Mavzu : Bozor iqtisodiyotida talab va taklif Mundarija Kirish Reja; I bob. Ishlab chiqaruvchining taklifi ko’rnishlari
Download 207.47 Kb.
|
Bozor iqtisodiyotida talab va taklif
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Qisqa muddatli muvozanat.
- 3. Uzoq muddatli muvozanat.
Lahzalik muvozanat, odatda ju-da qisqa vaqt davomida, asosan narx-ni ko’tarilishi hisobiga yuz beradi. Aytaylik, bozorga baliq olib kelindi, deylik. Baliqni taklifi o’z-garmagan holda unga o’sayotgan talab bilan muvozanatga kelishi uchun narx shu qadar tez o’sadiki, natijada cheklangan miqdordagi baliq sotib olishni istaganlar o’rtasida taqsimlanib bo’ladi.
Baliqqa talab baho ko’tarilishi 300 so’mga chiqishi bilan taklif o’zgarmagani holda muvozanatga keladi. Lekin bu muvozanat juda qisqa muddat davom etadi. 2. Qisqa muddatli muvozanat. Bunday yuqori narx bozorga qo’shimcha baliq keltirilishini rag’batlantiradi. Natijada bo-zorga ilgarigiga qaraganda ko’p baliq olib kelinadi. Buning natijasida narx pasayadi. Qisqa muddatli muvoza-natda u yoki bu turdagi tovar ishlab chiqarishning bor imkoniyatidan foydalanib, ko’paytiriladi. Narx dara-jasi lahzalik muvozanatga qaraganda pastroq bo’ladi, lekin unga nisbatan uzoqroq muddat o’zgarmaydi. 3. Uzoq muddatli muvozanat. Bunda bozordagi narxga qarab tovar ish-lab chiqaruvchilar moslashadilar. Yangi firmalar, korxonalar vujudga keladi. Taklif yanada ko’payadi. Narx qisqa muddatli muvozanat narxiga qaraganda past bo’ladi. Narx yuqori bo’lganda talab qisqarishi, ya’ni taklif talabdan ancha ortiqcha bo’lishi, bozor uchun tabiiy bir holdir. Talab, taklif narxining va xarid qobiliyatining o’zgarishiga qarab tebranib turadi. Bu harakat talab bilan taklif tenglashguncha davom etaveradi. Tenglashish yuz bergach, taklif va talab miqdoran va tarkiban bir-biriga mos tushadi. Odatda, bir tovarga doir talab va taklif o’rtasidagi muvozanatga juz’iy muvozanat deyiladi. Ammo, tovarlar dunyosi g’oyat boy bo’lib, tovarlar bozori o’zaro bog’liq qismlardan iborat. Ana shu turli tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talab va takliflarning ham miqdor, ham tarkib jihatidan bir-biriga muvofiq kelishi bozor muvozanati deyiladi. Ana shunday muvozanatlar bo’lmasa, bozor muvozanati izdan chiqqan bo’ladi. Talab va taklif uzoq vaqt bir-biridan ajralib qolsa, bozor o’zining at P P2 300 P3 275 P 200 100 50 100 150 Q D1 D2 S2 E E2 E1 NARX MIKDOR me’yoridagi holatini, qiyofasini yo’qotadi. Udan tashqari makroiqtisodiy muvozanat borki, u yalpi talab bilan yalpi taklifning muvofiq kelishini bildiradi(keyingi bo’limda o’rganamiz). Bozor muvozanati talab va taklifning mutlaq va abadiyligi emas. Bunday hol umuman olganda, barcha tovarlarga nisbatan va uzoq davrga xos bo’lishi mumkin. Juz’iy, ya’ni ayrim tovarlarga nisbatan moslikning buzilishi muqarrar. Chunki, ehtiyojning yuksalishi oqibatida yangi talab paydo bo’ladi va u darhol qondirilmaydi. Talab va taklif o’zgaradi, muvozanat buziladi va yana qaytadan o’rnatiladi. Bozorda muvozanatga erishish birinchidan, narxlar orqali amalga oshiriladi. Narxlarning o’zgarishiga qarab ishlab chiqarish hajmi o’zgaradi. Narxlar ishlab chiqarish texnologiyasini tanlashga ta’sir etadi. Narxlar oxir-oqibat daromadlar darajasiga ko’ra qaysi mahsulot ko’proq sotib olinishini ham belgilaydi. Ikkinchidan, talab va taklif o’rtasidagi nisbat. Talab bilan taklif o’rtasidagi nisbatni o’zgarib turishi bozor narxlarini ham tebranishiga olib keladi. Mana shu tebranishlar orqali shunday narx belgilanadiki, u bozordagi talab va taklif muvozanatiga va oxir-oqibat ishlab chiqarish bilan iste’mol o’rtasidagi muvozanatga olib keladi. Uchinchidan, raqobat kurashi. Har bir tadbirkor maksimal darajada foyda olishga intiladi. Buning uchun bozorga xaridorgir tovar ishlab chiqarish kerak. Ishlab chiqaruvchilar o’rtasida xaridorning puli uchun kurash boradiki, buning natijasida bozorda to’kinchilikka erishiladi Download 207.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling