Mavzu : Dasturiy ta’minot arxetekturasimahsulot tariqasida. Reja: Asosiy tushuncha va ta`riflar


Dasturiy ta‟minot hayotiy sikli modulining evolyutsiyasi


Download 35.16 Kb.
bet6/9
Sana09.01.2022
Hajmi35.16 Kb.
#262605
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
651 17 Jurayev Murodjon Mustaqil ish

Dasturiy ta‟minot hayotiy sikli modulining evolyutsiyasi

Oxirgi o‘ttiz yil davomida dasturlashda dasturiy ta‘minot hayotiy siklining

quyidagi uchta modeli almashdi: kaskadli, oraliq nazoratli model, spiral model.

Kaskad modeli. Dastlab (1970 – 1985 yillar) keyingi bosqichga o‘tish oldingi

bosqichning loyiha operatsiyalari to‘liq tugagandan keyin va keyingi bosqich

uchun barcha dastlabki ma‘lumotlar olingandan keyin amalga oshirilishi tavsiya

qilinadigan dasturiy ta‘minotni ishlab chiqishning kaskad sxemasidan foydalanildi

Ushbu sxemaning afzalliklari quyidagilar hisoblanadi: to‘liqlik va moslashish

talablariga javob beruvchi loyiha hujjatlarini tugallangan to‘plamning har bir

bosqich oxirida olinadi; ishlab chiqish jarayonini loyihalashtirishning oddiyligi.

Xuddi shunday sxema ishlab chiqish samaradorligining o‘ta yuqori

parametrlarini ta‘minlab, murakkab texnik ob‘yektlarni ishlab chiqishga blok –

iyerarxik yondashuvda foydalaniladi. Ushbu sxema ishlab chiqish boshida barcha

talablarni aniq va to‘liq muvaffaqiyatli shakllantirish uchun tizimni yaratish uchun

qo‘llanishi mumkin. Bu holat oldingi bosqichda muvaffaqiyatli qarorni qabul qilish

bilan bog‘liq muammolarni ishlab chiqish jarayonida yuzaga kelish ehtimolligini

kamaytiradi. Amaliyotda bunday ishlab chiqishlar juda kam uchraydi. Dasturiy

ta‘minotni ishlab chiqishning kaskadli sxemasi Oldingi bosqichda variantlarning

zarurligi quyidagi sabablarga asoslanadi: ishab chiqish jarayonida aniqlashtirish

qabul qilingan qarorlarni qayta ko‘rib chiqish zarurligiga olib keladigan noaniq

xususiyatlar; bevosita ishlab chiqish jarayonida buyurtmachi talablarining

o‘zgarishi; foydalanilayotgan texnik va dasturiy vositalarning ma‘naviy tez

eskirishi; vazipredmeting qo‘yilishi, tahlil, loyihalashtirish bosqichida ishlab

chiqishbayonining qanoatlanitiruvchi vositalari mavjud emasligi. Xususiyatlarni

aniqlashtirish (o‘zgartirish) dan rad etish tugallangan mahsulot foydalanuvchilar

ehtiyojini qanoatlantirmaydi. Foydalanuvchi uskuna va dasturiy muhitning

almashishini hisobga olishni rad etish natijasida ma‘naviy eskirgan mahsulot

olinadi. Muvaffaqiyatli bo‘lmagan loyiha qarorlarni qayta ko‘rib chiqishni rad

etish dasturiy mahsulot tuzilmasini yomonlashtirishga va mos ravishda, yaratish

jarayonining vaqt bo‘yicha murakkablashishiga, cho‘zilishiga va qimmatlashuviga

olib keladi. Shunday qilib, ishlab chiqishning real jarayoni iteratsion xarakterga

ega bo‘ladi.


Download 35.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling