Kiritish chiqarish va aloqa qurilmalari, ularning interfeyslari


Download 221.5 Kb.
bet1/13
Sana11.02.2023
Hajmi221.5 Kb.
#1188846
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
kiritish chiqarish va aloqa qurilmal


KIRITISH – CHIQARISH VA ALOQA QURILMALARI, ULARNING INTERFEYSLARI
Tayanch iboralar: planshet, nurli qalam, sichqon, manipulyator, klaviatura, trekbol, kursorni boshqarish, klaviatura nazoratchisi, SCAN kodi, ASCII kodi, skaner, rastrli format, vectorli format, obrazlarni anglash, printer, plotter, digitayzer, axborotlarni uzatish tizimi, o’tkazish qobiliyati, aloka kanallari, analogli, sinileksli, dupleksli, kommutaciyalanadigan, eshilgan juftlik, koaksial kabel, optik tolali kabel, modem, ma’lumotlarni uzatish bayonnomasi, modulyaciya, demodulyaciya, faksimil aloqa.
Planshet bu oddiy tekis to'g’ri burchakli yuza bo'lib, unga tayyor chizma qo'yiladi va chizmaning ustidan ko'rsatkich bilan yurgiziladi.
Yurgizish jarayonida kompyuter vaqti-vaqti bilan ko'rsatgich uchining koordinatasini sanaydi. Koordinatalarni hisoblashning bir qancha usullari mavjud. Ulardan ikkitasini ko'rib chiqamiz. Planshetning ishchi yuzasi (250 x 250 mm ) tagiga X va U o'qlari bo'ylab 1024 ta o'zaro parallel simlar joylashtirilgan. Ko'rsatgichga sezgir kuchaytirgich joylashtirilgan. Bu kuchaytirgich kodlangan xabarlarni qabul qilib kabel orqali uni kodlangan xabarlarini echadigan logik sxemaga uzatadi. har bir ketma-ket qabul qilingan impulslar faqat bitta simga tegishli. Shuning uchun kodlar echilgandan keyin ikkita son xosil bo'ladi. Bu sonlar ko'rsatgichning planshet yuzasidagi holatini ko'rsatadigan koordinatalar bo'ladi. Planshetda 0,25 mm dan kichik bo'lgan grafik elementlar qabul qilinmaydi.
Nurli qalam nurli qalam bilan chizma ekraning yuzasiga chiziladi. qalam korpusi ichida teshik bor, bu teshikka linza o'rnatilgan. Nur ekrandan fotoelementga tushadi.
Fotoelementdan kuchlanish kuchayturuvchi qurilmada kuchaytirilgandan keyin, maxsus kayta ulovchi moslamaga uzatiladi.
Nurli qalam ekraning qaysi joyiga harakat qilsa, u bilan birga kursor ham harakat qiladi. Kursorni talab qilingan holatga chiqarilganda, qayta ulagich qo'yib yuboriladi va kursor nurli qalam bilan chizishni "nurli qalam harakatini kuzatish" usuli bilan amalga oshirish mumkin. Bunga ekranga "+" ko'rinishida bo'lgan maxsus belgikursor nurli qalamdan ajraladi. Ikki nuqta to'g’ri chiziq kesmasi bilan biriktiriladi.
Sichqon bu grafik xabar kiritish qurilmasi tashqi ko'rinishdan sichqonga o'xshaydi. Shuning uchun ixtirochilar aniq texnik nom o'ylab topmasdan uni sichqon deb atadilar.
Sichqon qo'lga sig’adigan quticha bo'lib tepasida uchta yoki ikkita tugmasi bor. Uning tagida o'zaro perpendikulyar ikkita g’ildirakcha yoki sharik joylashgan. g’ildirakcha yoki sharik rezistorga ulangan. sichqon bilan chizma chizish uchun uni tekis yuzaga harakatga keltirish kerak. Bunda foydalanuvchi sichqonga emas, balki displey ekraniga qarash kerak. Kompyuter ekranida kursor sichqonni harakat traektoriyasini qaytaradi. g’ildirakchalar aylanganda, o'zgaruvchan rezistorlarni yugurdagi ham aylanadi. Buning natijasida, ularning chiqishdan kuchlanishi ham tegishlicha o'zgaradi.
Yugurdaklardan olingan kuchlanishlar sonli o'xshash o'zgartirgichlarda shaxsiy kompyuterning tezkor xotirasiga to'g’ridan-to'g’ri uzatish uchun taxlil qilinadi. Bitta g’ildirakcha kursorni X o'qi bo'ylab, ikkinchi g’ildirakcha Y o'qi bo'ylab haraktlantiradi. Sichqonni tekis yuza bo'ylab harakatlantirib, biz kursorni harakatini ekranda kuzatamiz va tegishlicha, sichqon harakatiga tuzatish kiritamiz. Biz kursorni tegishli traektoriyasiga erishganimizdan keyin, sichqondagi ma'lum tugmachani bosishimiz kerak bunda kursorni koordinatalari kompyuter xotirasida eslanib qoladi. Mo'ljallangan qator xususiyatlariga ega.



Download 221.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling