Mavzu : Button bilan tanishish. Uning ahamiyati. Button bilan ishlash
Download 0.59 Mb.
|
8-mavzu;button
- Bu sahifa navigatsiya:
- pinMode( oyoq,INPUT)
- 2-misol
Mavzu : Button bilan tanishish.Uning ahamiyati.Button bilan ishlash Button yoki knopka deganda nimani tushundingiz? Button bu, elektr zanjiridagi uzuq turgan ikki nuqtasini ulash vazifasini bajaruvchi qurilma. Uning sxematik ko’rinishi: Buttonning Arduinoga ulanish sxemasi quyidagicha : Knopka raqamli signal ya’ni ikkilik sanoq sistemasida ishlaydi ( 0 va 1), signal bor bo’lsa 1 , yo’q bo’lsa 0 qiymatga ega bo’ladi. Qachonki , button bosilsa arduinoning ikkinchi oyog’iga kiruvchi kuchlanish 5V ga teng bo’ladi , ya’ni kiruvchi signal birga teng bo’ladi. Agar button bosilmasa , bu oyoqqa kiruvchi kuchlanish nolga teng, ya’ni kiruvchi signal nolga teng. Endi esa dasturiy qismga o’tamiz: Knopkani bosganimizda monitor portda 1 ni ko’rsatadi, bosmasak 0 ni ko’rsatadi. Knopka void setup() funksiyasiga pinMode(oyoq,INPUT) kabi tanishtiriladi. INPUT- arduino mikrakontrolleriga kiruvchi signallarda ishlatiladi. digitalRead() inglizcha so’z bo’lib,digital-raqam , Read-o’qimoq, degan ma’noni anglatadi. Namuna uchun 1-misol: Knopka bosilganda “knopka bosildi” degan so’z monitor portda chiqsin. 2-misol: Knopkani bosilganda “knopka bosildi” degan so’z monitor portda chiqsin, bosilmaganda “knopka bosilmagan” degan yozuv chiqsin. 3-misol: knopka bosilmasa svetodiod yonsin va “svetodiod yoniq” degan yozuv monitor portga chiqsin, bosilsa svetodiod o’chsin va “svetodiod o’chiq ” yozuvi chiqsin. Mustaqil yechish uchun topshiriqlar Knopka bosilganda svetodiod o’chsin , bosmaganda yonsin. Knopka bosilganda 2ta svetodiod yonsin , bosilmaganda boshqa 2ta svetodiod yonsin. Knopka bosilganda 4ta svetodiod yonsin va “knopka bosildi va birinchi 4ta svetodiod yondi” , bosilmaganda boshqa 4ta svetodiod yonsin va “knopka bosilmagan va keyingi 4ta svetodiod yondi” degan yozuv monitor portga chiqsin. Knopka bosib turilganda svetadiod yonib-o’chib ishlab tursin. Qo’yvorilganda ishlashdan to’xtasin. Knopka bosib turilganda 3ta svetadiod ketma-ket yonib-o’chib ishlab tursin. Qo’yvorilganda o’chsin. Knopka bosib turilganda 5ta svetadiod ketma-ket yonib-o’chib ishlab tursin. Qo’yvorilganda ishlash tezligi 2 marta kamaygan holda sekin yonib-o’chishda davom etsin. Knopka bosib turilganda o’ngdan chapga 8ta svetadiod ketma-ket yonib borishi va qo’yib yuborilganda teskari yo’nalishda xuddi shunday ishlashi kerak. Knopka bosilganda 1-mavzuning 1-vazifasi bajarilsin. Knopka bosilganda 1-mavzuning 2-vazifasi bajarilsin, bosilmaganda 3-vazifasi bajarilsin. Birinchi knopka bosilganda ikkita svetodiod yonsin , ikkinchi knopka bosilganda yana ikkita svetodiod(boshqa 2ta) yonsin, bosilmaganda ular o’chiq tursin. Tugma bosib turilganda monitor portda o’sish tartibida sanash boshlansin (0,1,2,3,4,……), bosilmaganda kamayish tartibida(4,3,2,….) . VA o’sish tartibining maksimal qiymati 60 va kamayish tartibining minimal qiymati -60 bo’lsin , ya’ni faqat shu -60; 60 oraliqdan chiqmasin. ** Knopka bosib turilsa monitor portda sana, oy, yil ni bosilmaganda soat , minut, sekundni ko’rsatib tursin. *Birinchi knopka bosilgan 4ta svetodiod ketma-ket yonib-o’chsin, ikkinchi knopka bosilganda esa boshqa 4ta svetodiod birinchi 4ta svetoidioddan ikki marta katta tezlik bilan ketma-ket yonib-o’chsin . **Ikkita knopkadan birinchisi bosilganda monitor portda kun,oy,yil chiqsin, ikkinchi knopka bosilganda esa soat,minut, sekund chiqsin. *** Monitor portda soat,minut,sekundni ko’rsatib tursin.1- Knopka bosilganda ma’lum bir vaqtga budilnikka qo’yilsin(01:12) va shu vaqt Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling