Mavzu : Bozor iqtisodiyotida talab va taklif Mundarija Kirish Reja; I bob. Ishlab chiqaruvchining taklifi ko’rnishlari


Talab va taklif, bozor muvozanati


Download 207.47 Kb.
bet13/22
Sana05.01.2022
Hajmi207.47 Kb.
#232323
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Bog'liq
Bozor iqtisodiyotida talab va taklif

Talab va taklif, bozor muvozanati


Ma’lumki, har bir xaridor muayyan pul summasi evaziga ko’p-roq va sifatli tovar olishni, ko’proq naf ko’rishni o’ylaydi, ya’ni mumkin qadar arzon sotib olishga intiladi. Sotuvchi esa bunga teskari maqsad, mumkin qadar qimmat sotishga intiladi. U tovar ishlab chiqarish uchun qilgan xarajatlarini qoplab, ma’lum miqdorda foyda olishni o’ylaydi. Shu sababli, bozorda sotuvchi narxi va xaridor narxi mavjud bo’ladi. Biroq, sotib olish va sotishdan iborat har qanday aniq faoliyat sotuvchi bilan xaridor o’rtasidagi bitim natijasi bo’lmish bitta narx bo’yicha amalga oshiriladi. Buni qanday amalga oshirishni quyidagi jadval yordamida ko’rish mumkin. Yuqorida ko’rib o’tganimizdek, talab va taklifning narxga bog’liqligini ifodalovchi ma’lumotlarni jadvalda keltiramiz.

Jadvaldan ko’rinadiki, tovar narxi 150 so’m bo’lgandagina talab bilan taklif miqdori teng. Narx ortgan sari talab kamayib taklif ortib boryapti, narx pasayishiga qarab talab ortib, taklif kamayib boryapti. Buning natijasida bozorda shu tovarga bo’lgan talab va taklif asosida narxga tazyiq o’tkaziladi. Narx 100 so’m bo’lganda, talab 25 birlik, taklif 8 birlik. Talab 7 birlik ortiq, aksincha narx 200 birlik bo’lganda taklif 25, talab esa 8, bozorda 17 birlik tovar ortiqcha. Bu nimaga olib keladi? Qandaydir favqulodda hodisa yuz bermasa 8 birlik tovar sotilganidan so’ng qolganini narxini tushira boradi, bo’lmasa sotilmay qoladi. Narxga yuqoridan tazyiq o’tkaziladi. Shunga o’xshash talabning oshib ketishi narxga quyidan tazyiq o’tkazadi. Talab ko’pligi, taklif qilingan tovar etishmasligi tufayli narx o’sib boradi. Agar narx 150 so’m bo’lsa, talab qilingan, ya’ni xaridor sotib oladigan tovar miqdori bilan taklif qilingan tovar miqdori teng bo’ladi. Bu talab bilan taklifning muvozanati deyiladi. Bozorda taklif qilingan tovar miqdori bilan talab miqdori teng bo’lgan sharoitdagi narx muvozanat narxi deyiladi. Shu narx bo’lgani holda talab qilingan tovar hajmi miqdoriy muvozanatni bildiradi. Talab va taklifning muvozanatini tahlil qilishda asrimizning yirik iqtisodchisi, Kembrij maktabi namoyandasi Alfred Marshall (1842— 1924) katta rol o’ynagan. Marshall muvozanatga vaqt nuqtai nazaridan qarab, uni 3 xil: lahzalik, qisqa muddatli, uzoq muddatli muvozanatga bo’ladi.






  1. Download 207.47 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling