Mavzu : Chorvachilikda naslchilik ishlarini olib borish,tanlash va saralash


Download 6.6 Kb.
bet1/3
Sana04.04.2023
Hajmi6.6 Kb.
#1324266
  1   2   3
Bog'liq
Mavzu Chorvachilikda naslchilik ishlarini olib borish,tanlash -fayllar.org (1)


Mavzu : Chorvachilikda naslchilik ishlarini olib borish,tanlash va saralash

Mavzu : Chorvachilikda naslchilik ishlarini

olib borish,tanlash va saralash

  • 1.Naslchilik ishlarining hayvonlar mahsuldorligini oshirish va zotni yaxshilashdagi ro’li.

  • 2.Tanlash, saralashning qishloq xoʻjalik hayvonlari konstitutsiyasini va eksteryeri hamda mahsuldorligini oshirishdagi ahamiyati.

  • 3.Keng ko’lamli naslchilik ishlarini olib borish.


Reja

1.Naslchilik ishlarining asosiy maqsadi chorva hayvonlarining mahsuldorligini oshirish, Zоtini yaxshilash, tez yetiluvchan vazndor, serpusht va sifatli mollar yetishtirishdan iboratdir. Ilmiy jihatdan asoslangan naslchilik ishlarini joriy etish chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirishning muhim omilidir.

2.Naslchilik ishlarining samarasi quyidagi bir qancha tadbirlarning amalga oshirilishi bilan bogʻliqdir: Aksionerlik va fermer, naslchilik xoʻjaliklarida mol zotini yaxshilashda yuqori klass sermahsul erkak xayvonlar urugʻidan unumli foydalanish.

3.Tanlash va saralash ishlarida mollarning kelib chiqishi (ota- onasining mahsuldorligi) KONSTITUTSIYASiga, rivojlanish darajasi va avlodining mahsuldorlik koʻrsatgichiga alohida eʼtibor berish.

4. Fermalarda bonitirovka (lot. bonitas yaxshi, sifatli, asl) — 1) zotli hayvonlarni nasldorlik va mahsuldorlik xususiyatlari boʻyicha baholash; 2) tuproq unumdorligini qiyosiy baholash (qarang Tuproq bonitirovkasi) ishlarini o’z vaqtida va sifatli oʻtkazish.

5. Nasl uchun eng sifatli va sogʻlom bolalarni ajratish.

  • Chatishtirish ishlari uchun podadan eng yaxshi, sifatli, sermahsul, sogʻlom urgʻochi mollarni tanlash.

  • Naslchilik ishlarini tasdiqlangan qatiy reja asosida olib borish.

  • Nasl uchun ajratilgan mollarni sifatli oziqalar bilan ratsion asosida boqish va asrash ishlarini yuqori darajada olib borish shular jumlasidandir.

  • Tanlash va saralash ishlarini toʻgʻri tashkil etish chorva hayvonlarining mahsuldorligini oshirishda juda katta ahamiyatga egadir.

  • Tanlashning ikki xil usuli bor, yaʼni yalpi tanlash hamda alohida (indvidual) tanlash.

  • Yalpi tanlashda - hayvonlar shaxsiy xususiyatlariga, fenotipiga(rivojlanishi, eksteryeri konstitutsiyasi,mahsuldorligiga) karab tanlanadi

Shuningdek, yalpi tanlashda hayvonlarning


mahsuldorligidan tashkari Konstitutsiyasi va eksteryeriga ham koʻproq eʼtibor berish kerak. Alohida (indvidual) tanlashda – fenotip boʻyicha tanlashdan tashkari, hayvonlarning genotipik xususiyatlar yaʼni oʻzidagi hamma qimmatli Sifatlarini avloddan avlodga bera olish qobiliyati ham hisobga olinadi.


  • Saralash- Tanlash natijalari keyingi urchitishda ota- onani tugʻri saralashyuli bilan mustahkamlanadi. Ammo eng yaxshi hayvonlarni uzaro chatishtirish hamma vaqt ham bir xil yaxshi natijaberavermaydi


  • Download 6.6 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling