Mavzu : Datchiklarning tasniflari. Datchiklarning statik tasniflari Reja


Download 176.76 Kb.
bet2/4
Sana15.03.2023
Hajmi176.76 Kb.
#1269620
1   2   3   4
Bog'liq
R B 19-v Zehniddin

1-rasm. (a) potensiometrli datchik ulanish sxemasi va (b) ekvivalent xisoblash sxemasi.

Tenzometrik datchiklar
Tenzometrik datchiklar mashinalar va mexanizmlar detallaridagi mexanik kuchlanishlar deformatsiyalarni о‘lchashga mо‘ljallangan. Ular deformatsiyaga о‘zgartirilganboshqa mexanik kattaliklar (bosim, tebranish, tezlanish v.b) о‘lchash uchun qо‘llaniladi. Tenzometrik datchiklar ish prinsipi material mexani k deformatsiyalanganda aktiv qarshiligi о‘zgarishiga asoslangan. Tenzodatchik materiallari sifatida о‘tkazgichlar va yarim о‘tkazgichlar qо‘llaniladi.Tenzometrik (simli) datchiklar -mexanik zo‘riqishlar o‘tkazgich va yarim o‘tkazgichlar qarshi-liklarini o‘zgarishiga olib keladi. Tenzodatchik zigzaksimon ko‘rinishdagi ingichka konstantin simdan (diametri 0,01 -0,05mm) iborat bo‘lib, ikkala tomonidan yupqa qag‘oz yopishtiriladi (2.3.1 rasm). U detalga yelim bilan mustahkam qilib yopish-tiriladi va detal bilan birgalikda siqiladi yoki cho‘ziladi. Tenzodatchik simlarini uchlari folgalar orqali o‘lchov sxemalariga ulanadi.

2. rasm. Tenzodatchik (a) va ish prinsipi (b)

Tenzometrik datchiklarning ish prinsipi tenzoeffekt hodisasiga asoslangan bo‘ladi, yani elastik deformatsiya tasirida uning qarsxiligi o‘zgaradi. Tenzodatchik malum usulda o‘ralgan va ikkala tomonidan mahsus plenka yopishtirilgan yupqa simdan iborat.
Tenzodatchik deformatsiyasi nazorat qilinayotgan detalga mahsus yelim bilan puxta yopishtiriladi. Detalning deformatsiyasi natijasida simning geometrik o‘lchamlari o‘zgarilib qarshiligi o‘zgaradi. Tenzometrik datchik-larning tavsifnomasi chiziqli bo‘ladi va shu sababli ularning sezgirligi deyarli o‘zgarmaydi. Tenzometrik datchiklarning asosiy ko‘rsatkichi tenzosezgirlik hisoblanadi va u quyidagicha ifodalanadi: Bu yerda R/R - materialning deformatsiya paytida solishtirma qarsxiligi; - elastiklik moduli;
Tenzodatchiklarning afzalliklari: ular juda sodda, ihcham va arzon. Kamchiliklari: kichik sezgirlik, o‘lchov natijalari haroratga boqliq. Sanoatda 3 xil tenzometrik datchiklar chiqariladi: simli, qoqoz (2PKB turida) va plyonka (2 PKB turida) asosida: folgali. (2FPKP turi) va yarim o‘tkazgichli (KTD, KTDM, KTE turlari). Simli tenzorezistorlar uchun nominal ish toki In = 0,5 A tashkil etadi.


Download 176.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling