Mavzu : Bobil Milloddan avvalgi II-I mingyillklarda Mundarija
I . BOB. Bobil podsholigining tashkil topishidagi tarixiy shart – sharoitlar
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Bobil Milloddan avvalgi II-I mingyillklarda
I . BOB. Bobil podsholigining tashkil topishidagi tarixiy shart – sharoitlar
8 1.1.Qadimgi Bobil podsholigida amoriylar sulolasi (miloddan avvalgi 1518-1894) Bobil (Vavilon) — Mesopotamiyaning jan. qismi (hozirgi Iroq hududi)da miloddan avvalgi 2-ming yillikning boshidan miloddan avvalgi 538 yilgacha mavjud boʻlgan qad. davlat. Markaziy shahri Bobil nomidan olingan. Miloddan avvalgi 3- ming yillikda Mesopotamiyada shahar-davlatlar (Uruk, Kish, Ur, Lagash va boshqalar) paydo boʻlgan edi. Bobil shahri vujudga kelmasdan oldin Dajla va Furot daryolari orasida — Shumer va Akkad davlatlari mavjud boʻlgan. Miloddan avvalgi 21-asr oxirida koʻchmanchi semit (somiy) qabilalaridan biri amoriylar Akkadning katta bir qismini bosib olgach, qudratli davlat barpo etib, Bobil shahrini markaz qilganlar. Shu davrda elamliklar ham Shumerda oʻrnashib olgan. Mesopotamiyada hukmron boʻlish uchun amoriylar bilan elam qabilalari oʻrtasidagi kurashda amoriylar gʻolib chiqqan. Qad. B. podsholigida amoriylar sulolasi (miloddan avvalgi 1894—1518) mustahkamlanib olgan. Bu sulola podsholaridan Hammurapi (miloddan avvalgi 1792—1750) Shumerni ham oʻz davlatiga qoʻshib olgan. Mustabid davlatni mustahkamlash maqsadida Hammurapi buyrugʻi bilan yuqori tabaqalarning manfaatini qoʻriqlashga qaratilgan qonunlar majmuasi tuzilgan. Bu qonunlar yerga egalik, savdo-sotiq, qulchilik, iqtisodiyijtimoiy munosabatlarni tartibga solgan. 247 moddadan iborat qonunlar toʻplami bazalt ustuniga arxaik mixxat bilan yozilgan. B. davlatining eng ravnaq topgan davri — Hammurapi hukmronligi davridir. Hammurapidan keyin B. davlati tushkunlikka yuz tuta boshlagan. Miloddan avvalgi 1518-yilda kassitlar Mesopotamiyaga bostirib kirib, B.da oʻz hukmronligini oʻrnatgan. Kassitlar sulolasi davrida (miloddan avvalgi 1518— 1204) chorvachilik rivojlangan, qoʻshni Misr davlati bilan savdo va diplomatik munosabatlar oʻrnatilgan. Bu davrda ossuriyaliklar va elamliklar bir necha marta B.ga hujum qilgan. Shundan keyin B. siyosiy jihatdangina emas, balki madaniy jihatdan ham tushkunlikka uchray boshlagan. Miloddan avvalgi 7-asrda B. ossuriyaliklar tomonidan ikki marta (689 va 648 yillar) vayron etilgan. Miloddan avvalgi 626 yil Ossuriyaning B.dagi noibi, xaldeylar qavmidan boʻlgan Nabopalasar Ossuriyadan ajrab chiqib oʻzini B. 9 podshosi deb atagan. Shu vaqtdan Yangi B. podsholigi yoki Xaldey davri (miloddan avvalgi 626— 538) boshlanadi. Nabopalasar Midiya podshosi Kiaksarga Ossuriya bilan urushida yordam berib Ossuriya davlati xududini u bilan boʻlishib olgan. Nabopalasarning oʻgʻli Navuxodonosor II (Sharq adabiyotida "Buxtunnasr") (miloddan avvalgi 604— 562) misrliklarni Old Osiyodan batamom siqib chiqargan. Miloddan avvalgi 586 yil Kuddusni vayron qilgan, Yahudiya B. viloyatiga aylangan, 574 yil Tirni egallagan. Yangi B. podsholigi davrida Bobil shahri ijtimoiyiktisodiy jihatdan taraqqiy etgan, savdo, xunarmandchilik, binokorlik rivojlangan eng yirik shaharlardan biriga aylangan. Navuxodonosor kurgan dabdabali binolarning harobalari hozirgacha sakdanib kelgan. "Bobil" deb yuritiladigan tepalik kazilganida, katta bir saroy harobasi, "qasr" tepachasi qazilganda Navuxodonosor zamonidan qolgan ajoyib binolar topildi. Ularning devorlari gullar solingan sirli koshinlar bilan bezatilgan. Diniy marosimlarda yuriladigan muqaddas yoʻl ham shu saroy yonidan oʻtgan. Bu yoʻlga toshdan yoʻnilgan plitalar yotqizilgan, plitalarda mixxatlar saqlangan. Navuxodonosor davrida B. podsholigi oʻz taraqqiyotining ikkinchi yuksalish davriga chiqqan. 555 yildagi davlat oʻzgarishidan soʻng B. taxtiga oʻtqazilgan Nabonid (miloddan avvalgi 555—538) mamlakatning bir butunligini saqlash uchun harakat qiddi, lekin axomaniylar podshosi Kir //miloddan avvalgi 538 yilda B.ni oʻz davlatiga qoʻshib oldi. B. podsholigi shu tariqa kuladi. Qadimgi Sharq aholisi turli Irq va Irqiy guruhlarga : yevroosiyo, yevropoid, ekvatorial yoki negroavstroid xalqlar, osiyo-amerika yoki mongoloid Irqi, (Uzoq Sharqda), negroid Irqi (Napate va Meroye xozirgi Sudan) janubiy Hindiston kabilarga bo`lingan. Irq etnologiyasi ko`p sonli xalqlar, qabila va etnik guruhlarga bo`linadi. U ba'zi hududlarga turli irqiy guruh va guruhchalarga bo`lingan. Qadimgi Sharqda qadimda sekin-asta barqaror yirik til oilalari paydo bo`ldi. Old Osiyoda ko`p sonli somiy-homiy yoki afro-osiyo til oilasiga kirgan somiy shoxchasi, Misr yoki homiy, berber-liviya, kushit va boshqalar kirgan turli xalq va qabilalar yashar edi. Somiy tillarida so`zlashuvchi xalqlarga akkadlar, amoriylar, oromiylar, osuriylar, xanaanlar, yahudiy, arab va boshqalar kirgan edi. Somiy tilli xalqlar asosan Mesopotamiya cho`llari va Arabiston yarim orolida yashar edilar. Misr yoki 10 homiy shoxobchasiga qadimgi Misr aholisi, berber-liviya tillarida so`zlashuvchi Nil vodiysidan g'arbdagi qabilalar, kushit tillarida Nil yuqori oqimidagi xalqlar so`zlashar edilar. Xett-luviya va xind-eronlar hind- yevropa tillari oilasining shoxobchalaridan edi. Xett- luviya tillarida xettlar, liviyaliklar, koreyslar va Kichik Osiyoning boshqa kichik qabilalari so`zlashar edi. Mesopotamiyaning shimolida er.avv. III ming yilliklardan boshlab sharqiy semit chorvador qabilalari yashagan. Ularning tili akkad tili deb atalgan. Er.avv. III ming yillik oxirida g`arbdan, Suriya cho`llaridan Mesopotamiyaga g`arbiy semit chorvador qabilalari qirib kelgan. Akkadlar ularni amoriylar deb atashgan. (Akkadcha «Amurri», «Suriya» yoki «Garb» deyilgan.) Er. avv. III-II ming yilliklarning birinchi yarmida amoriylar Mesopotamiyada bir necha podsho sulolalarga asos solganlar. Qadimgi shimoliy Mesopotamiya, shimoliy Suriya va Arman tog`larida xurrit qabilalari yashagan. Shumer va akkadlar ularni va mamlakatni Subarti deb atashgan. Er. avv. III ming yillikdan Shimoliy-sharqiy Mesopotamiyada Diyali daryosidan Urmiya ko`ligacha yarim ko`chmanchi kutiy (gutiy) qabilalari yashagan. Kassit qabilalari shimoliy-g`arbiy Eronda, elamlardan shimolda yashagan. Ular er. avv. XVI asrda Bobilni bosib olib, o’z sulolariga asos soldilar: Kassitlar mahalliy madaniyat, tilni qabul qilib mahalliy aholini assimilyasiya qildilar. Er. avv. II ming yillikning ikkinchi yarmida shimoliy Armaniston va Suriya cho`lidan shimoliy Mesopotamiyagacha g`arbiy semit guruhiga mansub kassit qabilalari kirib keldi. Ular er. avv. XII asr oxirida shimoliy Suriya va janubiy-g`arbiy Mesopotamiyada kichik davlatlar barpo qildilar. Ular er. avv. I ming yillik boshlarida xurrit va amoriy aholisi bilan qo’shilib ketdilar. Oromiy tili bu yerda keng tarqaldi. Er. avv. X asrda janubiy Mesopotamiyaga oromiylarga qarindosh xaldey qabilalari kelib o`rnashdi. Mesopotamiya hududida er. avv. IV ming yillikdan III ming yillikgacha ibtidoiy jamoa tuzumini yemirilish jarayoni bordi. Shumerlarning er. avv. IV ming yillikni boshlarida Janubiy Mesopotamiyaga kelishi bilan Uruk madaniyati boshlandi. Er. avv. III ming yillikdan boshlab mamlakatni janubiy qismida 11 shumerlarning kichik shahar- davlatlari paydo bo’ldi. Er. avv. III ming yilliklar ilk sulola davri deb ataldi. Keyingi davr er. avv. III ming yillikning oxirgi davri kuchli mutlaq monarxiyalar tashkil topish davri hisoblanadi. Er. avv. XXI-XXIII asrlar siyosiy markaz Mesopotamiyaning markaziga ko`chib bu yerda Akkad davlati tashkil topadi va uning tarkibiga Shumer janubiy va shimoliy Mesopotamiya kiradi. Kutiylar hujumi sababli Akkad podsholigi yemirilib, yetakchilik Shumer-Akkad podsholigiga o’tadi. Er. avv. II ming yillikning boshlarida Ikki daryo oralig`ida Bobil podsholigi yuksalib, Bobil boshchiligida butun mamlakat birlashtirildi. Uning tarixi quyidagi davrlarga bo’linadi: Qadimgi Bobil yoki amoriy davri er. avv. XIX-XVI asrlar, o’rta Bobil yoki kassit (er. avv.XV-XII asrlar) davri, Bobilning siyosiy tushkunlik davri (er. avv.XII-VII asrlar ), yangi Bobil qisqa qayta uyg`onish (er. avv. VII-VI asrlar ) davri va Eron tomonidan malakatni bosib olinishi. Qadimgi Mesopotamiya tarixi bo`yicha asosiy manbalar bu moddiy madaniyat yodgorliklari, yozma hujjatlar va adabiy asarlar, antik mualliflar asarlari hisoblanadi. Er. avv. III-I ming yilliklarga oid moddiy madaniyat yodgorliklari Mesopotamiyaning qadimgi shaharlari Eredu, Uruk, Lagash, Larsa, Nippur, Eshnunna, Mari, Ashshur, Nineviya va Bobil xarobalarini qazish natijasida ma'lum. Shaharlarda zinapoyasimon minora, saroylar, ulkan ibodatxonalar, turar joylar, xo`jalik inshootlari, san'at asarlari va uy anjomlari topilgan. Mesopotamiyadan, Misr, Baxrayn va Hindistondan er. avv. III-II ming yilliklarga oid silindrsimon stealit, lazurit, serdolikdan yasalgan muxrlar ko’plab topilgan. Eng qadimgi hujjatlar (er.avv. III ming yillik boshlari) Uruk va Jamdat- Nasrdan topilgan mingga yaqin loy taxtachalardir. Ular piktografik belgilar bilan yozilib hali oxirigacha o`qilmagan. Lagashdan er.avv. III ming yillikka oid xo’jalik hujjatlari topilgan. Ayniqsa, er.avv. II ming yillikka oid ko’pgina xo`jalik hujjatlari saqlanib qolgan, ular davlat arxivlari, ibodatxona va xususiy arxivlarda saqlanib qolgan. Hozirgi Turkiya hududidagi Qultepadan er.avv. II ming yillikka oid Osuriya va amoriy savdogarlariga tegishli qarz, tilxat va sud qarorlari aks etgan 12 10.000 loy taxtachalardan iborat arxiv; er. avv. II ming yillikka oid qadimgi Arrapxadan topilgan 4000 loy taxtacha; er. avv. XII- XI asrlarga oid Ashshur shahri arxivi, er. avv. I ming yillika oid Nippur, Bobil, Borsippa, Ur va Uruk shaharlari kesishmalarida topilgan arxivlar, ayniqsa, Nippurda «Murashu uyi»dan topilgan er.avv. V asrga oid 700 hujjat diqqatga sazovordir. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling