Mavzu : Davlat aktivlarni boshqarish samaradorligini oshirish yo’llari. Reja. Kirish
Download 39.38 Kb.
|
Zikirullo 419 moliya
Kurs ishi maqsadi va vazifalari. Kurs ishining maqsadi bo‘lib, O‘zbekistonda korporativ tuzilmalarning investitsion aktivligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqarishdan iborat.
Kurs ishi maqsadiga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilangan: O‘zbekistonda korporativ tuzilmalar faoliyatini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish; korporativ tuzilmalarda investitsion faoliyatni tashkil etishning iqtisodiy mohiyati va ahamiyatini o‘rganish; korporativ tuzilmalarda investitsion aktivligiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish va tahlil qilish; Shu bilan birga, bir davlat organi doirasida davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi hamda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish funksiyalarining jamlanishi tizimli muammolarning to‘planishiga olib keldi, shu jumladan: birinchidan, ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning (keyingi o‘rinlarda — davlat ishtirokidagi korxonalar) kundalik xo‘jalik faoliyatiga davlat organlari aralashuvining yuqori darajadaligi, bozor tendensiyalariga moslashuvchanlik va sezuvchanlikning yo‘qligi, davlat ishtirokidagi korxonalarning soliq va bojxona, shu jumladan yakka tartibdagi xususiyatga ega bo‘lgan imtiyozlarga haddan tashqari bog‘liqligi; ikkinchidan, strategik rejalashtirish, xavf-xatarlarni tahlil qilish va boshqarish tizimining yo‘qligi, shu jumladan ishlab chiqarishning past texnik darajasi, ko‘plab ixtisoslikka kirmaydigan aktivlar mavjudligi, moliyaviy resurslarning ishlab chiqarishga taalluqli bo‘lmagan maqsadlarga yo‘naltirilishi sababli davlat ishtirokidagi korxonalarning investitsiyaviy jozibadorligi pastligi; uchinchidan, davlat aktivlarini hisobga olishning tartibli tizimi yo‘qligi, xususiylashtirish jarayonlarini boshqarish samaradorligining pastligi, faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalar va bo‘sh yotgan obyektlarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklash uchun institutsional salohiyatning sustligi; Download 39.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling