Mavzu : Boshqarish sistemalarini ijro qiluvchi qurilmalari
Download 1.86 Mb.
|
kurs ishi Boshqaruv — копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- : Boshqarish sistemalarini ijro qiluvchi qurilmalari
- A’zolari: Rahbar
- Xulosa………..…………………………………………………………36 Foydalanilgan adabiyotlar ……..………….………………………….37 Kirish
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAMANGAN MUHANDISLIK QURILISH INSTITUTI “Sanoatni axborotlashtirish” fakulteti “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasi “Boshqarish nazariyasi” fanidan KURS ISHI Mavzu : Boshqarish sistemalarini ijro qiluvchi qurilmalari
NAMANGAN 2022 Mundarija Kirish …………………………………………………………..………. 3 I-bob. Ijro qiluvchi qurilmalar 1.1Boshqarish sistemalarini ijro qiluvchi qurilmalar………….…………5 1.2.Ijro qiluvchi qurilmalarni sinflanishi.Boshqarish sistemalarida tutgan o’rni……………………………………………………………………..19 II-bob. Ijro qiluvchi doimiy tok dvigatellari va rostlagichlar 2.1. Ijro qiluvchi doimiy tok dvigatellarini ishlash prinsipi……………………………………………………..……………23 2.2. Ijro etuvchi elementlar tarkibida rostlagichlar.………………………………………………….…….….. 30 Xulosa………..…………………………………………………………36 Foydalanilgan adabiyotlar ……..………….………………………….37 Kirish Bizning yurtimizda ilmiy texnik yuksalishning asosiy omili bo`lgan avtomatlashtirishni yanada rivojlantirishga katta ahamiyat berilyapti. Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohasining barcha yo`nalishlarida avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari va loyihalashni avtomatlashtirish, ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda avtomat sexlarga o`tish masalalarida yirik o`zgarishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Shu jumladan, juda ko`p muammolar yig`ilib qolgan qishloq va suv xo`jaligi ham bundan mustasno emas. Qishloq va suv xo`jaligida mehnat va hayot sharoitini yaxshilash maqsadida ishonchli elektrlashtirish va avtomatlashtirish vositalarini keng qo`llash ko`zda tutilgan. Qishloq va suv xo`jaligi ishlab chiqarishida ham energetik quvvati sanoat bilan teng keluvchi ishlab chiqarish ob`ektlari mavjud. Ular uchun insonni qo`l mehnatidan ozod qiluvchi takomillashtirilgan ishonchli avtomatlashtirish tizimlarini tatbiq etish asosiy vazifa hisoblanadi. Qishloq va suv xo`jaligi ishlab chiqarishini avtomatlashtirish tizimlarini loyihalash uchun ko`p hollarda sanoat va transport sohasida qo`llanuvchi tajribalar to`g`ri kelmaydi. Bu holat qishloq xo`jaligining quyida keltirilgan asosiy xususiyatlariga bog`liq. Birinchidan, qishloqda ishlab chiqarish siklik harakterga ega (diskret), bu esa o`simliklar va jonivorlarning tabiiy biologik rivojlanish davri bilan bog`liq. Demak, asosiy texnologik jarayonlar uzlukli bo`lib, ularni uzluksizga aylantirish har doim ham mumkin emas. Ma`lumki, vaqt bo`yicha uzluksiz tizimlarni avtomatlashtirish engilroq hisoblanadi. Ikkinchidan, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishining asosiy texnologik jarayonlari biologik jarayonlar bilan uzviy bog`langanligi uchun ularni qisqa vaqtga ham uzish mumkin emas, chunki tabiiy ritmdan chetga chiqish mahsulotni to`liq olish imkoniyatini chegaralaydi, tirik ob`ektlarni (jonivorlar, o`simliklar) mahsuldorligiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Uchinchidan, qishloq xo`jalik mahsulotlarini texnologik jarayonlari siklini va vaqtini kamaytirish hisobiga ko`paytirish mumkin emas. Bunga asosan jonivorlarni yaxshi 5 boqish va o`simliklarga to`g`ri ishlov berish orqali , shuningdek, ularning sifat jihatdan tarkibini yaxshilash va sonini ko`paytirish orqali erishish mumkin. Bundan tashqari , qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini avtomatlashtirishda belgilangan texnologik jarayondan turli xil chetga chiqishlarda yuzaga keladigan noqulay vaziyatlarni doimo hisobga olish zarur. Ko`rsatilgan xususiyatlar loyihalashtiriluvchi avtomatlashtirish tizimlarining ishiga sezilarli ta`sir ko`rsatadi. Yana shuni aytish lozimki, avtomatik tizimlarni texnologik qurilmani ishlab chiqish va ob`ektning qurilish qismi bilan uzviy bog`liqlikda yaratish kerak. Texnologik jarayonlar ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (suv xo`jaligida) bakalavriat yo`nalishi bo`yicha Davlat ta`lim standartida talabalarning loyihaviy-konstruktorlik faoliyatidatipik elementlar, qurilmalar va avtomatlashtirish vositalarini loyihalash va gidromeliorativ tizimlari texnologik jarayonlarini boshqarish qobiliyatiga ega bo`lishi; avtomatlashtirish va boshqaruvning tipik echimlarinialgoritmlash qobiliyatiga ega bo`lishi; bajarilayotgan tajriba-konstruktorlik va amaliy ishlar mavzusi bo`yicha matematik modellarni ishlab chiqish va tadqiqot qilish qobiliyatiga ega bo`lishi; loyihaviy va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish;amaliyotda axborot texnologiyalarning xalqaro va kasbiy standartlarini, zamonaviy paradigma va metodologiyalarni, instrumental va hisoblash vositalarini tayyorgarlik ixtisosligiga mos ravishda qo`llash qobiliyatiga ega bo`lishi kerakligi ko`rsatilgan. “Avtomatik tizimlarni loyihalash ” fanini o`rganuvchi yosh mutaxassislar oldida avtomatlashtirish tizimlarini ishlab chiqish , tatbiq etish bo`yicha katta vazifalar turibdi. Shuni esda tutish kerakki , ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqarish bo`yicha muhandis loyihalarni erkin o`qishi va ularni qo`llay olishi zarur. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling