. - Morfologik jihatdan baliq muskullari muskul tolalaridan iborat.Baliq muskul to’qimasi quyidagilarga bo’linadi.
- Ko’ndalang targ’il va silliq muskul to’qimasiga.
- Muskul tolalari miofibrilladan tuzilgan.Har bir miofibilla o’zaro navbatlashgan qoramtir va oqimtir disklardan iborat.Shu munosabat bilan tolalar ko’ndalang bo’lib ko’rinadi.Bunday muskullarga tana va yurak muskullari tegishli.Silliq muskullar ko’ndalang to’siqsiz.Hazm sistemasi,ayirish sistemasi va tomirlar sistemasi silliq muskullar to’qimasidan tuzilgan.
Baliq qon-tomir sistemasi - Baliq hayoti uchun qon quyidagi vazifani bajaradi – oziqlanish,to’qimalar nafas olishi,moddalar almashinuvi mahsulotini chiqarib tashlash va himoyani bajaradi.
Baliq yuragi BALIQ YURAGI barcha yerdagi umutrqalilarning yuragiga nisbatan ancha kichik va kuchsiz.Yurak baliq tana og’irligining 1% ni,sut emizuvchilarning 4,6%,qushlarning 10-16% ni tashkil qiladi. Hazm sistemasi . - Baliqlarning hazxm sistemasi og’iz bo’shlig’I,halqu,qizilo’ngach,oshqozon va ichak,anus bilan tugaydi.
- Hazm sistemasi bezlariga – hazm bezlari,jigar va oshqozon osti bezi kiradi.
- Barcha gidrobiontlar singari baliqda ham so’lak bezlari bo’lmaydi.Baliqlarning tili harakat qila olmaydi,og’iz bo’shlig’i cho’zilishi jihatidan oziq turiga qarab moslashgan bo’ladi. Og’iz va og’iz bo’shlig’i cho’zilishi jihatidan oziq turiga moslashgan bo’ladi.Og’iz va og’iz bo’shlig’i odatga kora tishlar bilan qurollangan.Yirtqich baliqlarda tishlar jag’ qismida joylashgan.
Baliq nerv sistemasi - Nerv sistemasi organlar ishini,organizm qismlarining,ularni o’zaro aloqadorligini hamda organizmning tashqi muhit bilan aloqadorligini ta’minlaydi.Shu bilan birgalikda baliqning biologik jarayon va xulqini belgilaydi.Baliqlar markaziy nerv sistemasiga bosh miya,orqa miya hamda periferik nerv sistemasi kiradi.
- Oldingi miya hidlov markazi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |