Mavzu : Davlat aktivlarni boshqarish samaradorligini oshirish yo’llari. Reja. Kirish
Download 39.38 Kb.
|
Zikirullo 419 moliya
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PF-6207-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-maydan chiqariladi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.04.2021-y., 06/21/6207/0334-son) 4. Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi negizida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilsin. Belgilansinki, tugatilayotgan Davlat raqobat qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasi va Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasidagi mablag‘lar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armalari o‘rtasida teng taqsimlanadi. 5. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilansin: davlat mulki ijarasidan tushadigan mablag‘lar, ijara to‘lovini to‘lash kechiktirilganligi uchun penya va shartnoma majburiyatlari buzilganlik uchun jarimalar summasi; Oldingi tahrirga qarang. korxonalarni, xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi aksiyalar (ulushlar)ni, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara va mulk huquqini hamda davlat mulki hisoblanadigan boshqa mulklarni (keyingi o‘rinlarda — davlat aktivlari) sotishdan tushgan mablag‘lar; (5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son) Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ilgari berilgan qarzlar bo‘yicha qarzdorlar tomonidan asosiy summa va ular bo‘yicha hisoblangan foizlar tarzida qaytarilgan tushumlar; tuzilgan va bekor qilingan davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari (bitimlari), berilgan qarzlar bo‘yicha tushgan penyalar va jarimalar; xo‘jalik jamiyatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilgandagi davlat ulushi bo‘yicha tushumlar; auksionlar, tanlovlar (tenderlar) yoki ommaviy ofertalarning oldi-sotdi bayonnomasi yoki shartnomasini imzolashdan bosh tortgan yoki uni rad etgan g‘oliblaridan ushlab qolingan zakalat summalari; davlat aktivlarini sotishda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun neustoyka summalari; Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ilgari o‘tkazilgan mablag‘lar qaytarilgandagi tushumlar; Jamg‘arma mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar; Xo‘jalik jamiyatlarini xususiylashtirishdan oldin tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga, jalb qilinadigan, shu jumladan xorijiy mutaxassislar va konsalting tashkilotlariga; Davlat aktivlarini boshqarish agentligining ma’muriy va boshqaruv funksiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni, shu jumladan davlat mulki elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish bo‘yicha xarajatlarini qoplashga; Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy ta’minlash, shu jumladan ular tomonidan uy-joy sotib olishlari uchun imtiyozli moliyalashtirish, shuningdek Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbarlari va mutaxassislarini o‘qitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga sarflanadi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi ikki oy muddatda yuridik shaxslar hisobi va reyestrini yuritish tizimini takomillashtirish, bunda avvalo davlat korxonalari, ustav kapitalida (fondida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiqni tashkil etuvchi yuridik shaxslar, shuningdek ustav kapitalida (fondida) 50 foiz va undan ortiq ulush 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hisobining yuritilishini ta’minlash yuzasidan amaliy choralar ko‘rsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda quyidagilar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari loyihalarini kiritsin: O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi; O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi; O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi; b) Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-iyulga qadar iqtisodiyot tarmoqlarini davlat tomonidan tartibga solishni yanada takomillashtirish, shu jumladan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatini cheklaydigan qonunchilik normalarini bekor qilish bo‘yicha takliflarni kiritsin; v) O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan birgalikda 2019-yil 1-iyulga qadar davlat, shu jumladan unitar korxonalarni xatlovdan o‘tkazsin, bunda ushbu korxonalarning faoliyat maqsadlaridan kelib chiqib, ularni davlat muassasalari yoki xo‘jalik jamiyatlariga aylantirish va keyinchalik ularning ustav kapitali (fondi)dagi aksiyalar paketlari (ulushlarini) Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazishni ta’minlash; g) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda bo‘sh turgan va samarasiz foydalanilayotgan obyektlarni tiklash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga ko‘maklashish funksiyalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar kiritsin. 10. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi: a) mazkur Farmonga muvofiq tugatilayotgan tashkilotlar bilan birgalikda ikki oy muddatda ularning mol-mulkini qabul-qilish va topshirishni ta’minlasin; b) 2019-yil 1-martga qadar tegishli sohalardagi kompleks kamchiliklarni, shuningdek maqsadli ko‘rsatkichlar (indikatorlar) va ularga erishishning qadamba-qadam mexanizmlarini ko‘rsatgan holda 2019-yil uchun mos ravishda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin; v) ikki oy muddatda “Elektron hukumat” tizimiga taqdim etilishi va kiritilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar tarkibi bo‘yicha takliflarni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga kiritsin, shuningdek Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimining belgilangan protokol bo‘yicha platforma formatida majburiy qo‘llanilishini ta’minlasin; Download 39.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling