Mavzu : Bobil Milloddan avvalgi II-I mingyillklarda Mundarija
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Bobil Milloddan avvalgi II-I mingyillklarda
1.2. Mesopotamiyadagi shahar – davlatlarning rivojlanish bosqichlari Shimolda Armaniston tog`laridan janubda Fors qo’ltig`igacha, sharqda Eronning tog`li viloyatlaridan g`arbda Suriya-Mesopotamiya cho`llarigacha cho`zilib ketgan hudud qadimda yunon geograflari tomonidan Mesopotamiya (ikki daryo oralig`i-Frot va Dajla daryolari oralig`i) deb atalgan. Hozir bu asosan Iroq Respublikasi hududidir. Dajla va Frot daryolari Arman tog`laridan boshlanib, Fors qo`ltig`iga quyiladi. Daryo suvlari minerallarga boy loyqa olib borib toshqin vaqtida dalalarga toshib, hosildor qatlam hosil qiladi. Ikki daryo oralig`ida hosil olish uchun yil davomida melioratsiya ishlarini amalga oshirish kerak edi. Bu yerda qadimdan odamlar kanal va dambalar qurganlar. Mesopotamiya iqlimi shimol va janubda bir xil emas. Shimolda quruq subtropik zonada qishda ba'zida qor yog`adi, bahor va ko’zda yomg`ir bo’ladi. Janub juda issiq va quruq iqlimli. Mesopotamiya qadimda loy va tabiiy asfalt mo’l-qo’l bo’lgan. Shimolda qo’rg`oshin, qalay, temir va tosh ham uchraydi. Mesopotamiya florasi juda kambag`al. Faqat shimolda tog`li rayonda har xil daraxtlar uchraydi. Qadimda daryo vodiysida tol daraxti, janubda qamishning turli xillari bo’lgan. Xurmo palmasi muhim rol o`ynagan. Strabonning aytishicha, qadimda uning 360 xil foydali xossasini bilganlar. Uzum va mevali daraxtlar, tariq, polba, qanop, bodring, sarimsoq, baqlajon, oshqovoq, loviya va no`xat o’stirilgan. Qadimgi fauna boy bo’lgan. Daryolarda baliq ko’p bo’lgan, qushlar, eshak, cho`chqa, kiyik, quyon, tuyaqush, sherlar to`qay va sahrolarda mo’l-ko’l bo’lgan. Mesopotamiya Yaqin Sharqning keng bo’shlig`ida joylashganligi uchun xalqaro savdoda yetakchi rol o`ynagan, ko’pgina yo`llar 13 G`arbdan Sharqqa, shimoldan Janubga shu yerdan o’tgan. Mesopotamiyada odamlar qadimdan o’rnasha boshlagan, neolit davrida bu jarayon tezlashgan, Dastlab iqlimi qulay shimol o’zlashtirilgan. Qadimgi Xassun, Xalaf madaniyatining etnik kelib chiqishi noma'lum. Janubiy Mesopotamiya ilk manzilgohlari keyinroq eramizdan avvalgi IV ming yillikda va eramizdan avvalgi IV ming yillikni II yarmida El- Ubayd madaniyati bilan belgilanadi. Ba'zi tadqiqotchilar bu madaniyatni shumerlarga tegishli deb, boshqalari protoshumerlarga bog`laydilar. Shumerlarning janubiy Mesopotamiyada paydo bo`lishi taxminan er.avv.IV ming yilliklar bilan belgilanadi. Shumer tilini qaysi til oilasiga mansubligi ham noma'lum. Shumerlar mahalliy aholi bilan aloqa o`rnatib, ulardan bir qancha xo’jalik yutuqlari, diniy e'tiqodlar va toponomik nomlarni o’zlashtirib olganlar. Huquqiy hujatlardan bizgacha yetib kelgan yodgorliklarning ko’pchiligi Mesopotamiyadan topilgan. Ulardan eng qadimgisi podsho Shul'ga qonunlari, (er. avv. III ming yillikning oxiri), er. avv. XX asrga oid Eshnunna qonunlari, undan kirish va 59 modda saqlanib qolgan; er.avv. II ming yillik boshlariga tegishli Larsa va Issin qonunlari parchalari, Lipit-Ishtar nomli hukmdorning kirish, xulosaning bir qismi va 40 ga yaqin qonun moddalari bizgacha yetib kelgan. Eng katta qonunlar to’plami 247-moddadan iborat asosiy qism, xulosadan iborat Hammurapi qonunlaridir. Er.avv. II ming yillik o’rtalariga oid Osuriyaning yoki o’rta Osuriya qonunlari, yangi Bobil podsholigiga oid 20 ga yaqin qonun moddalari bizgacha yetib kelgan. Eng qadimgi dpilomatik hujjatlardan ikki loy silindrda bitilgan er. avv. XXIV asrga oid Lagash va Umma o’rtasidagi chegara janjali to’grisidagi yozuv bizgacha yetib kelgan. Er. avv. XXIII asrga oid Akkad va Elam davlatlari o’rtasidagi shartnoma, er.avv. II ming yillik boshlariga oid Mari podshosining Bobil, Suriya va Finikiya bilan diplomatik yozishmalari matnlari topilgan. Er.avv. II ming yillikda Old Osiyo, Misr tarixi va xalqaro munosabatlar to`g`risida boy ma'lumot beradigan bosh manba Misrda topilgan Tell-Amarna arxividir. Shumer shaharlari Akkad, Bobil va Osuriya davlatlari podsholarining 14 yozuvlari juda katta qimmatga egadir. Shunday yozuvlardan biri er.avv. XXIV asrga oid Lagash davlatining yuksalishi, uning qo`shni Umma bilan kurashi to’grisida hikoya qiladigan Lagash hokimi Eanatumning «Kalxatlar stelasi» deb atalmish yozuvidir. Er. avv. XXIV asrga oid Lagash hokimi Urukagina, er. avv. XXII asrga oid Lagash hokimi Gudeaning qurilish va bag`ishlov yozuvlari, Akkad podshosi Rimushning (er. avv. XXIII asr) Elamga yurishlari to’g`risidagi yozuvlari va «Manishtun obeliski» da podsho yer zaxirasi, uning jamoa yeri hisobidan ko’payishi to’g`risida ma'lumot berilgan. Bizgacha Osuriya podsholarining juda ko’p yozuvlari yetib kelgan. «Sargon II ning Ashshurga xati», er.avv. 714 yilda Urartuga qarshi yurishi bayon qilingan xatlar yetib kelgan. Podsho Ashshurbanipalning batafsil tarixiy ma'lumot beruvchi yilnomasi shular jumlasidandir. Yangi Bobil podsholarining 140 ga yaqin yozuvlari bizga ma'lum. Tarixiy asarlar keyinroq er.avv. IV-III asarlarda paydo bo’ldi. Kohin Beroyesning (Bobildagi Marduk ibodatxoansi koxini), 3 qismli «Bobil va Xaldey tarixi»i to’fon davridan Makedoniyalik Iskandar davrigacha davom etgan asari diqqatga sazovordir. Bizgacha bu asarning parchalari o’rta asr tarixchilari asarlarida keltirilgan ma’lumotlar orqali yetib kelgan. Uruk podshosi Jmerkar to’g`risidagi epik poemalarda Shumerning ilk sulola davrida (er.avv. III ming yillik boshlari) uzoq mamlakat Aratta (Eron hududi) bilan aloqasi to’g`risida qiziqarli ma'lumotlar beriladi. Shumer poemasi «Gilgamesh va Aga» da Urukning Kish shahri qaramligidan mustaqil bo’lishi uchun kurashi to’g`risidagi aniq ma'lumotlar mavjud. Akkad podsholigining asoschisi Buyuk Sargon to’g`risidagi Akkad afsonalari saqlanib qolgan. Shumer, Bobil va Osuriya yodgorliklaridan qimmatli tarixiy ma'lumotlar olish mumkin. «Gilgamesh» dostoni haqiqiy tarixiy xazina hisoblanib, uning matni Nineviya shahridagi mashhur Osuriya podshosi kutubxonasidan topilgan. Bu doston er. avv. II ming yillik boshlarida yaratilgan deb taxmin qilinadi. Antik mualliflar Mesopotamiya tabiati, iqlimi va aholisining urf – odatlari, diniy e'tiqodlari, yutuqlari va tarixiy afsonalari to’g`risida qimmatli ma’lumotlar yozuvlar qoldirdilar. 15 Eng batafsil ma'lumotlarni Mesopotamiyaga sayohat qilgan yunon tarixchisi Gerodot qoldirgan (er. avv V asr). Gerodotning kichik zamondoshi ko’p yillar Eronda bo’lgan knidlik Ktesiy 23 kitobdan iborat «Eron tarixi» asarida Mesopotamiyaga ancha katta o’rin ajratgan. Ammo Ktesiy tarixini bayon qilish afsonaviy an'analarga asoslangan bo’lib voqealarni soxtalashtirish, xatolarni ko’pligi uchraydi. Er.avv. V asrda fors shahzodasi Kirning yollanma qo’shinida askar bo’lib Mesopotamiyaga kelgan yunon Ksenofontning «Kiropediya» va «Anabasis» asarlarida Dajla va Frot daryo vodiylari tasviri, mamlakat xalqlari va urf-odatlari to’g`risida ma'lumotlar berilgan. Strabonning «Geografiya»sida (er. avv. I asr – eramizning I asri) 16 kitob Mesopotamiyaga maxsus bag`ishlanib boy ma'lumotlar beradi. Mesopotamiya tarixi bo`yicha bir qancha ma'lumotlar Iosif Flaviy va Rim tarixichisi Pompey Trog asarlarida uchraydi. Qadimgi Mesopotamiyadagi birinchi arxeologik qazishmalar XIX asr o’rtalarida uning shimoliy qismi Osuriya joylashgan joyda amalga oshirildi. 1842 – yil fransuz diplomati P.Botta Kunjik tepaligini qazishni boshladi. Chunki bu joy mahalliy afsonalarga ko’ra Osuriya davlatining poytaxti Nineviya bo`lgan. Ammo tepalikni qazish aytarlinatija bermagach, u bu yerda ishni tugatib Xorsabod qishlogida qazish ishlarini boshladi. U bu joyda 1843 – yil Osuriya podshosi Sargon I ning Dur – Sharrukin saroyi qoldiqlarini topdi. Botta topgan yodgorliklar Luvr muzeyining Osuriya kolleksiyasining asos bo’ldi. 1845 – 1847 yillar ingliz diplomati G. Leyyard sharq tillarini yaxshi bilgan holda Nimrud tepaligini qazishni boshladi. Ulkan odam, ho`kiz, odam-sher haykallari bo’lgan podsho saroylari bilan Osuriya poytaxti Nineviya hisoblangan Kunjik tepalagidan, Osuriya podshosi Sinaxxerib (er. avv. VII asr) saroyini uning nevarasi Ashshurbanipalning «Loy kitob»lar bilan to’la kutubxonasi bilan birga topildi. Leyayrd topilmalari Londondagi Britaniya muzeyi qadimgi sharq kolleksiyasining asosi bo’ldi. Leyyardning xodimi U. Rassam Kunjik tepaligida qazish ishlarini davom ettirdi va harbiy manzaralar tasvirlangan ajoyib rel'yefli boy podsho kutubxonasi bilan Ashshurbanipalning saroyini topdi. Rassam tomonidan 16 Nimrud yaqinidagi Balavat degan joyda er. avv. IX asrga oid Osuriya yodgorliklari jumladan, harbiy yurish va xiroj keltirish tasvirlangan 4 jez plita Balavat darvozasi qoplamasi topildi. Ingliz olimlari tomonidan XIX asrning ikkinchi yarmida qadimgi shumer shaharlari Uruk, Larsa va Eredu qazib ochildi. XIX asrnng oxirida fransuz arxeologlari Shumer shahri Lagash va uning hukmdorlarini ko’p sonli haykallarini asosan, Gudeaning kumush va alebastr vazalarini, «Kalxatlar stelasi»ni, ibodatxona xo`jaligi va 3000 yillik tarixga ega Nippur shahrini ochdilar. Nippur xarobalaridan umumshumer xudosi Enlil ibodatxonasi, 6000 loy taxtachadan iborat ibodatxona- kutubxona, saroy, maktab, bozor, do`konlar uy-joylar va xo`jalik binolari topildi. XIX asrda Mesopotamiyadagi arxeologik kashfiyotlar hammani lol qoldirdi. Ammo arxeologik izlanishlar ishqiboz qiziquvchan kishilar tomonidan hech qanday ilmiy rejasiz, ilmiy usullarsiz olib borildi. Ilmiy usuldan xabarsizlik butun-butun madaniy qatlamlarni yo`qotishga olib keldi. XX asrnng boshlaridan arxeologik izlanishlar qat'iy ilmiy usullarga suyangan holda olib borila boshlandi. Nemis arxeologi Koldevey Bagdod yaqinida qadimgi Bobil xarobalarini ochdi. 1899 – 1917 – yillar shahar devorlari, Navoxudonosor II (er. avv. VII asr) saroyi, diniy marosimlar ko`chasi, bosh xudo Marduk ibodatxonasi, ulkan zikkurat qoldiqlari topildi. Nemis arxeologi V. Andre 1903-1914-yillar Osuriyaning eng qadimgi poytaxti Ashshurni qazib ochdi. 1933-1939-yillar fransuz Parro Mari shahri qoldiqlarini qazib bu yerda podsho Zimrilim saroyi (er.avv.II ming yillik boshlari), 20 ming loy taxtachadan iborat xo`jalik-diplomatik hujjatlar arxivini topdi. 1922-1924 yillar ingliz olimi D.Vulli qadimgi Ur shahri xarobalaridan oy xudosi Nannar, ma'buda Ningal ibodatxonalarini, podsho Ur-Nammu er. avv. III ming yillik oxirida qurgan zikkuratni, ilk sulola davrida qurilgan maktab, ustaxona, bozor, uy- joylar, ibodatxona, davlat va xususiy arxivlarini qazib ochdi. Ikkinchi jahon urushidan so’ng Yevropa va Amerika tadqiqotchilari bilan birgalikda Iroq olimlari arxeologik izlanishlarda ishtirok eta boshladilar. Iroq olimlari Eredu shahrini, Nineviya xarobalaridan podsho Asarxaddon saroyini ochdilar. XIX asrning 50 – 80 – yillaridan XX asr boshlarigacha topilgan 17 yodgorliklar yangi ilmiy usullar asosida qayta o`rganila boshlandi. Shu bilan birga Mesopotamiyaning sinfiy jamiyat tarixigacha bo’lgan paleolit davri (Shanidar manzilgohi), neolit (Jarmo, Xassun manzilgohlari) yodgorliklari o`rganila boshlandi. XIX asr oxiridan boshlab Mesopotamiya tarixiga oid qator tadqiqotlarni nemis olimlari K. Bekold, B. Maysner, amerikalik olimlar A. Almeted, A.L.Oppenxeym e'lon qildilar. Mesopotamiya tarixining quyidagi yo`nalishlari bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilayapti: siyosiy tarix va davlat qurilishi; sharq davlatchiligining o’ziga xos xususiyatlari; qadimgi Mesopotamiya huquqi; madaniyat va diniy e'tiqod etnogenezi, shumerlarning kelib chiqishi va ularning semit tilli xalqlar bilan aloqasi kabilar. Iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar muammolari yetarlicha o’rganilmagan. XIX asr oxiri XX asr boshlarida E.Meyer fikricha har qanday sivilizasiya feodalizmdan boshlanadi, kapitalizm davriga yetib ichki qarama-qarshiliklari tufayli halok bo’ladi, shundan so’ng bu sikl yana qaytariladi. Sharqda bu nazariya bo’yicha jamiyat abadiy feodalizm holatida turadi. Shu sababli XX asr boshlarida nemis olimlari B.Maysner, P.Koshaker asarlarida qadimgi Mesopotamiya jamiyati feodal jamiyat deb baholanadi. G`arbdagi nazariyalardan yana biri tarixiy voqealarni bilish mumkin emasligi va uning tartibsizligi konsepsiyasining ilgari surilishi natijasida Mesopotamiya jamiyati taraqqiyotini tub muammolarini yechishga yordam berdi. Tadqiqotlardagi yana bir kamchilik dalillarni yozish kabi yo`nalishning ustuvor bo’lib qolishi bo’ldi. Ammo keyingi paytlarda ijtimoiy tuzilish, xo`jalikni tashkil etish, shaharlarni shakllanishi va ularning o’rni va roli, hunarmandchilik, savdo, ibodatxona xo`jaligi kabi qator muammolarga bag`ishlangan kapital tadqiqotlar paydo bo’ldi. (A. Falkenshteyn, Oppenxeym, I. Gelba, V. Lemans va boshqalarning asarlari). Mesopotamiya tarixini o’rganish markazlari dastlab Angliya va Fransiyada o’rnashdi. XIX asrda u Germaniyaga ko`chdi. Yevropada fashizmning paydo bo’lishi ko’pgina olimlarni AQShga ko`chishiga sabab bo’ldi. Bu yerda hozir 18 jahonga mashhur osurshunoslik markazlari ishlaydi. Shu bilan birga hozir Fransiya, Italiya, Belgiya, Gollandiya, Turkiya va Iroqdagi osurshunoslik markazlari samarali tadqiqotlar olib bormoqdalar. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling