Mavzu : globallashuv davri o‘zbek adabiyoti darsning maqsadi
Download 21.79 Kb.
|
Mavzu globallashuv davri o�zbek adabiyoti darsning maqsadi
Mavzu : GLOBALLASHUV DAVRI O‘ZBEK ADABIYOTI Darsning maqsadi: Talabalarda so‘nggi davr adabiy jarayonining murakkab va ziddiyatli hodisalarga boy davrga to‘g‘ri kelganligi, bu davr adabiyotining o‘ziga xos tomonlarini tushuntirib berish. Mavzuning asosiy tayanch tushunchalari: Ijtimoiy-siyosiy, madaniy-adabiy hayot, proza, poeziya va dramaturgiyada ko‘tarilish, davr ijtimoiy muhiti, adabiy jarayonning ahvoli, yangicha tafakkurning yuzaga kelishi, badiiy adabiyotda samarador yangiliklar. Identiv o‘quv maqsadlari: 1. O‘zbek adabiyotining so‘nggi davriga kengroq ta’rif beradi. 2. Bu davrda yaratilgan badiiy asarlarga o‘z munosabatini bildiradi. 3. Poeziya, proza va dramaturgiya haqida gapiradi. Mavzu rejasi (asosiy masalalar): 1. 1956 –2020-yillar oralig‘idagi davr. Ijtimoiy-siyosiy, madaniy va adabiy hayot. 2. So‘nggi davr o‘zbek adabiyotini davrlashtirish prinsiplari. «Turg‘unlik» va «Qayta qurish» davri o‘zbek adabiyoti. 3. Mustaqillik davri adabiy jarayoni. 1-asosiy masalaning bayoni O‘zbek adabiyoti tarqqiyotining so‘nggi davri murakkab va ziddiyatli ijtimoiy-siyosiy hodisalarga boy davrga to‘g‘ri keldi. Shuning uchun bu davrning adabiy jarayoni o‘ta murakkab kechdi. Davrninng po‘rtanali talotumlari, ziddiyatli voqealari adabiyot «qayig‘i»ni ham turli tomonlarga chayqaltirdi. Shuning uchun ham adabiyotimiz taraqqiyotining so‘nggi 40 yildan oshiqroq davrini o‘z ichida bir biridan farqlanuvchi shartli davrchalarga bo‘lib o‘rganish ehtiyoji tug‘ilmoqda. Bular quyidagi yillarni o‘z ichiga oladi. 1. 1956-1970-yillar kommunistik partiyaning 20-sezdida shaxsga sig‘inishning fosh etilishi, jamiyat hayotida demokratik epkinlarning paydo bo‘lishi davri adabiyoti. 2. 1970-1985-yillar. «Turg‘unlik» davri adabiyoti. 3. 1985-1991-yillar. «Qayta qurish» davri adabiyoti. 4. 1991-2020-yillar. «Mustaqillik» davri adabiyoti. Uzoq davom etgan totalitar tuzumning xato adabiy siyosati, taqib va qatag‘onlari tanqidga uchrab, mamlakatda erkinlik shabadasi esa boshladi. Respublikamizda ma’naviy-adabiy hayotni sog‘lomlashtirishda muhim tadbirlar amalga oshirildi. Qodiriy, Usmon Nosir, So‘fizoda, Cho‘lpon, Fitrat singari adiblarning nomlari hadik qilinmasdan tilga olinadigan bo‘ldi. Shaxsga sig‘inish, tufayli ularga qo‘yilgan asossiz ayblar olib tashlandi. Ko‘pgina ijodkorlarning asarlari xalqqa qaytarildi. 50-yillarning boshlarida qatag‘onga uchraganlar oqlandi. Boshqa shoir va yozuvchilarga qo‘yilgan ayblar ham olib tashlandi. Adabiyotda zamonaviy va tarixiy mavzular butun murakkabligi hamda ziddiyatlari bilan talqin etildi. Adabiyot sun’iy cheklashlar, to‘siqlar va qoliplardan asta-sekin qutila bordi. Uslublar, shakllar, tasviriy vositalar sohasidagi izlanishlar har vaqtdagidan ham rang-baranglasha bordi. Prozada ham, poeziyada ham, dramaturgiyada ham ko‘plab asarlar yaratildi. Bu davr sheriyati usluban rang-barang, mazmuniy-shakliy izlanishlardan cho‘chimaydigan, mana shu ijodiy tajribalarning o‘zini san’at darajasiga ko‘tarishga qodir iqtidorga egadir. Agar ular ijodini an’anaviy she’r yo‘llarida ijod qilayotgan shoirlarga qiyosan olsak, bu davr she’riyatini kamida ikki oqimga ajralganini ko‘zatish mumkin. Bu yo‘nalishni shartli ravishda Omma va Shaxs she’riyati deb nomlash mumkin. Birinchi yo‘nalishda katta doiradagi muxlislarga mo‘ljallangan, xalqning tili uchidagini topib yozilgan she’rlar bo‘lsa, ikkinchi yo‘nalishdagi she’rlar o‘quvchidan jiddiy tayyorgarlikni talab etadigan, V.Belinskiy ta’biri bilan aytsak, «sara odamlar» – san’atni yuqori darajada xis qiluvchi kishilar didiga ishonch-la bitilgan she’rlardir. Bu davr adabiyotimizdagi sifat o‘zgarishlari nasrda yaqqolroq namoyon bo‘ldi. - Hikoyachilikda kuzatilayotgan mazmun va shakl birligiga erishish, ruhiy tahlilning turli usullariga murojat qilish bu janr imkoniyatlariga qayta umid tug‘dirdi. - Qissachilikda ham qator yangiliklar paydo bo‘ldi. Qissalarning bosh qahramonlari aksariyati jamiyatning quyi qatlamlaridan, unutilgan, umum diqqatidan panaroqda yashaydigan, lekin fikrlaydigan kishilardir. Biroq bu odamlar qalbida yashayotgan tuyg‘ularning tasvir va tahlili shuni yana bir bor isbotladiki, bosh qahramon tanlovida asosiy me’zon ijtimoiy o‘rni bilan emas, balki ijodkor niyatini to‘laroq va ishonchliroq yetkazishga yaroqli xarakter bo‘lmog‘i bilan belgiladi. - Keyingi yillar o‘zbek adabiyoti romanlarga boy bo‘ldi. Bunda ham salbiy, ham ijobiy personajlarga yondoshishda yozuvchilarning, aksariyati bir xil qadriyatlarni mezon qilib oldilar, jamiyat turmush tarziga, ma’naviy va iqtisodiy adolatsizliklarga mualliflarning munosabati ham bir-biridan katta farq qilmadi. O‘zbek dramaturgiyasining ham ayrim yaxshi namunalari yaratildi. Zamonaviy mavzu bilan tarixiy mavzuda ham birdek ijod qilindi. Jamiyatdagi keskin o‘zgarishlar, ravshanki, adabiyotga o‘z qahramonlarini olib kirdi. Biroq shuni ham takidlab o‘tish joizki, asr so‘ngiga kelib o‘zbek dramaturgiyasi ancha oqsab qoldi. Nazorat topshiriqlari: 1.O‘zbek adabiyotining so‘nggi davri qanday kechdi. 2.O‘sha davr o‘zbek adabiyotidagi ijobiy o‘zgarishlar nimalarda ko‘rinadi? 3.Badiiy asarlarning o‘ziga xosligi haqida so‘zlab bering? Foydalanilgan adabiyotlar: 1. N.Karimov, S.Mamajonov, B.Nazarov va boshqalar. XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi. Toshkent: O‘qituvchi, 1999 yil. 2. Jamoa nashri. Adabiy turlar va janrlar. Toshkent: Fan, 1991 yil 1.2.3-tomlar. 3. Badiiy adabiyotlar. 2-asosiy masala: So‘nggi davr o‘zbek adabiyotini davrlashtirish prinsiplari, XX seyzddan keyingi ko‘tarilish davri adabiy jarayoni (1956-1970). O‘qituvchining maqsadi: So‘nggi davr o‘zbek adabiyotini shartli davrlarga bo‘lib o‘rganish yo‘llarini tushuntirish, 50-yillarning ikkinchi yarimidan boshlangan o‘zbek adabiyotidagi ijodiy erkinlik va ko‘tarilish davri haqida tushuncha berish. Identiv o‘quv maqsadlari: 1. O‘zbek adabiyoti so‘nggi davrining davrlashtirilishi haqida gapiradi. 2. Davrlarning har biriga tavsif beradi. 3. XX seyzdidan keyingi ko‘tarilish davrining o‘ziga xos xususiyatlari haqida gapiradi. 2-asosiy masalaning bayoni: O‘zbek adabiyotini so‘nggi 40 yildan ortiqroq o‘z ichida bir-biridan farqlanuvchi shartli davrchalarga bo‘lib o‘rganish ehtiyoji tug‘ildi. 1956-yil kompartiyaning XX seyzdida shaxsga sig‘inishning fosh etilishi, jamiyat hayotida demokratiya epkinlarining paydo bo‘lishi adabiyotimiz tarixida ham yangi bir sahifani ochib berdi. 60 -yillarning ikkinchi yarmi va 70-yillarda, ya’ni biz «turg‘unlik davri» deb aytib kelayotgan davr adabiy jarayoni ham o‘ziga xos belgilar kashf qildi. Va nihoyat so‘nggi qayta qurish, SSSR deb atalmish imperiyaning parchalanib ketishi, iqtisodiy bo‘ron va mustaqillik qo‘lga kiritilgach davr adabiyot oldiga butunlay o‘zgacha muammo va vazifalarni qo‘ydi. Xuddi shu vaziyat, bu – davr adabiyotini bir tekis adabiy jarayon sifatida emas, to‘rt shartli davrga bo‘lib o‘rganishni taqazo etmoqda. Bu shatrli davrlarning har biriga xos ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy va adabiy hayoti haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Partiyaning XX seyzdi jamiyatimizning hayotida va jumladan, adabiy jarayonida ham o‘ziga xos burilish voqeasi bo‘lganligini inkor etib bo‘lmaydi. Adabiyotimizda realistik prinsiplar qayta qad rostlab so‘z san’atining ifoda olami rang -barang tus ola boshladi, uslubi-shakliy izlanishlar uchun kengroq imkoniyat ochildi. A.Qahhorning «Sinchalak», Mirtemirning «Sur’at», Shayxzodaning «Mirzo Ulug‘bek», P.Qodirovning «Uch ildiz», «Qora ko‘zlar», Said Ahmadning «Ufq», Shuhratning «Oltin zanglamas», A.Muxtorning «Chinor», «Tug‘ilish», O.Yoqubovning «Muqaddas», «Bir feleton qissasi», Mirmuhsinning «Iskandariya korfazi», «Umid» asarlarida, shuningdek, Oybek, Shayxzoda, Zulfiya, Mirtemir, Shuhrat, S.Zunnunova lirikasida bunday yangi alomatlar namoyon bo‘ldi. Ammo, afsuski, adabiyotda bunday ijobiy jihatlarni yanada ko‘paytirish imkoni bo‘lmadi. Yutuqlardan esankirash, oqilona, og‘ir-bosiq siyosat o‘rnini hovliqmaslik va partizanchilik egallashi orqasida demokratik intilishlar cho‘g‘ini yana kul bosa boshladi. «Sovet kishilarining bugungi avlodi kommunizmda yashaydi»- deb kaltabinlik bilan aytilgan shior bu orzu qilgan mo‘l-ko‘lchilik davrini «yaqinlashtirish» uchun behuda urinishlar o‘z-o‘zini va xalqni aldash, soxta ko‘rsatkichlar yutuqlarni oshirib-toshirib ko‘rsatish, hayotdagi ziddiyat va nuqsonlardan ko‘z yumish davrini boshlab berdi. Nazorat topshiriqlari: 1. Nega so‘nggi davr o‘zbek adabiyotini davrlashtirish ehtiyoji tug‘ildi? 2. Har qaysi davr qaysi yillarni o‘z ichiga oladi? 3. 50-yillarning ikkinchi yarmi. XX seyzddan keyingi ko‘tarilish davri haqida gapiring? Foydalanilgan adabiyotlar: 1. N.Karimov, S.Mamajonov, B.Nazarov va boshqalar. XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi. Toshkent, o‘qituvchi nashriyoti. 1999-yil. 2. I.Mirzaev, S.Shermuhammedov. Hozirgi zamon o‘zbek adabiyoti tarixi. Toshkent, Fan nashriyoti 1995-yil. 3. Badiiy adabiyotlar. 3-asosiy masala: «Turg‘unlik» va «Qayta qurish» davri adabiy jarayoni (1970-1985), (1985-1991) yillar. O‘qituvchining maqsadi: «Turg‘unlik» davri tushunchasining shartliligi, uning asosiy belgisini tushuntirish, «Qayta qurish» davrining maqsad va vazifalarini aytib, bu davrlarning adabiyotga ta’sirini asarlar misolida tushuntirib berish. 3-asosiy masalaning bayoni: «Turg‘unlik» davri tushunchasi shartli tushunchadir. Bu davrning asosiy belgisi boshqa jihatda edi. Jamiyatda ko‘zbo‘yamachilik, soxtalik, «qo‘shib yozish» va «qo‘shib aytish» misli ko‘rilmagan darajada avj olib ketdi. Bu siyosat adabiyotga ham shundoqqina ko‘chib ko‘ya qoldi. Adabiyot partiyaning, kommunistik mafkuraning malayiga aylantirildi. Markazkomning qarorlari roman, qissalarga aylantirildi, farmonlar she’rga solindi, tanqiddan xoli ijodkorlar guruhi paydo bo‘ldi. Talabchanlik va mezonlarning pasayib ketishiga olib keldi. Badiiy yuksak asarlar bilan saviyasi past asarlar ham ko‘plab yozildi. Hayotda jamiyatdagi aynishlar, toyishlar, ko‘zbo‘yamachilik, soxtalik haqida gapirish juda mushkul bo‘lgan o‘sha davrlarda ham adolatni, xaqiqatni qat’iy himoya qilgan yozuvchilar bor edi. O‘sha nazorat kuchli bo‘lgan bir davrda A.Qahhorning «Literaturnaya gazeta»da e’lon qilingan «Husnbuzar», N.Safarov va Sh.Ubaydullayevlarning «Guliston» jurnalida bosilgan «Real tashabbuslar, hayotiy qahramonlar» maqolalarida qo‘shib yozish, soxta qahramonlar yaratish illati fosh qilingan bo‘lsa, P.Qodirovning «Jon shirin» hikoyasidagi zaharli ximikatlarning zarari ro‘y-rost aytildi. A.Muxtor «Chinor «romanida o‘sha yillaridayoq Orol muammosini ko‘tarib chiqqan edi. Tanqidchilikda M.Qo‘shjonovning «Hayot boshqa, hayol boshqa», shu olimning Ibrohim Rahimga ochiq xati, O.Sharafiddinov va N.Xudoyberganovlarning bir qator keskin tanqidiy maqolalari katta shov- shuvlarga sabab bo‘lgani ma’lum. 60-yillarning ikkinchi yarmida va 70-yillar adabiyoti bizga E.Vohidov, A.Oripov, O.Matjon, R.Parfi, X.Xudayberdiyeva kabi yuksak iqtidorlarni taqdim etdi. Xuddi shu tufayli ham adabiyotimizning bu taraqqiyoti davomini «Turg‘un» deb bo‘lmaydi. 80-yillarning boshiga kelib maqtalgan sotsialistik jamiyatimiz shunday bir boshi berk ko‘chaga kirib qoldiki, qandaydir kuchli bir zilzilagina uni hushiga keltirish mumkinligi ayon bo‘lib qoldi. Va shu kutilgan zilzila sodir bo‘ldi ham. Bu borada KPSSning 1985-yil Aprel plenumi burilish nuqtasi bo‘ldi. Jamiyat hayotida «qayta qurish», demokratiya, oshkoralik sari yo‘nalish olganligi hayotning bor ziddiyatlarini, jamiyatning bor nochorligini bildirib ko‘ydi. Bu holat adabiyotga sog‘lom erkin ruh bag‘ishladi. Qisqa davr ichida adabiyotning barcha tur va janrlarida hayotni ro‘y-rost, hayotni murakkabligi bilan tasvirlagan, ijtimoiy – ma’naviy adolatsizlik, hurlik va kunlik sharoitida majruhlantirilgan inson ruhiyatini ilgari ko‘rinmagan nuqtayi nazaridan tahlil etgan o‘nlab yaxshi asarlar dunyoga keldi. Milliy ong shakllanishi, ma’naviy o‘z-o‘zini tanish, erkin, ruhni tarbiyalash ishiga safarbarlik iqtisodiy, siyosiy hayotning barcha muammolariga faol aralashdi, o‘zining salmoqli fikrini jamiyat qatlamlariga singdira oldi. Nazorat topshiriqlari: 1. «Turg‘unlik» davriga tavsif bering. 2. «Qayta qurish» davri adabiyoti haqida gapiring. 3. Bu davrning ijobiy jihatlari (badiiy adabiyot misolida)ni so‘zlab bering. 4. Bu davrlarda adabiyotda qanday ijobiy va salbiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. N.Karimov, S.Mamajonov, B.Nazarov va boshqalar, XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi, Toshkent, O‘qituvchi nashriyoti, 1999-yil. 2. Badiiy adabiyotlar. 4-asosiy masala: Mustaqillik davri adabiy jarayoni (1991-2011) yillar. O‘qituvchining maqsadi: Mustaqillik davri adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari, ijobiy o‘zgarishlar, yangi-yangi shakily- uslubiy izlanishlarning paydo bo‘layotganligi, bu davrda yaratilgan asarlar bilan talabalarni yaqindan tanishtirish. Identiv o‘quv maqsadlari: 1. Mustaqillik davri adabiy jarayoni haqida gapirib beradi. 2. Bu davrda yaratilgan asarlarga o‘z munosabatini bildiradi. 4-asosiy masalaning bayoni: Bu davrning adabiy jarayon keltirgan sharofatlari haqida so‘zlasak, quyidagi xolatlarni alohida ta’kidlashimiz lozim bo‘ladi. - Jamiyat hayotida bo‘lgani kabi adabiyotda ham oshkoralik, demokratiya, ijod va so‘z erkinligi, ochiq tanqid, talabchanlik hukmron prinsiplarga aylandi. - Mustaqillikning qo‘lga kiritilishi adabiyotda milliy ruhini o‘ta kuchaytirib yubordi. - Milliy tarixni butunlay qayta o‘qish, milliy qahramonlarimizga yangicha baho berish imkoni tug‘ildi. - Adabiyotimiz tarixidagi «oq dog‘lar» yo‘qolib, nomi unutilgan ijodkorlarning asarlari xalqqa yetib bordi va bormoqda. - Adabiyotimizda soxta g‘oyabozlik ulug‘ «og‘a»ga partiyaga, Leninga, sotsializm va kommunizmga sig‘inishga asoslangan «madhiyabozlik», hayotni bo‘yab bezab, nuqsonlarni xaspo‘shlab tasvirlash talabi o‘rniga asarlarni badiiy saviyasi, estetik kuchiga qarab baholash prinsipi tiklana boshlandi. So‘nggi o‘n yillarda adabiyotga zabardast va iqtidorli yosh ijodkorlarning kirib kelishi uning bugungina emas, ertangi kunini ham belgilaydi. Avvalgi davrlar adabiyotidan farqli o‘laroq bu yoshlar ijodida shafqatsiz haqiqat, dardchillik, milliylik, samimiylik hukmronligi, ayniqsa, umid baxsh etadi. To‘g‘ri, hozir zamonaviy mavzuda, bugungi kun muammolari asosga olingan yirik janr namunalari: qissa, roman, dramalar paydo bo‘lishi qiyin. Bu tabiiy xol. Bu mavzuda yirik asarlar yaratish uchun voqeylik «tinishi», ma’lum bir to‘xtamga kelishi va tugal bahosini olishi kerakdir. Biz bundan keyingi yo‘limizni aniq belgilab oldik hisobi. Bu- mustaqillik yo‘li. Uni har tomonlama mustahkamlash va mukammallashtirish yo‘lidir. Bu davr adabiyoti ham ma’lum bir shaklga kirdi. Nazorat topshiriqlari: 1.Bu davr adabiy jarayoni qanday qonuniyatlarga tayanib ish ko‘rdi? 2.Badiiy asarlardagi yetakchi tamoyillar nimalardan iborat bo‘ldi? 3.Bu davrda yaratilgan asarlarga munosabatingiz qanday? Download 21.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling