Mavzu № Bemorlarning shaxsiy pokizaligi. Bemorlarni parvarish qilish. O‘qitish maqsadi


Download 36.28 Kb.
bet2/2
Sana05.01.2022
Hajmi36.28 Kb.
#223846
1   2
Bog'liq
1-Amaliyot mavzuzsi.Bemorlarning shaxsiy pokizaligi. Bemorlarni parvarish qilish.

O‘quv savollari:

  1. Bemor shaxsiy pokizaligi va bemor xolati xaqida tushuncha.

  2. Bemor terisini parvarish qilish, yotok yaralarning oldini olish, rezina chambarning qo‘llanilishi.

  3. Og‘iz bo‘shlig‘i, ko‘z, quloq, burunni yuvish, dori tomizish, malxam qo‘yish.

  4. Bemor yotar joyi, ichkuylak va choyshabni almashtirish. Taglik va siydik tutuvchi moslamani qo‘llash.


Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Umumiy amaliyot xamshiralari uchun amaliy ko‘nikmalar to‘plami.A.Gadaev 2011

  2. Bemorlarni uyda va shifoxonada parvarish qilish 2003 Nikitin YU.

  3. www.ziyonet.uz

  4. Meditsina xamshiralari o‘quv qo‘llanmasi R.Ramazonova

1. Gigena- tashqi muxitdagi turli omillarning inson organizmiga qanday ta’sir qilishini o‘rganadigan va xalq salomatligini saqlash xamda mustaxkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadigan fandir. Tavsiyanomalar, normalar va qoidalarning amalda xayogga tatbiq etilish sanitariya deb yuritiladi. Meditsina xamshirasining yordamchisi bo‘lmish kichik meditsina xamshirasi gigiena va sanitariya to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lishi kerak, chunki davolash muassasadagi davo-profelaktika chora- tadbirlari sistemasida bu xamshiralarning ikkalasiga xam muxim o‘rinni egallaydi. SHaxsiy gigiena deyilganda odamning tani sog‘ligini saqlash va mustaxkamlashga doir jami tavsiya va qoidalar majmuasi tushuniladi. SHaxsiy gigienaga rioya qilmaslik faqat shu qoidalarni buzuvchi kishining o‘z salomatligiga emas, balki atrofdagilarning salomatligiga xam yomon ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu gap oziq-ovqat sanoati va umumiy ovqatlanish, sog‘likni saqlash organlarining xodimlariga ayniqsa taalluqlidir va xokazo. SHaxsiy gigienaga amal qilishda meditsina xodimlari bemorlarga namuna bo‘lmoqlari zarur, bu-bemorlar orasida bo‘lsin, xodimlar orasida bo‘lsin, kasalxonada infeksiya tarkalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun katta ahamiyatga ega. Xodimlar ishga ozoda kiyim va toza poyabzal kiyib kelishlari kerak. Ishni boshlashdan oldin qo‘llarni yaxshilab yuvib, dazmollangan, toza sanitariya libosini kiyib olish, sochlarni yaxshilab o‘rilgan kosinka-ro‘mol yoki qalpoq tagiga qistirib qo‘yish kerak. Tirnoqlarni kalta qilib olib turish va qo‘llarni xar kuni sovun va cho‘tkalab yuvish zarur. Xojatxonaga borishdan avval sanitariya libosini echib qo‘yish zarur, borib kelgandan keyin qo‘llarni albatta sovunlab yuvish, ovqat bloki xodimlari esa qo‘llarini oldin 0,2% li tindirilgan xlorli, oxak eritmasi bilan chayishlari kerak.



2. Badan terisiga parvarish deganda biz asosan terining toza bo‘lishi va butunligiga raxna etmasligini ta’minlab borishni tushunamiz. YOg‘ va ter bezlarining ishlab turishi xamisha badan terisining ifloslanishiga sabab bo‘lganligi uchun kichik meditsina xamshirasi birinchi galda bemor terisiga parvarish qilib borilishini ta’minlab berishi kerak.

Kasalxonada yotgan bemorlar muntazam ravishda xaftasiga bir marta vannaga tushib yuvinib turishadi. Buning uchuy kichik meditsina xamshirasi vanna xonani yaxshilab tayyorlab qo‘yadi. Vanalar «Gigiena» yoki «Novost» degan eritmalarning biri bilan machalkadan foydalanib, obdon yuvilishi kerak, keyin ulari 0,5% li tindirilgan xlorli oxak eritmasi yoki 2%li xloramin eritmasi bilan chayqab tashlanadi. Xar bir bemorda keyin vanna yaxshilab yuviladi. Vannaxonaning kafel poli xamisha quruq va xavosining temperaturasi kamida 25 S bo‘lishi lozim. Gigiena tugaganidan keyin vannaxonani shamollatish mumkin. Devorda xavo temperaturasini ko‘rsatadigan termometr bo‘ladi va kasallar yuvinayotgan paytda elvizak bo‘lib kolishiga mutlako yul qo‘yilmaydi. Kichik meditsina xamshirasi xar bir vanna yonida ustiga salfetka yozilgan yog‘och tushama bo‘lishiga qarab boradi, uning salfetkasi xar bir bemordan keyin alishtirib turiladi. Vannaxonada echib olingan kir kiyim solib qo‘yiladigan bak bo‘ladi va bemor vannadan chiqqanidan keyin kiyib oladigan toza ich kiyim komplekta tayyor turadi. Machalkalarga qarab turish zarur. Toza machalkalar ustiga «Toza machalkalar» deb yozib qo‘yilgan sirli kostryulkalarda turadi, tutilgan ifloslari esa xar bir bemordan keyin issiq suv oqimi ustida sovunlab yaxshilab yuviladi va «Iflos machalkalar» deb yozib qo‘yilgan bachoklarga solib qo‘yidadi. Bemorlarni bitta machalka bilan yuvish katiyan man etiladi. Kichik meditsina xamshirasi bemorni yolg‘iz qoldirmaydi. U bemorning vannaga tushib yotishiga yordam beradi va kukrak kafasining uchdan bir qismigacha suv chiqishiga qarab turadi, chunki yurak soxasi suvdan xoli bo‘lishi kerak. Xamshira suvga tutiladigan gradusnik bilan suvni aralashtirib turib, suv temperaturasini va bemorning axvoliga karab turadi. Bemorning rangi oqarib ketsa, yoki xansiray boshlasa, yo bo‘lmasa u ko‘ngli bexuzur bo‘layotganligidan noliydigan bo‘lsa kichik meditsina xamshirasi palata xamshirasini va vrachni chaqirib keladi. Bemorni darrov vannadan olib, odatda, vanna yonidagi sochiq quritgichda osig‘lik turadigan issiq sochiq bilan badanini quruq qilib va keyin uni kushetkaga yotqizib qo‘yish kerak. Bunday bemorga vannani davom ettirish tavsiya etilmaydi. Bemor o‘zini yaxshi sezadigan bo‘lsa, uni machalka bilan sovunlab yuvintiriladi, boshi, sungra gavdasi va ayniksa bichilib kolishi mumkin bulgan joylari (ayollarning sut bezlari, chov, oraliq, barmoq oralari, qo‘ltik taglari) yaxshilab yuviladi. Suv temperaturasi 36-37 S xavo temperaturasi 25 S bo‘lganida vanna muddati 20-25 minutdan ortmasligi kerak. So‘ngra bemorning tanasi quruq qilib artiladi, unga toza ich kiyimi kiygazilib, palataga olib boriladi. Gigienik vannaning qaysi kuni qilinganligi tarixiga yozib qo‘yiladi. Ish kuni oxirida kichik meditsina xamshirasi vannaxonani yig‘ishtirib- tozalab, shamollatadi va yig‘ishtirib- tozalashga tutilgan xamma narsalarni maxsus ajratilgan joyda qoldiriladi. Bemorga gigienik vanna qilish ruxsat etilmagan bo‘lsa, u vaqtda bemor dush tagida yuvintiriladi. Vannaga skameykacha qo‘yiladi, bemorni xuddi boyagidek tartib bilan boshidan boshlab yuvintiriladi. Salomatligini axvoliga qarab gigienik vanna yoki dush ruxsat etilmaydigan va o‘rindan turmay yotishi kerak bo‘lgan bemorlarga kelganda kichik meditsina xamshirasi ular badaninig terisi toza bo‘lishiga qarab borishi zarur.

Badan terisini artib turish uchun xar bir bo‘limda tarkibida kamfora spirti bor maxsus dizinfeksiyalovchi eritma bulishi kerak. Ishlatish oldidan uni qaynoq suv oqimi ostiga yoki markaziy isitish radiatorga qo‘yib ilitib olish lozim. Bo‘limda shunday eritma bo‘lmasa uni qo‘lda tayyorlash mumkin: 0,1 litr iliq suvga bir-ikki osh qoshiq sirka, spirt yoki atir qo‘shish kerak.

Badan terisini artish texnikasi quyidagicha. Sochikning bir uchi dizinfeksiyalovchi eritma bilan xo‘llanib, sal siqib tashlanadi va bemorning bo‘yini qulog‘ining orqalari, ko‘krak qafasining oldingi yuzalari va qo‘ltik osti chuqurchalari artila boshlaydi. Sut bezlarining tagidagi burmalarga ayniqsa axamiyat berish kerak, semiz ayollar juda ko‘p terlaydigan bemorlarning shu joylari bichilib ketishi mumkin. So‘ngra badan terisi xuddi boyagi tartib bilan quruq qilib artib olinadi.

Bemorning oyoqlarini xaftasiga 1 -2 marta yuviladi (tog‘orani o‘ringa qo‘yib turib) keyin tirnoqlari kalta qilib olinadi.

Madori qochib qolgan og‘ir kasallarning o‘ringa taqalib turadigan va teri osti yog‘ qatlami odatda yaxshi rivojlanmagan joylari (dumgazasi, tovonlari, tirsaklari,) da qon aylanishi buzilib, ko‘pincha yotoq yaralar deb ataladigan yaralar paydo bo‘ladi. Bundan avval teri qizarib, keyin mayda-mayda yaralar yuzaga keladi, bular qonab turadi va bir- biriga tez qo‘shilib, to‘qimalarning xalok bo‘lib ketishiga olib keladi. Mana shunday joylarga infeksiya onson kirib oladi, bu -bemor axvolining xiylagina yomonlashib kolishiga xattoki mikroblarning qonga utib ketishiga sabab bo‘ladi. Badan terisiga yaxshi qarab turmaslik, o‘rinnig nokulay bulishi, uni vaqtida to‘g‘irlab qolmaslik yotoq yaralar xosil bo‘lishi osonlashtiradi. YOtoq yaralar xosil bo‘ladigan joylar: dumg‘aza, tirsaklar, tovonlardir.

Dumg‘aza yoki boshka biror joyning terisi qizarib kolganida kanfora spirtga xullangan nam sochik bilan vaqti-vaqtida artib turish, kvars lampa nuriga tutish va terining axvoliga muntazam qarab borish kerak. Bordi-yu , xar kalay yotoq yaralar paydo bo‘lib qolsa (bu-bemorga yaxshi parvarish qilinmaganligini va mazkur muassasaning sanitariya madaniyati etarli emasligini ko‘rsatadi), ularning ustiga kaliy permoganatning kuchli eritmasi surib, Vishnevskiy mazi, peruan moyi bilan paxta malxami aralashmasi, sintomitsin va boshka mazlar bilan bog‘lab qo‘yish kerak.

YOtoq yaralarining oldini olish quyidagi chora- tadbirlardan tarkib topadi. Bemorning o‘rin boshi tuzatib berilar ekan, uning badanini ko‘zdan kechirib chiqish va yotoq yaralar ko‘proq paydo bo‘ladigan joylariga axamiyat berib qarash kerak. Badan terisini xar kuni dizinfeksiyalovchi eritma bilan artib turish, yotoq yaralar xosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan joylar tagiga biror narsa yoki yostiq jildiga o‘ralgan rezinka doyra qo‘yib qo‘yish kerak. Bu doyra shunday quyiladiki toki uning teshigi bemor dumg‘azasining ustida turadigan bo‘lsin, bemorni tez-tez bir yonboshidan ikkinchi yonboshiga ag‘darib yotqizib qo‘yiladi, axvoli imkon beradigan bo‘lsa o‘rnini kuniga bir necha marta to‘g‘irlab beriladi, «ushoqlarni» qoqib tashlab, choyshabi to‘g‘irlab qo‘yiladi. Sanoatimiz yotoq yaralarning oldini olishga imkon beradigan moslama ishlab chiqarmoqda. U rezina qoplanib, yuzi kat-kat qilib ishlangan va elektor bilan isitiladigan to‘shakdan iborat bo‘lib, dam berib shishiriladi.

3. Badan terisiga qarab borishning yana bir tomoni kasalxonada uzoq yotgan bemorlarning tagini yuvib turishdir.

CHov soxasi va oraliqda bir talay ter bezlari bor, bular seret ishlab chiqarib turadi va ko‘pincha badan bichilishiga olib keladi. Ayniqsa, ayollar badani ko‘proq bichiladi, chunki ularda fiziologik sharoitlarda xam qindan xamisha bir oz ajralma chiqib turadi. SHu munosbat bilan kichik meditsina xamshirasi bemorning tagini to‘g‘ri yuvishni bilishi kerak. Ichini tuta olmaydigan va o‘rinda yotadigan erkaklarga dumg‘azasi tagiga tuvak qo‘yilib, oyoklarini tizzasidan bukib yotish taklif etiladi va ko‘zadan bir ho‘llab iliq suv quyib ikkinchi qul bilan esa korinsangga qisib olingan paxta tampon chov soxasi va orqa teshik atrofidan bir necha marta yurgiziladi, shundan keyin paxta bilan quruq qilib artib olinadi va xavo berib shishiriliadigan rezinka tuvak qo‘yib qo‘yiladi. SHuni esda tutish kerakki, ayollarning tagini noto‘g‘ri yuvilganda orqa teshik soxasida xamisha bo‘ladigan infeksiya yukori tomon ko‘tarilib, qovuqqa o‘tib qolishi mumkin. SHuning uchun ayollarning tagini yuvishda issiq suvning o‘zinigina ishlatilmay, balki bu suvga dizinfeksiyalovchi biror modda qo‘shiladi. Ko‘pincha buning uchun kaliy permonganatning kuchsiz eritmasi (0,5l suvga bir zarra) yoki 1choy qoshiq gidrokarbonat ishlatiladi. Suv temperpturasi +25 S dan. +30 S gacha bo‘lishi kerak. Bemorning tagini yuvish uchun iliq suvli ko‘za, kornsang va sterill paxta sharchalar bo‘lishi kerak. Tagini yuvish vaqtida dumba tagiga tuvab qo‘yib qo‘yiladi. Kasal ayol oyoqlarini tizza bug‘imlaridan bukib va sonlarini sap kerib, chalkancha yotishi kerak. Dizinfeksiyalovchi iliq eritma solingan ko‘za chap qo‘lga olinib, tashqi jinsiy organlarga qo‘yiladi, kolnsang bilan qisib paxta tamponini esa jinsiy organlardan orqqa teshikka qarab (yuqoridan pastga) yurgiziladi, shundan keyin orqa teshik soxasidan qovuqqa infeksiya o‘tkazmaslik uchun teri yana xuddi shu yo‘nalishda quruq paxta tampon bilan artiladi. Bemor tagini rezinka nay, qisqich va qinga tutiladigan nakonechnik bilan ta’minlangan Esmarx krujkasidan oraliqqa tizillatib suyuqlik quyib turib yuvish xam mumkin.

Sog‘lom odamlarda xam og‘iz bo‘shlig‘ida talaygina mikroblar bo‘ladi, organizm quvvatsizlanib kolganida bular og‘iz bo‘shlig‘ining biror kasalligiga sabab bo‘lib, odamning umumiy axvolini yomonlashtirib qo‘yishi mumkin. SHuning uchun bemorlar og‘iz bo‘shlig‘ining gigienik xolatiga qarab borishning muximligi ravshan. YUra oladigan kasallar xar kuni ertalab va kechkurun tishlarini tozalab, og‘zini sal shurtak suv (bir stakan suvga 1\4 qoshiq osh tuzi) yoki kaliy pormanganatning kuchsiz eritmasi bilan chayishadi. Milk shillik pardasini chaqalanaydigan yumshok tish cho‘tkalaridan foydalanish tavsiya etiladi. CHo‘tkalar toza suvda sovun bilan yaxshilab yuvilishi kerak. Og‘ir kasallar tishlarini o‘zlari tozalay olmaydi, shuning uchun kichik meditsina xamshirasi bemor xar safar ovqat eganidan keyin uning og‘zini tozalab qo‘yishi kerak. Buning uchun pinset bilan bitta paxta sharcha olib, uni 5% li borat kislota yoki 2% li natriy gidrokorbonat (soda) eritmasiga yo bo‘lmasam kuchsiz kaliy permonganat eritmasiga yoxud qaynagan iliq suvga xo‘llab, avval tishlarning lunj tomonidagi yuzalarini, keyin esa aloxida-aloxida xar bir tishni artib chiqish lozim. SHundan keyin bemor og‘zini chayib tashlaydi. Tilni qalin qarash bosgan bo‘lsa, yarmiga glitsirin ko‘shilgan 2% li natriy gidrokorbonat eritmasi bilan qarashi ketkiziladi. Kasalning lablari qurib, yoriladigan bo‘lsa, lablariga borli vazilin yoki glitsirin surib qo‘yiladi. Og‘ir kasallarda og‘iz shilliq pardasida yallig‘lanish xodisalari-stomatitlar ko‘p paydo bo‘lib turadi. Ovqat vaqtida og‘iz og‘rib, so‘lak oqadi, biroz temperatura ko‘tarilishi mumkin. Stomatitlarga davo maqsadida qilinadigan dori-darmon «applikatsiyalar»ni qo‘llanish va og‘iz shilliq pardasini soda eritmasi bilan chayib turishdan iborat. Tish pratezlarini kechasi olib qo‘yish, Tish poroshogi bilan cho‘tkalab yaxshilab yuvish va ertalabgacha qaynagan suvli toza stakanda saqlash kerak.



4. Ko‘zlarining burchaklarida ertalab yiring to‘planib, qotib qoladigan og‘ir kasallarning ko‘zlariga qarab borish alohida e’tiborni talab qiladi. Bunday kasallarning ko‘zlarini tomizgichdan yoki 3% li borat kislotaning iliq eritmasiga xo‘llangan sterill doka tampon bilan xar kuni yuvib turish kerak. Tampon ko‘zning tashqi burchagidan ichki burchagi tomon (burin tomoniga qarab) oxista yurgiziladi.

5. Bemorning o‘zi quloqlarini tozalab, yuvib turolmaydigan bo‘lsa, kichik meditsina xamshirasi sovunli suvga xo‘llangan doka bilan eshituv yulining boshlang‘ich qismini artib qo‘yadi.

Og‘ir kasallar burnini shilliq pardasida bir talay shilimshiq va chang to‘planib qolib, nafasni qiyinlashtiradi va bemorning xolatini yomonlashtirib qo‘yadi. Burun bo‘shlig‘ini iliq suv bilan yuvib, shilimshiqni ketkazsa bo‘ladi. Doka salfetkani dumaloqlab o‘rab (turinda qilib), vazelin moyiga xo‘llash va burama xarakatlar bilan burunni navbatma- navbat tozalab olish mumkin.

6. O‘rinda uzoq yotadigan kasallar sochlariga doim qarab turishga muxtoj bo‘lishadi. Sochda kazg‘ok, bit paydo bo‘lib kolmasligiga qarab turish kerak. Erkaklarning sochi kalta qilib olinib gigienik vanna vaqtida xaftasiga bir marta boshi yuvib turiladi. Vanna to‘g‘ri kelmaydigan kasallarning boshini, agar axvoli imkon beradigan bo‘lsa, karovatda yuvib qo‘yish mumkin. Ayollar boshining tozaligiga qarab borish, ularninig sochi uzun bo‘lganidan ancha qiyinroq.

Chang va qasmoqni ketkazish uchun sochni xar jo‘ni tarab turish kerak. Buning uchun qalin tishli taroq olinadi. Xar bir kasalda shunday taroq bo‘lishi kerak (boshqalarning tarog‘ini tutish kat’iyan man qilinadi). Kalta sochlar ildizlaridan uchlariga qarab taraladi, uzun sochlar esa, paralel tutamlarga ajratiladi va uch tomonidan boshlab, yulmasdan, oxista taraladi. Taroq tishlari kalin bo‘lib, kuchsiz sirka eritmasiga xo‘llab olinsa, qasmoq bilan changni yaxshi ketkazadi. Taroqlarni toza saqlash, vaqt-vaqtida spirt, sirka bilan artib qo‘yish va natriy gidrokarbonat yoki novshadil spirt qo‘shilgan qaynoq suvda yuvib turish kerak. Boshni yuvib turish uchun turli- shanpunlar, bolalar sovunidan foydalanish lozim.



Kasal ayollarning axvoli imkon beradigan bo‘lsa, gigienik vanna vaqtida bosh yuviladi, lekin krovatning bosh tomoni balandroq qilib tos keltirilib qo‘yilgan xolda ayol boshini orqaga engashtirib turib, o‘rinda xam boshni yuvsa bo‘ladi. Sovun surtilayotgan paytida soch tagidagi terini yaxshilab ishqalash kerak, keyin soch chayilib, quruq qilib artiladi, so‘ngra taraladi. Bosh yuvilganidan keyin ayolning boshiga kosinka o‘rab qo‘yiladi. Kichik meditsina xamshirasi bemorlarning qo‘l va oyoq tirnoqlarini 2 xaftada bir marta olib qo‘yadi yoki tirnoqni olishda bemorlarga yordam berib turadi.
Download 36.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling