixtirochilik va ratsionalizatorlik yo‘nalishlari bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmokda.

Korxonada ixtirochilik va ratsionalizator yoshlar va mutaxassislarni rag‘batlantirish maqsadida “Eng yaxshi ixtirochi”, “Eng yaxshi yosh ratsionalizator”, “Eng yaxshi innovatsion g‘oya va ratsionalizatorlik taklifi” ko‘rik-tanlovlari, shuningdek, hamma bo‘linmada yosh ratsionalizatorlar klublari, sex, zavod, kon va shaxtalarda to‘garaklar tashkil etilgan.
2011-2021-yillarda kombinat mutaxassislari 37 ta ixtiro uchun O‘zbekiston, Rossiya, Ukraina, Germaniya va Shveysariya davlatlari patentlarini qo‘lga kiritdi. Bugungi kunda uning 16 tasi ishlab chiqarish jarayonida qo‘llanilmoqda, 12 tasi bo‘yicha esa ish olib borilmoqda. 10 yilda yaratilgan ixtirolardan olingan iqtisodiy samaradorlik 1 trillion 244 milliard so‘mdan oshdi.
Bundan tashqari, ratsionalizatorlik yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar ham eʼtirofga arzigulik. 2018-yilda 97 ta, 2019-yilda 113 ta, 2020-yilda 187 ta, 2021-yilda 206 ta ratsionalizatorlik taklifi ishlab chiqilib, ular to‘liq ishlab chiqarishga joriy etildi. Va bu takliflardan kombinat 2019-2021-yillarda 183,2 milliard so‘mlik iqtisodiy samaradorlikka erishdi.
Markaziy kon boshqarmasidan taqdim etilgan “Rudani yuvish maydonchasining yuqori qatlamlarida himoya qatlamini joylashtirish” mavzusidagi taklifdan erishilgan iqtisodiy samaradorlik 15,7 milliard so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, Shimoliy kon boshqarmasidan taqdim etilgan “Konning oksidlangan rudalarini qayta ishlash hisobiga tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish” mavzusidagi taklifdan olingan iqtisodiy samaradorlik 9,7 milliard so‘mni, 1-gidrometallurgiya zavodidan taqdim etilgan “Qoraqo‘ton” konining ishlanishi qiyin bo‘lgan maʼdanlarini qayta ishlash texnologik sxemasini takomillashtirish” mavzusidagi ratsionalizatorlik taklifidan olingan iqtisodiy samaradorlik 8,7 milliard so‘mni tashkil etdi.


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling