Talablarni tahlil qilish va xususiyatlarni aniqlash. Xususiyatlar deb,
funksiyalar va ishlab chiqilayotgan dasturiy ta‘minot cheklanishlarining aniq
tavsifiga aytiladi. Mos ravishda funksional va ekspluatatsion xususiyatlarga
bo‘linadi.
Barcha xususiyatlar loyihalashtirilayotgan dasturiy ta‘minotning umumiy
mantiqiy modeldan iborat. Xususiyatlarni olish uchun texnik topshiriq talablari
tahlil qilinadi, mazmunli vazifalar qo‘yilishini shakllantiriladi, matematik shaklga
keltirish apparati tanlanadi, predmet sohasining modeli quriladi, kichik
topshiriqlar aniqlanadi va ularni hal etish usullari tanlanadi yoki ishlab chiqiladi.
Xususiyatlarning qismi loyihalashtirishdan oldingi tekshirishlar jarayonida
aniqlanishi mumkin va mos ravishda texnik topshiriqda qayd etiladi.
Ushbu bosqichda loyihalashtirilayotgan dasturiy ta‘minotda, kutilayotgan
natijani ko‘rsatgan holda, xatolarni izlash uchun testni shakllantirish maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |