I. Bob. Ixtirochilik haqida tushunchalar berish. Ixtirochilik huquqi
Download 0.66 Mb.
|
Mavzu ijodkorlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi o‘rinbosari I. JO‘RABEKOV RATSIONALIZATORLIK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA NIZOM.
1.3. Ratsionalizatorlik.O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IXTIROCHILIK VA RATSIONALIZATORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH TO‘G‘RISIDA Respublika oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishda novatorlikning muhim ahamiyatini e’tiborga olib hamda ixtirochilar va ratsionalizatorlarning ijodiy imkoniyatlaridan to‘laroq foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasida ratsionalizatorlik faoliyati to‘g‘risidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin. 2. Vazirliklar, idoralar, konsernlar, tashkilotlar va korxonalar ratsionalizatorlik sohasidagi me’yoriy hujjatlarni ratsionalizatorlik faoliyati to‘g‘risidagi Nizomga muvofiqlashtirsinlar. 3. Belgilab qo‘yilsinki, ixtirochilar va ratsionalizatorlarning me’yoriy-uslubiy va tashkiliy ta’minlanishini nazorat qilish va ularning manfaatlarini himoya qilish O‘zbekiston Respublikasi Ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyatiga yuklatiladi. 4. O‘zbekiston Respublikasining barcha korxonalari, birlashmalari, tashkilotlari va muassasalari, mulkchilik shakli va xo‘jalik yuritish shaklidan qat’i nazar, 1993-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi mulki bo‘lgan ratsionalizatorlik takliflari va ixtirolarni foydalanishdan hosil bo‘lgan tejashning 1 foizi miqdorida O‘zbekiston Ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyati foydasiga mablag‘ ajratsinlar. 5. SSSR Ministrlar Sovetining 1973-yil 21-avgustdagi 584-son qarori bilan tasdiqlangan Kashfiyotlar, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflari to‘g‘risidagi Nizomning ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflari haqidagi qismi O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llanilmasin. Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi o‘rinbosari I. JO‘RABEKOV RATSIONALIZATORLIK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA NIZOM. 1. Taklif berilgan korxona uchun yangi va foydali bo‘lgan buyum konstruksiyasini, ishlab chiqarish texnologiyasini, material (modda) tarkibini yaratish yoki o‘zgartirishni nazarda tutadigan texnik yechim, shuningdek, korxona uchun yangi bo‘lgan va mehnat, xomashyo, yoqilg‘i-energetika va boshqa moddiy yoki moliyaviy manbalarni tejaydigan tashkiliy yechimlar ratsionalizatorlik takliflari deb tan olinadi. Algoritm korxonalari, EHM dasturlari uchun yangilik bo‘lgan takliflar ham, agar undan foydalanish aniq vazifalarni hal qilishda mashina vaqtini tejashga, shuningdek, EHM majmuida ishlovchi asbob-uskunaning unumdorligi oshishiga olib kelsa, ratsionalizatorlik taklifi deb tan olinadi. Belgilangan shaklda talabnoma berilgunga qadar ushbu yoki shunga o‘xshash yechim korxonaga unda mavjud manbalardan uning amaliyotda qo‘llanilishi uchun yetarli bo‘lgan darajada ma’lum bo‘lmasa, yechim korxona uchun yagona deb tan olinadi. Echim, agarda korxonaga iqtisodiy yoki boshqa ijobiy samara olish imkonini bersa foydali hisoblanadi. 2. Quyidagilar ratsionalizatorlik takliflari deb olinmaydi: shartli belgilar, qoidalar, me’yoriy-uslubiy hujjatlar; mahsulotning oldindan aniqlangan mustahkamligini, uzoq ishlash vaqtini va boshqa sifatlarini kamaytiradigan yoki mehnat sharoitini yomonlashtiradigan yechimlar; faqat buyumning tashqi ko‘rinishiga tegishli bo‘lgan yechimlar; ilmiy-tadqiqot, loyiha, konstruktorlik, texnologik tashkilotlar hamda korxonalarning ana shunday bo‘linmalari muhandis-texnik, ilmiy xodimlari tomonidan xizmat vazifalari yoki shartnoma ishlarini bajarish jarayonida yaratilgan yechimlar. 3. Oshkor qilinishi davlat manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlardan iborat ratsionalizatorlik takliflari maxfiy saqlanishi kerak. 4.Ratsionalizatorlik taklifiga mualliflik huquqi o‘z mehnati bilan ratsionalizatorlik taklifini yaratgan fuqaroga tegishli bo‘ladi. Agar ratsionalizatorlik taklifini yaratishda bir necha fuqaro qatnashgan bo‘lsa, ularning hammasi bunday ratsionalizatorlik taklifining hammuallifi hisoblanadi. Ratsionalizatorlik taklifi muallifiga faqat texnik, tashkiliy yoki moddiy yordam ko‘rsatgan yoxud ratsionalizatorlik taklifini rasmiylashtirishga va ishlab chiqarishda undan foydalanishga ko‘maklashgan fuqarolar hammuallif deb tan olinmaydi. Ratsionalizatorlik taklifi hammualliflariga tegishli bo‘lgan huquqlardan foydalanish tartibi ular o‘rtasida tuzilgan shartnomaga binoan aniqlanadi. 5. Ratsionalizatorlik taklifi muallifiga guvohnoma beriladi, ushbu guvohnoma talabnomada ko‘rsatilgan yechim ratsionalizatorlik taklifi deb tan olinganligini, ratsionalizatorlik taklifiga mualliflikni, ratsionalizatorlik taklifining ustunligini tasdiqlaydi. Muallifga ratsionalizatorlik guvohnomasi uning birinchi taklifi ratsionalizatorlik deb tan olingan kundan boshlab bir oy muddat ichida beriladi. Ushbu muallifning keyingi ratsionalizatorlik takliflari haqidagi ma’lumotlar shu guvohnomaga taklif ratsionalizatorlik deb tan olingan kundan boshlab bir oy ichida kiritiladi. Ratsionalizator guvohnomasiga asoslangan mualliflik huquqi yechimni ratsionalizatorlik taklifi deb tan olgan korxona miqyosida amal qiladi. 6. Echim ratsionalizatorlik taklifi deb tan olinishi uchun muallif yozma ravishda ariza beradi. Ratsionalizatorlik taklifi haqidagi ariza taklif faoliyatiga tegishli bo‘lgan korxonaga beriladi. Agar korxona shu taklifdan foydalanish asosida iqtisodiy yoki boshqa ijobiy foyda olishi mumkin bo‘lsa, korxona faoliyatiga tegishli taklif hisoblanadi. Ratsionalizatorlik taklifi haqidagi ariza bitta yechimga berilishi kerak. Ratsionalizatorlik taklifi haqidagi arizada yechim mohiyatining bayoni, shu jumladan, uni amaliyotda qo‘llash uchun yetarli bo‘lgan ma’lumotlar bo‘lishi kerak. 7.Ratsionalizatorlik taklifi bo‘yicha ustunlik ratsionalizatorlik taklifi haqidagi ariza korxonaga kelib tushgan sana bo‘yicha belgilanadi. Belgilangan tartibda ana shu taklifga birinchi bo‘lib ariza bergan ustunlikka ega deb tan olinadi. 8. Ratsionalizatorlik taklifi uchun berilgan ariza- korxona tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ariza kelib tushgan sanadan boshlab bir oy ichida taklif ratsionalizatorlik taklifi deb tan olinishi yoki rad etilishi haqidagi qaror qabul qilinishi kerak. Ratsionalizatorlik taklifiga berilgan arizani ko‘rib chiqish, shuningdek, ariza bo‘yicha qaror qabul qilish tartibi korxona rahbari tomonidan belgilanadi. Qabul qilingan qaror 5 kun ichida muallifga ma’lum qilinishi kerak. Taklif bo‘yicha tajriba tekshirishi o‘tkazish yoki tasdiqlangan me’yoriy yoki texnik hujjatlarni o‘zgartirishga ruxsatnoma olish kerak bo‘lgan hollarda ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan arizani ko‘rib chiqish muddati tajriba tekshirishi yoki ruxsatnoma olish uchun zarur bo‘lgan muddatga to‘xtatiladi. 9.Ratsionalizatorlik taklifi tan olinganligi haqidagi qaror taklif ratsionalizatorlik deb tan olinishi uchun mazkur Nizomda belgilangan talablar buzilganligi tufayli bu taklif uchun mukofot to‘langunga qadar-korxona boshlig‘i tomonidan bekor qilinishi mumkin. Taklif ratsionalizatorlik taklifi deb tan olinishi rad etilganligi to‘g‘risidagi qarordan yoki uning tan olinishi bekor qilinganligidan norozi bo‘lgan mualliflar qaror olingan kundan boshlab 2 oy muddat ichida shikoyat qilishga haqlidir. 10. Taklif ratsionalizatorlik taklifi deb tan olinmaganligiga yoki uning bekor qilinganligiga norozilik bildirilgan shikoyatni ko‘rib chiqish uchun korxonada ratsionalizatorlik nizomlarini ko‘rib chiqish uchun ma’muriyat, mutaxassislar za O‘zbekiston Respublikasi Ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyati boshlang‘ich tashkiloti kengashi vakillaridan iborat maxsus komissiya tuziladi. Muallif o‘z shikoyati ko‘rib chiqilayotganda qatnashish huquqiga ega. Shikoyat olingan kundan boshlab bir oy ichida ko‘rib chiqilishi kerak. Komissiya qabul qilgan qaror uzil-kesil hisoblanadi. 11. Texnologiya (usulga)ga tegishli bo‘lgan ratsionalizatorlik taklifi ishlab chiqarish jarayonida qo‘llangan kundan boshlab foydalanilgan hisoblanadi. Buyum (asbob) konstruksiyasiga yoki material (modda)ga tegishli ratsionalizatorlik taklifi tayyorlanayotgan yoki foydalanilayotgan mahsulotda qo‘llanilgan kundan boshlab foydalanilgan hisoblanadi. Tashkiliy yechim, shuningdek, algoritm, EHM uchun dasturdan iborat ratsionalizatorlik taklifi qo‘llangan kundan boshlab foydalanilgan hisoblanadi. 12. Korxonaning ratsionalizatorlik faoliyatiga tegishli xarajatlari mahsulot (xizmat, ish) tannarxi hisobiga kiritiladi. Budjet hisobidagi tashkilotlar ratsionalizatorlik faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlashni shu tashkilot uchun ajratilgan mablag‘larni tejash hisobiga, shuningdek, boshqa ruxsat etilgan faoliyatlardan olingan mablag‘lar hisobiga bajaradilar. 13. Quyidagi hollarda ratsionalizatorlik taklifi uchun mukofot to‘lanadi: taklif uni ratsionalizatorlik taklifi deb tan olgan korxona tomonidan foydalanilsa; xo‘jalik shartnomasi asosida boshqa korxonalarga berilgan texnik hujjatlarga kiritilgan bo‘lsa. 14. Ratsionalizatorlik taklifi uchun mukofot taklifi ratsionalizatorlik deb tan olgan tashkilot bilan muallif o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilangan miqdorda korxona tomonidan hisoblab chiqiladi va to‘lanadi. 15. Mukofotning eng kam miqdori korxonadagi eng kam oylik maoshning 25 foizidan kam bo‘lmasligi kerak. Xo‘jalik shartnomasi asosida boshqa korxonaga berilgan texnik hujjatlarga kiritilgan ratsionalizatorlik taklifi uchun mukofot miqdori ekspertlar tomonidan aniqlanadi. 16. Agar bir muallifning bitta ratsionalizatorlik taklifi bir necha korxonada ratsionalizatorlik taklifi sifatida tan olingan bo‘lsa, bu korxonalardan har biri boshqa korxonalardan qat’i nazar, muallifga mukofot to‘laydi. 17. Korxona ratsionalizatorlik taklifidan foydalanishga ko‘maklashgan shaxslarga, boshqa xildagi to‘lovlardan qat’i nazar, mukofot to‘lanadi. Ushbu mukofot, agar muallif texnik hujjatlarni ishlab chiqish, taklifni tayyorlash va undan foydalanishda qatnashgan bo‘lsa, ratsionalizatorlik taklifi muallifiga ham to‘lanishi mumkin. Ratsionalizatorlik taklifidan foydalanishga ko‘maklashgan shaxslarga beriladigan mukofot miqdori korxona tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. 18. Agar muallif o‘z ratsionalizatorlik taklifidan foydalanishni tayyorlash jarayoniga jalb qilinsa, bu ishlarni bajarish uchun u bilan shartnoma tuzilishi kerak (xizmat vazifasi asosida bajariladigan ishlardan tashqari 19. Ratsionalizatorlik taklifidan foydalanish tufayli korxonada ancha past narxlar joriy etilgan hollarda, shu taklifni ishlab chiqarishga joriy qilgan xodimlar va muallif mehnatiga 6 oy ichida oldingi baholar bo‘yicha haq to‘lanadi. 20. Korxona xodimlari soni yoki shtati qisqartirilgan hollarda ratsionalizatorlar ishda qoldirilishda ustunlik huquqiga ega bo‘ladilar. 21. Ratsionalizatorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan nizolar (taklifning ratsionalizatorlik taklifi deb tan olinishi bilan bog‘liq nizolardan tashqari) sudda ko‘rib chiqiladi. 22. Korxona ratsionalizatorlik faoliyatiga ko‘maklashgan ratsionalizatorlar va shaxslarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlarini belgilashi mumkin. 23. Ratsionalizatorlik takliflari mualliflarining huquqlariga rioya qilinishi ustidan jamoatchilik nazorati va ularning manfaatlarini himoya qilish O‘zbekiston Respublikasi Ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyati kengashlari tomonidan amalga oshiriladi. (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 1992-yil, 12-son, 39-modda) Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling