Mavzu : Bozor mexanizmi, uning tarkibiy qismlari va amal qilish hususiyatlari. Bozor infratuzilmasi va uning asosiy unsurlari. Bozor muvozati va uning turlari. Mundarija: kirish
Bozor infuratuzilmasi va uning asosiy unsurlari
Download 285.29 Kb.
|
Bozor mexanizmi, Xayitvoy kurs ishi
2.3. Bozor infuratuzilmasi va uning asosiy unsurlari.
Bozorning samarali amal qilishi ko‘p jihatdan uning infratuzilmasining rivojlanganlik darajasiga bog‘liqdir. Bozor infratuzilmasi – bu bozor aloqalarini o‘rnatish va ularning bir maromda amal qilishga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar tizimidir. Bozor infratuzilmasi tarkibiga kiruvchi muassasalarni quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlash mumkin: 1) tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar (ombor xo‘jaligi, transport va aloqa xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar, birjalar, auksionlar, savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va agentliklari va h.k.); 2) moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar (bank, kredit muassasalari, sug‘urta va moliya kompaniyalari, soliq idoralari va h.k.); 3) ijtimoiy sohaga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari va h.k.); 4) axborot xizmati idoralari (ma’lumotlarni to‘plash, umumlashtirish va sotish bilan shug‘ullanuvchi muassasalar). Bozor infratuzilmasi muassasalari tovar ishlab chiqaruvchilarning savdo-sotiq, moliya-kredit faoliyatiga, asosiy hamkorlarni topishiga, ishchi kuchini yollashiga ko‘maklashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga solish bo‘yicha tadbirlarini amalga oshiradi, tijorat aloqalarini o‘rnatishga yordam beradi. Ularning bir qismi davlat mulki doirasida faoliyat yuritib, bepul xizmat ko‘rsatsa, boshqalari mustaqil tijorat muassasasi va uyushmalaridan iborat bo‘lib, ko‘rsatgan xizmatlari uchun haq oladi. Bozor infratuzilmasi tarkibida tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar muhim o‘rin tutishi sababli ulardan asosiylarining qisqacha tavsifiga to‘xtalib o‘tamiz. Birja – namuna (yoki standart)lar asosida ommaviy tovarlarning muntazam savdo-sotiq ishlarini o‘tkazuvchi tijorat muassasasi. Uning tovar birjasi, fond birjasi, valyuta birjasi, mehnat birjasi singari turlari keng tarqalgan. Tovar birjasi – oldindan belgilangan qoidalar asosida ulgurji savdoni tashkil etish shakli. Fond birjasi – qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bo‘yicha rasmiy jihatdan tashkil etilgan va muntazam amal qiluvchi bozor shakli. Valyuta birjasi – milliy valyutalar kurslari bo‘yicha ularning erkin oldi-sotdisi amalga oshiriladigan, rasmiy jihatdan tashkil etilgan bozori shakli. Mehnat birjasi – ishchilar va tadbirkorlar o‘rtasidagi ishchi kuchini oldi-sotdi bitimini tuzishda vositachilikni amalga oshiruvchi va ishsizlarni ro‘yxatga oluvchi muassasa. Birjada ishtirokchilar tomonidan tovar ayirboshlash to‘g‘risidagi bitimlar tuziladi, lekin tovarni etkazib berish va uning haqini to‘lash birjadan tashqarida yuz beradi. Bunda tovarning egasi va xaridorlari qatnashishi shart emas. Ular nomidan ishni brokerlar (dallollar) yuritadi. Broker (makler) – bu tovar, fond va valyuta birjalarida oldi-sotdi bitimlarini tuzishda vositachilik qiladigan shaxs yoki maxsus firma. Ular odatda mijozlar topshirig‘iga ko‘ra va uning hisobiga ish yuritadi, kafolat beruvchi hisobiga o‘z nomidan savdo bitimlari tuzishi ham mumkin. Birjaning yana bir xususiyati shundaki, bu erda hali ishlab chiqarilmagan, lekin tayyorlanishi aniq bo‘lgan, oldin sotib olinib, egasi ixtiyoriga kelib tushmagan tovarlar ham sotiladi. Birjalar ixtisoslashgan yoki universal bo‘lishi mumkin. Ixtisoslashgan birjalarda ayrim turdagi yoki bir guruh tovarlar, universal birjalarda har xil tovarlar sotiladi. Auksion – alohida xususiyatlarga ega bo‘lgan tovarlarni sotish uchun muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasasi. Auksionda savdo tovarlarning nisbatan cheklangan ro‘yxati bo‘yicha, ommaviy sotuvga qo‘yish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Auksion e’lon qilingan vaqtda va ma’lum davrda o‘tkaziladi. Bunda tovarlarning bozorga kelib tushish mavsumi va hajmi hisobga olinadi. Auksion savdosida namuna tovarlar ro‘yxatda ko‘rsatilgan tartibda savdoga qo‘yiladi, xaridorlar orasida eng yuqori narxni taklif qilgan kishi tovarni sotib oladi. Auksionlarda san’at asarlari, noyob buyumlar, kolleksiyalar ham sotilishi mumkin. Savdo yarmarkasi – muayyan belgilangan vaqtda va joyda o‘tkaziluvchi hamda o‘tkazilish jarayonida ulgurji savdo bitimlari tuziluvchi tovar namunalari ko‘rgazmasi. Savdo bitimlari tovar ishlab chiqaruvchi bilan savdo firmalari o‘rtasida tuzilib, unda bevosita iste’molchi qatnashmaydi. Savdo uyi – o‘z ichiga tashqi savdo kompaniyasi bilan bir qatorda ishlab chiqarish, bank, sug‘urta, transport, ulgurji-chakana va boshqa turdagi firmalarni oluvchi keng tarmoqli savdo kompaniyasi. U ixtisoslashgan yoki universal bo‘lishi mumkin. Ixtisoslashgan savdo uyi ayrim tovarlar bilan (kiyim-kechak, oyoq kiyim, gazlama va h.k.), universal savdo uyi har xil tovarlar bilan savdo qiladi. Savdo uylari tarkibida savdo firmalari muhim o‘rin tutadi. Ular tijorat ishini yurituvchi va ixtisoslashgan savdo-sotiq korxonalaridir. Firmalar mustaqil yoki yirik sanoat korporatsiyalari tarkibida ish yuritib, ulgurji va chakana savdo bilan shug‘ullanadigan turlarga bo‘linadi. Ayrim firmalar har ikkala savdo turi bilan ham shug‘ullanadi. Savdo uylari o‘z nomidan va ko‘pincha o‘z hisobidan eksport-import hamda boshqa savdo aloqalarini olib boradi. Tashqi savdo uylari savdo korxonalarini sotib olish, jihoz va uskunalarni ijaraga topshirish, kreditlar berish, sug‘urta xizmati ko‘rsatish orqali moliyaviy va ishlab chiqarish xizmatida ham qatnashadi. Ulgurji savdo firmalari tovarlarni o‘z mulki sifatida sotib olib, keyin iste’molchilarga sotadi. CHakana savdo firmalari turlicha faoliyat yuritib, ular mustaqil do‘konlar, maxsus do‘konlar va supermarketlardan iborat bo‘ladi. Supermarket – bu xaridorning o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishiga asoslangan keng tarmoqli savdo korxonasi. U tovarlarning deyarli barcha turlari bilan, jumladan import tovarlar bilan ham savdo qiladi. Supermarket xaridorlarga bepul maslahatlar beradi, tovarlarni buyurtma bo‘yicha xaridor uyiga etkazadi, ularga madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatadi. Infratuzilma tizimida moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar alohida o‘ringa ega. Ular moliya bozori, uning asosi bo‘lgan kapital bozorini shakllantiradi va amal qilish tartib-qoidalarini o‘rnatadi. Moliyaviy muassasalarning aksariyati o‘ziga xos belgilar bilan bir qatorda yagona umumiy belgiga ham ega. Bu ular faoliyatining doimo moliyaviy majburiyatlar bilan bog‘liqligidir. YA’ni, moliyaviy muassasalar sub’ektlarning ortiqcha pul mablag‘larini jalb etib, o‘z nomidan moliyaviy mablag‘larga ehtiyoj sezgan sub’ektlarga pul qarz beradi. Bozor infratuzilmasining banklar, sug‘urta kompaniyalari, soliq va bojxona idoralari kabi muassasalari moliya-kredit munosabatlarida alohida o‘ziga xos o‘ringa ega. Ularning iqtisodiy faoliyati va moliyaviy munosabatlarda tutgan o‘rni bilan keyingi boblarda batafsil tanishamiz. Bozor iqtisodiyoti sub’ektlarini moliyaviy axborotlar bilan ta’minlash bozor infratuzilmasining axborot xizmati idoralari, shu jumladan auditorlik firmalari zimmasiga tushadi. Auditor firma – korxona, firma, kompaniyalar moliyaviy xo‘jalik faoliyatini tekshirib boruvchi, ular hisobotini ekspertizadan o‘tkazuvchi muassasa. Ular odatda aksiyadorlik jamiyati yoki kooperativ shaklda faoliyat ko‘rsatadi va to‘liq mustaqillikka ega bo‘ladi. Auditor firmalar o‘z ishini har bir mamlakatda yoki xalqaro miqyosda qabul qilingan hisob-kitob va taftish qoidalariga binoan olib boradi. Auditor firma ishida qatnashuvchi taftishchilar auditorlar deb ataladi. SHunday qilib, bozor infratuzilmasi va uning ko‘rib chiqilgan muassasalari barcha bozor turlarining faoliyat ko‘rsatishi hamda davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishni ta’minlaydi. Bozor va bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi natijasida vujudga keladi. Bozor munosabatlari sub’ektlari o‘zaro bog‘liq holda va aloqada bandlik, milliy daromad va ishlab chiqarishning umumiy hajmi kabi ijtimoiy ishlab chiqarish natijalarini aks ettiradigan va doimiy harakatda bo‘ladigan daromadlar va xarajatlar oqimini shakllantiradi. Bozor munosabatlarining har bir ishtirokchisi o‘z maqsad va manfaatlaridan kelib chiqib, mustaqil qaror qabul qiladi. Aynan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy erkinligi va mustaqilligi bozor ko‘rinishidagi iqtisodiy munosabatlarni vujudga keltiradi hamda o‘z rivojlanishining tabiiy-evolyusion, dinamik xususiyatini belgilab beradi. Bozor iqtisodiyoti – murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizim bo‘lib, birlashgan, o‘zaro bog‘langan va birgalikda harakatlanadigan bir qator tarkibiy tuzilmalarni o‘z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun uning infratuzilmasi shakllantiriladi. Bozor infratuzilmasi – bu bozor munosabatlariga ko‘mak berishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy institutlar tizimidir. Bozor iqtisodiyoti tizimining afzalligiga qaramay, shunday muammolar borki, ularni bozor mexanizmi vositasida hal etish kam samara keltiradi yoki umuman hal etib bo‘lmaydi. Ana shunday muammolarni hal etish uchun davlat ularni o‘z zimmasiga olishi yoki zarur shart-sharoitlarni yaratib berishi kerak. Moliya bozori turli-tuman va ko‘p jihatli bo‘lsa ham oldi-sotdi ob’ekti bitta, ya’ni pul (pulga tenglashtirilgan qog‘ozlar) hisoblanadi. Ortiqcha mablag‘larga ega bo‘lgan xo‘jalik sub’ektlari o‘z moliyaviy resurslarini ularga ehtiyoj sezgan sub’ektlarga taklif qiladi. Moliya bozorini moliyaviy bitimlarning harakatiga qarab turkumlash mumkin. Bunda moliya bozori ikkiga ajraladi: qarz majburiyatlari bozori va kapital (mulk) bozori. Qarz majburiyatlari bozorida pul vaqtincha qarzga olinadi va shaxsiy iste’mol uchun ishlatiladi. Kapital (mulk) bozorida jamg‘arishga qo‘yilgan puldan daromad olish huquqi sotiladi va sotib olinadi. Bu bozorda mablag‘lar kapital sifatida ishga solinib, foyda keltiradi. SHuni hisobga olib kapital bozorini ikkita bo‘g‘inga ajratish mumkin: ssuda kapitali bozori va qimmatli qog‘ozlar bozori. Ssuda kapitali bozori – pul shaklidagi kapitalning foiz to‘lash sharti bilan qarzga berish bo‘yicha oldi-sotdi munosabatidir. Bu bozorda asosan davlat va banklarning qisqa muddatli majburiyatlari muomalada bo‘ladi. Qimmatli qog‘ozlar bozori – turli ko‘rinishdagi qimmatli qog‘ozlar (aksiya, obligatsiya, veksel, chek, depozit kabilar)ni oldi-sotdi munosabati. Mazkur bozor amalda fond birjalari, auksionlar va banklardan iborat bo‘lib, unda broker va dilerlar vositachilik qiladi. Qimmatli qog‘ozlarning harakati xususiyati bo‘yicha moliya bozori birlamchi va ikkilamchi (hosila) bozorlarga bo‘linadi. Birlamchi bozorda yangi nusxadagi qog‘ozlar sotiladi va sotib olinadi, ikkilamchi bozorda oldin chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar harakat qiladi. Birlamchi bozorda qimmatli qog‘ozlar sotilsa, ikkilamchi bozorda qayta sotiladi. Iqtisodiyot uchun qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozori favqulodda muhim ahamiyatga ega. U xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasida moliyaviy vositalarning erkin harakat qilishini ta’minlaydi. Xulosa Bozor mexanizmi bozordagi xaridorlar va sotuvchilar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni tartibga soluvchi iqtisodiyotdagi asosiy tushunchadir. U talab va taklif kuchlariga asoslanib, ayirboshlanadigan tovarlar va xizmatlarning narxi va miqdorini belgilab ishlaydi. Bozorlar faoliyatini tushunishda bozor mexanizmining tarkibiy qismlari va amalga oshirish xususiyatlarini, shuningdek, bozor muvozanati tushunchasi va uning turlarini tushunish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bozor mexanizmi bir necha asosiy komponentlardan iborat. Bularga bitimlar bilan shug'ullanuvchi xaridorlar va sotuvchilar hamda tovar va xizmatlar savdosini ta'minlovchi valyuta kabi ayirboshlash vositasi kiradi. Narxlar bozorda mahsulotning nisbiy tanqisligi va iste'molchilarning xohish-istaklarini aks ettiruvchi signal bo'lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, bozor ishtirokchilari o'zlarining foydasini yoki foydasini maksimal darajada oshirishga intilib, shaxsiy manfaatlarga asoslangan holda harakat qilishadi. Bozor mexanizmini amalga oshirish ochiq va raqobatbardosh bozorni tashkil etishni nazarda tutadi, bu erda xaridorlar va sotuvchilar tegishli ma'lumotlarga ega bo'ladilar va ixtiyoriy bitimlar tuzishda erkindirlar. Bozor mexanizmini amalga oshirishga davlat tomonidan tartibga solinishi, bozor tuzilmasi, kirish uchun to‘siqlarning mavjudligi kabi omillar ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bozor infratuzilmasi bozorlar faoliyatini qo'llab-quvvatlovchi asos va institutlarni anglatadi. U savdo maydonchalari yoki onlayn platformalar kabi jismoniy elementlarni, shuningdek huquqiy va me'yoriy bazalarni o'z ichiga oladi. Bozor infratuzilmasining asosiy elementlari - bu birjalar yoki bozor maydonlari bo'lib, ularda xaridorlar va sotuvchilar savdo qilish uchun birlashadilar, bitimlarning bajarilishini ta'minlaydigan kliring va hisob-kitob tizimlari. Bozor muvozanati - bu xaridorlar tomonidan talab qilinadigan miqdor sotuvchilar tomonidan ma'lum bir narxda taqdim etilgan miqdorga mos kelganda erishilgan muvozanat holati. U talab va taklif egri chiziqlarining kesishish nuqtasini ifodalaydi. Bozor muvozanati talab va taklifning xulq-atvoriga qarab turli shakllarda bo'lishi mumkin. Bunga misol qilib, talab va taklif mutanosib bo'lgan barqaror muvozanatni va tovar taqchilligi yoki ortiqcha bo'lgan nomutanosiblikni keltirish mumkin. Xulosa qilib aytganda, bozor mexanizmini, uning tarkibiy qismlarini va amalga oshirish xususiyatlarini tushunish bozorlarning ishlashini tushunish uchun juda muhimdir. Bozor infratuzilmasi va uning asosiy elementlari bozor faoliyati uchun zaruriy asosni ta'minlaydi. Bozor muvozanati turli xil turlari bilan bozordagi muvozanat holatini ifodalaydi. Ushbu tushunchalar iqtisodiy tahlilning asosini tashkil qiladi va bozor dinamikasi va natijalarini tahlil qilish va bashorat qilishda yordam beradi. Download 285.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling