Mavzu : hozirgi kunda barkamol shaxsni tarbiyalash diognostikasi


Milliy ta’lim-tarbiya tarixida barkamol shaxs tarbiyasi tajribalari


Download 41.94 Kb.
bet4/5
Sana31.01.2024
Hajmi41.94 Kb.
#1830432
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 hozirgi kunda barkamol shaxsni tar diognostikasi

3. Milliy ta’lim-tarbiya tarixida barkamol shaxs tarbiyasi tajribalari
Barkamol shaxsni tarbiyalash hamma davrda ham dolzarb masala bo’lib kelgan. Zero, shaxs barkamolligi jamiyat kelajagini ta’minlaydigan asosiy mezonlardan biridir. Barkamol avlodni tarbiyalash g’oyasi ham milliy, ham umumbashariy mazmun-mohiyatga ega, u insoniyatni ma’naviyat va ma’rifatga, yuksak barkamollikka, ezgulikka olib boruvchi olijanob g’oyadir. Shu sababli ham barkamol avlod va uni tarbiyalash muammosining yechimlari azal-azaldan xalqimizning ezgu-orzusi bo’lib kelgan. Ayniqsa, o’zbek xalqining o’tmishida bu istiqbolli orzu doimiy maqsadga aylangan va bunday orzuga erishish nafaqat oila boshlig’i yoki ta’lim muassasalaridagi murabbiylar, balki yurtimizning donishmandlari-ziyolilari (olimlar, shoirlar, yozuvchilar, tarixchilar, hadischilar va h.k.) va adolatparvar hukmdorlarning ham bosh maqsadi bo’lgan. Jumladan, barkamol avlod haqidagi yuksak g’oyalar Abu Nasr Farobiyning fozillar jamiyati («Fozil odamlar shahri»), Yusuf Xos Hojibning «Saodatga eltuvchi bilim», shuningdek, At-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Imom al-Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Hoja Ahrori Valiy, Al-Marg’inoniy, An-Nasafiy, Az-Zamahshariy, Najmiddin Kubro, Mahdumi A’zam Xojogon, Kosoniy, Xoja Yusuf Hamadoniy, Abdulholiq G’ijdivoniy va boshqalarning “Ilmi hadis” yo’nalishidagi ta’limotlari va Al-Xorazmiyning dunyoviy ahamiyatga ega bo’lgan kashfiyotlari (algoritm asoschisi), Ibn Sino tibbiyoti, Abu Rayhon Beruniyning qomusiy ilmi va ijtimoiy axloqiy qarashlari, Amir Temur davlatchiligi va tuzuklari hamda uning adolatli ijtimoiy-tashkilotchilik ishlari, Mirzo Ulug’bekning koinot ta’limini ommaviy ravishda olib borishi (dorilfunun tashkil etish) haqidagi ta’limoti, Alisher Navoiyning adolatli jamiyat va ma’rifatga chaqiruvchi ta’limotlari, Mirzo Boburning ta’limni («Xatti Boburiy») isloh qilish sohasidagi, Ma’mun akademiyasining «Donishmandlik uyi» dagi ta’limotlarida teran ifoda etilgan.
Mutafakkir allomalar o’z asarlarida yuksak axloq va odob timsoliga aylangan komil inson obrazlarini yaratgan lar. Barkamol avlod tarbiyasini azal-azaldan xalqimizning ezgu orzusi bo’lib kelganligi haqida yuqorida to’xtalgan edik va bularga ko’plab dalillar keltirish mumkin. Abu Nasr Farobiyning «Fozil odamlar shahri» asarida fozil kishi modeli yaratilgan. Fozil kishiga qo’yiladigan talablar, uning ona- Vatan uchun jonini ham ayamasligi xislatlari, sharqona nazokat, mehr va ehtiroslariga ega bo’lishlari haqidagi fikrlar bobolarimizning yuksak ma’naviyatli ekanligini asoslaydi.
Beruniy inson kamolotida axloqiy tarbiyaning o’rni muhim ekanligini ta’kidlaydi va o’zining «O’tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Mineralogiya», «Kitob as - Saidana», «al – qonuni al – Mas’udiy», «Giodeziya» va boshqa asarlarida pedagogik fikrlarini bildiradi. Allomalar yaratgan asarlardagi ilmiy, ijtimoiy, axloqiy, ma’rifiy fikrlari o’zining umumbashariyligi bilan ham ahamiyatlidir. Ibn Sino o’z asarlarida teran fikrli shaxs uchun ahamiyatli bo’lgan mantiqqa kirish, bilish jarayonini anglash, tafakkurning asosiy tushunchalari orqali nutqni yuzaga keltirish, ma’lum fikrlar asosida hukm chiqarish va uni ifodalay olish, xulosalarga kelish va ularning o’ziga xos shakllari, isbotlash va uning qoidalari mohiyatini yoritib berishga harakat qiladi. Jumladan, mantiq ilmiga bag’ishlangan «Hay ibn Yakzon» shaxs aqliy tarbiyasida katta ahamiyatga ega. Mazkur asar insondagi yomon illatlarni ham bartaraf etishda ilmu fan, ziyoning ahamiyati, insondagi aql – tafakkur quvvatining yomon illatlardan qutilishi, o’zligini anglash vositasi ekanligi bilan adabiy-falsafiy asargina bo’lib qolmay, tarbiyaviy asar sifatida ham qimmatli dir. Ibn Sino insonning kamolga yetishida uning axloqiy kamoloti muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Ibn Sino axloqqa oid asarlarini «Amaliy hikmat» (Donishmandlik amaliyoti) deb ataydi. Olimning fikricha, axloq fani kishilarning o’ziga va boshqalarga nisabatan xatti - harakati me’yorlari va qoidalarini o’rganadi.
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asarida inson kamoloti masalasi markaziy masala bo’lib hisoblanadi. Mazkur asarda insonning jamiyat va hayotda tutgan o’rni, burch va vazifalari haqidagi muammolar o’ziga xos tarzda bayon etiladigan. U bilimni buyuk, uquvni ulug’ deb ta’riflaydi. CHunki zakovatli inson ulug’ bo’ladi, bilimli kishi buyuk bo’ladi, deb ilmli kishilarni asl toifadagi kishilarga qo’shadi. Olim ezgu ishlarning barchasi ilm tufayli amalga oshirilishini aytadi. O’sha davrdayoq olim “Bilim hatto osmon sari yo’l ochur” deb bashorat qiladi. Alisher Navoiy ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g’ururi, sha’nu sharafini dunyoga tarannum qilgan o’lmas so’z sanatkoridir.

Xulosa


Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy o’z asarlarida komil inson siymosini gavdalantiradi. Komil insonning asosiy fazilatlaridan biri uning odobi ekanligini ta’kidlaydi. “Hayrat ul-abror” asarida ta’kidlashicha insonning hayoti jamiyatda odamlar orasida kechadi. Haqiqiy inson yurt tashvishi bilan, el g’ami bilan yashaydi: “Odamiy ersang demagil odami, Oniki yo’q xalq g’amidan g’ami”. Mazkur fikrlar shaxs ma’naviyatini boyitishga, vatanparvarlik hissini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Alisher Navoiy ilm o’rganishga intilishni inson kamolotini ta’minlash uchun xizmat qiluvchi eng zarur fazilatlardan biri deb biladi. Ilmni insonni, xalqni nodonlikdan, jaholatdan qutqazuvchi omil sifatida ta’riflaydi. Asarlari mazmunida ilgari surilgan g’oyalar yordamida kishilarni ilmli va ma’rifatli bo’lishga undaydi.
Barkamol avlodni tarbiyalash, o’zining ma’naviy – ma’rifiy, tashkiliy – uslubiy, ijtimoiy – iqtisodiy jihatlari bilan murakkab va mas’uliyatli jarayondir. Axloqan pok va yetuk insonlarni tarbiyalash masalasini muvaffaqiyatli hal etishda xalqimizning tarixiy an’analari, ma’naviy boyliklari, ajdodlarimizning bizga qoldirgan ilmiy me’roslari va tarixiy – tarbiyaviy tajribalarini o’rganib chiqish, ularning yutuqlarini hayotga, ta’lim – tarbiya ishlariga tadbiq etishning ahamiyati katta dir. Ta'lim maqsadlari- bu maxsus tayyorlangan va tizimli ravishda amalga oshirilgan ta'lim harakatlari va harakatlari ta'siri ostida sodir bo'lgan shaxsda (yoki odamlar guruhida) kutilayotgan o'zgarishlar. Bunday maqsadlarni shakllantirish jarayoni, qoida tariqasida, tarbiyachining (guruhning yoki butun jamiyatning) o'qimishli shaxsning shaxsiga bo'lgan insonparvarlik munosabatini to'playdi.

Download 41.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling