Mavzu : Bozor iqtisodiyotida talab va taklif Mundarija Kirish Reja; I bob. Ishlab chiqaruvchining taklifi ko’rnishlari
Download 207.47 Kb.
|
Bozor iqtisodiyotida talab va taklif
saqlash sarf-xarajatlari ta’sir qiladi. Uzoq muddat saqlab bo’lmaydigan tovarlarning taklif elastikligi past bo’ladi. Masalan, oziq-ovqat mahsulotlari, qayta ishlanmagan qishloq xo’jalik mahsulotlari. I sh l a b ch i q a r i sh j a r a yo n i x u s u s i ya t l a r i ham katta rol o’ynaydi. Agar korxona, firma, umuman tovar ishlab chiqaruvchilar narx ko’tarilishi bilan shu turdagi xaridorgir mollarni ishlab chiqarishni ko’paytirish, narx tushib ketsa boshqa mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo’lsa, tovarlar taklifi elastik bo’ladi. Masalan, kostyum-shim deylik. Talab oshsa korxonada qo’shimcha ish smenasi tashkil etib, kostyum-shim tikishni ko’paytirish mumkin yoki aksincha. Taklif elastikligi ahamiyati talab elastikligiga qaraganda ikkinchi darajali ko’rsatkich. Talab elastikligining ustunligi shundaki, u umumiy tushgan daromad (tushum) qanday o’zgarishini ko’rsatadi, lekin taklif elastikligi ham muhim bir faktni, unda vaqt omili asosiy rol o’ynashini, qisqa muddatga qaraganda, nisbatan yuqori narxga hamma o’rganib bo’lgach, uzoq muddatli bozor davrida taklif elastikligi yuqori bo’lishini ko’rsatadi. Shunday qilib, talab va taklifning o’zgarishi narxning o’zgarishiga, o’z navbatida narxning o’zgarishi talab va taklifning o’zgarishiga olib keladi. Yuqorida ko’rib o’tganimizdek, bu bog’lanish talab va taklif qonunida ifodalanadi. Talab va taklif qonunining amal qilishi asosida bozorda narx shakllanadi: — u yoki bu turdagi tovar ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish rag’batlantiriladi; — mamlakat miqyosida ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchini taqsimlashga, ishlab chiqarish strukturasini shakllanishi va o’zgarishiga olib keladi; — tovar sifatini qanday bo’lishini belgilaydi, uning sifati ustidan nazorat qiladi; — talab va taklifni faqat miqdoran emas, balki tarkibi jihatidan ham bir-biriga moslashtiradi. Talab va taklif bozorda xaridor va sotuvchi tarzida uchrashar ekan, ularning bog’lanishi narx orqali amalga oshadi. Talab va taklifning mos kelishi bozor iqtisodiyotining eng muhim talabidir, chunki faqat shunday sharoitda iqtisodiy o’sish yuz beradi.
Download 207.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling