Kiritish chiqarish va aloqa qurilmalari, ularning interfeyslari


Download 221.5 Kb.
bet6/13
Sana11.02.2023
Hajmi221.5 Kb.
#1188846
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
kiritish chiqarish va aloqa qurilmal

Elektrostatik digitayzerlarda kursor ostidagi to’rning elektrostatik potencialini lokal o’zgarishi qayd qilinadi, elektromagnitlarda esa kursor tur qabul qiladigan elektromagnit signalni nurlatadi. Elektromagnit digitayzer tashqi manbalar, masalan monitorlar yaratayotgan holaqitlarga sezgirdir.
Digitayzerni tanlahda birinchi navbatda ko’rsatish qurilmasining qulayligi va ishonchliligiga ishonch hosil qilish kerak. Kerakli o’lchamdagi ishchi maydomini tanlash kerak — u 6x8 dyuymdan 44x62 dyuymgacha oraliqda bo’ladi. Kursor koordinatalarini uzatishning kerakli aniqligini baholash va uni digitayzerning o’tkazish qobiliyati bilan taqqoslash kerak. Va nihoyat, hamma kerakli dasturli ta’minot va xususan, drayverlarning borligiga ishonch hosil qilish lozim.
Ko’rsatish qurilmasi 
Pero bitta, ikkita yoki uchta knopka bilan jixozlangan qurilmadir. Oddiy va pero uchini planshetga bosiladigan kuchlanishni aniqlaydigan perolar bor. Keyingi perolarni ko’pincha rassomlar ishlatadilar, negaki ular bosishning 256 ta gacha gradaciyasini qabul qila olishi mumkin (bosish darajasi chiziq qalinligiga, ranglar tusiga, ranglar palitrasiga ta’sir ko’rsatadi). Bunday imkoniyatlarni amalga oshirish uchun quyidagi dasturlar kerak: Adobe PhotoShope, Aldus PhotoStyler, Autodesk Animator Pro, Corel Draw va b.
Kursorlar kamroq, odatda murakkab ilovalarda ishlatiladi, ular to’rtta, sakkizta, o’n ikkita, o’n oltita klavishali bo’ladi. Standart ravishda ikkitadan to’rttagacha klavishalar ishlatiladi, qolganlari dasturilovalarda, masalan, AutoCad da dasturlashtiriladi. Kursor shakllari juda turlichadir, hattoki sichqoncha shakligacha bo’ladi. Kursorlar ham, perolar ham simli va simsiz bo’lishi mumkin. Oxirgi variant ishda qulaydir, lekin uning uchun batareyka bo’lishi va mos ravishda qo’shimcha xizmat ko’rsatish lozim bo’ladi.
Digitayzer asoslari qattiq va egiluvchan bo’lishi mumkin, keyingisi kam og’irlikda, tashishda ixcham va arzonroqdir.
Digitayzerlarga misollar: CalComp DrawingFlex 333641, 334841; GTCO Roil-up 2024R, 3036R, 3648R (hammasi egiluvchan); Cal Comp DrawingBoard 3400, Summa Grid, Kurta XLC, GTCO Super L22 (hammasi qattiq, katta formatli 1220x 1 524 mm gacha); CalComp Drawing Board III 34180, Hitachi Puma Pro, GTCO Ultima, Kurta XLP, Kurta XLT, SummaSketch III (hammasi qattiq, A3 formatli).
Ma’muriy boshqaruv tizimlarida axborot, ma’lumotli hujjatlarni chopar bilan (yoki pochta orqali) etkazish (tashish) yo’li orqali ham, aloqa kanallari bo’yicha axborotni uzatishning avtomatlashtirilgan tizimidan foydalanib ham uzatiladi.
Hujjatlarni qo’lda ko’tarib borish va mexanik tashish muassasalarda ma’lumotlarni uzatishning keng tarqalgan usulidir. Bu usulda kapital harajatlar minimal bo’lgani holda, hujjatlarda oldindan qayd qilingan va uni bevosita qayd qilish punktlarida nazorat qilingan ma’lumotlarning uzatilishini to’liq ta’minlaydi. Uzatish tezkorligi (tezligi) juda past va uncha ham talabchan bo’lmagan foydalanuvchinigina qanoatlantirishi mumkin. Axborotni tezkor uzatish uchun ma’lumotlarni uzatishning avtomatlashtirilgan sistemalari - ma’muriy-boshqaruv aloqa tizimlaridan foydalaniladi.
Axborotni uzatish uchun xizmat qiladigan vositalar to’plamini axborotlarni uzatish tizimi (UT) deb atayniz.
Axborotni manbai va iste’molchisi uzatish tizimining abonentlaridir. Abonentlar sifatida EHM, axborotni saqlash tizimlari, turli xil datchiklar va bajaruvchi qurilmalar hamda odamlar misol qilib keltirilishi mumkin.
UT strukturasi tarkibida quyidagilarni ajratish mumkin:
• uzatish kanali (aloqa kanali);
axborotni uzatkich;
• axborotni qabul qilgich.
Uzatkich abonentdan kelayotgan axborotni aloqa kanali bo’yicha uzatiladigan signalga aylantirish uchun qabul qilgich abonentga kelayotgan signalni qaytadan xabarga aylantirish uchun xizmat qiladi.
Ideal holatda uzatishda uzatilayotgan va olinayotgan xabarlar orasida bir qiymati moslik bo’lishi kerak. Lekin aloqa kanalida paydo bo’ladigan holaqitlar ta’sirida qabul qilgich va uzatkichda bu moslik buzulishi mumkin va unda ma’lumotlarni to’g’ri (haqqoniy) uzatilmaganligi to’g’risida so’z yuritiladi.
Axborotni uzatish tizimining asosiy sifat ko’rsatkichlari quyidagilardir:
• o’tkazish qobiliyati;
• haqqoniylik;
• ishonchlilik.
Axborot uzatish tizimining o’tkazish qobiliyati - birlik vaqt oralig’ida tizim bo’yicha uzatilishi mumkin bo’lgan eng katta nazariy erishiladigan ma’lumot miqdoridir. Tizimning bu qobiliyati uzatkichdagi va qabul qilgichda axborotni o’zgartirish tezligi bilan va aloqa kanali bo’yicha axborotni uzatishning aloqa kanali va signalni fizik xossalari orqali aniqlanadigan yo’l quyiladigan tezligi bilan belgilanadi.

Download 221.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling