Mavzu : Islom dini paydo boʻlishi va yoʻnalishlar
Download 22.32 Kb.
|
Mavzu Islom
Mavzu : Islom dini paydo boʻlishi va yoʻnalishlar Reja :
2.Asosiy qism A). Muhammad ibn Abdulloh (s.a.v.) Islom dinining asoschisi, musulmonlar paygambari va davlat arbobi. Nabiy va Rasul. B). Quronning nozil bolishi. Kitob holatiga keltirilish bosqichlari. C). Orta Osiyoga Islom dinining kirib kelishi. D). Xalifa Usmon Quroni tarixi. Uning nusxalari. 3.Xulosa 4.Foydalanilgan adabiyotlar Arabiston yarim orolining katta qismida islom vujudga kelgunga qadar kop xudolilik hukm surardi. Arablarning eng qadimgi dinlari jumlasiga totemizm, fetishizm, animizm va otmish ajdodlarga siginishni kiritish mumkin. Ibn al-Kalbiyning Kitob al-Asnom asarida tilga olingan dastlabki 5 ta sanamning nomi (Vadd, Suvo, Yogus, Youq, Nasr) Quronda ham zikr qilingan (Nuh, 22-23). Ularning tasviri kopchilikka malum edi: Vadd erkak kishi, Suvo ayol kishi, Yogus sher, Youq ot va Nasr burgut qiyofasida ifodalanardi. Quronda zikr qilingan eng qadimgi sanamlar jumlasiga Manot, Lot va Uzza ham kiradi (Najm, 19). Johiliya arablarining tasavvurida bu uchchala sanam ham ayol tasviridagi xudolar bolgan. Ibn al- Kalbiyning aytishicha, Manot hamma arablar uchun muhtaram hisoblangan. Gerodotning kafolat berishicha, Lot shimoliy arablarning bosh xudolaridan biri bolgan. Tadmur malikasi Zeboning ogli Vahb al-Lot (Lot inomi) deb atalgani shunga ishora. Nabotiylar Lotni ozlarining poytaxti Petraning Ona xudosi sifatida bilganlar. Qurayshiylarning Kaba ichkarisiga va atrofiga qoyilgan sanamlari orasida eng mashhuri Hubal edi. U serdolik (qizil yarim qimmatbaho tosh)dan ong qolsiz inson shaklida yasalgan bolib, qurayshiylar unga oltin qol ulaganlar. Bu sanam oldida 7 kamon oqi turar, odamlar turli masalalar boyicha shu oqlar yordamida fol ochardilar. Arabiston yarim orolida yahudiylik, xristianlik, zardushtiylik dinlarining tarqalganini korish mumkin. Islomdan oldin yarim orolning kop hududlarida yahud jamoalari mavjud bolgani haqida malumotlar saqlanib qolgan. Yahudiylar bilan birga Arabistonga yahudiy dini ham kirib keldi. Islom vujudga kelgan paytda shimoliy Arabistondagi kozga koringan savdo markazlari Yasrib, Xaybar, Dedan, Tayma, Fadak, Dumat al-Jandal, Tabuk, Eylat, Vodi al-qura aholisining katta qismini yahudiy jamoalari tashkil qilgan. Yahudiy dini kabi xristian dini ham Arabistonga tashqaridan kirib keldi. Yahudiylar ozlarini xudo yorlaqagan xalq deb hisoblab, koproq mahalliy aholidan xoli yashagan bolsalar, xristianlar aksincha boshqa yerlardagi singari qadimgi Arabistonda ham keng mubashshirlik (xristian dinini tarqatish) ishlarni olib bordilar. Muhammad ibn Abdulloh (s.a.v.) Islom dinining asoschisi, musulmonlar paygambari va davlat arbobi. Nabiy va Rasul. Muhammad (s.a.v) har bir inson boshidan kechirishi lozim bolgan takomul bosqichlarini bosib otdi. U 570 yilda uncha boy bolmagan, ammo Makkaning mashhur urugiga mansub oilada tugildi. Otasi Abdulloh yozgi Shom safari paytida farzandini kormay, onasi esa 6 yil keyin olamdan otdi. Yosh Muhammad ikki yil Makkaning yirik arboblaridan hisoblangan bobosi Abdulmuttalib tarbiyasida boldi. Bobosi vafotidan song 8 yoshidan unga amakisi Abu Tolib homiylik qildi. Osha davr taomuliga kora bunday homiylik yuridik status (maqom)ga ega bolib, zarur paytda u butun hoshimiylar xonadonining himoyasini taminlardi. Paygambar (s.a.v) poda boqish bilan juda erta mehnat faoliyatini boshladi. Bu kamtarinlikka va har qanday mehnatni qadrlashga orgatdi. Ospirinlik yillarida Fijor urushida amakilari bilan bir safda qatnashib, tegishli harbiy konikmaga ega boldi. Song qarindoshchilik, qabilachilikdan qati nazar mazlumning tarafini olishga qaratilgan Fudul ittifoqiga azo bolib siyosiy tajriba orttirdi. Xadicha onaning moli bilan Shom safariga borishi va u bilan turmush qurishi katta rozgorni boshqarish mahoratini berdi. Shu paytdan boshlab Makkaning kozga koringan kishisiga aylandi va vadaga vafodorligi va sodiqligi tufayli hamma uni Muhammad al-amin deb atay boshladi. 35 yoshida Makka rahbarlari Kabani qayta qurish paytida chiqqan nizoni hikmat bilan hal qilgani uning obrosini oshirdi. Islomga davat arablar uchun batamom yangi, ularga avvallari nomalum bolgan yoki ular ishonmaydigan bazi tushunchalarni olib keldi. Ularning birinchisi va eng muhimi vahdoniyat - yakka xudolikning yangicha talqini, ikkinchisi oxirat, qiyomat kuni hisob berish va u bilan bogliq narsalar, nihoyat, uchinchisi Paygambar (s.a.v)ga Allohdan vahy bolib tushgan kitobdir. Ushbu yangi tushunchalarni kiritish bilan barobar batamom yangicha axloq tarbiyachisi sifatida maydonga chiqdi. U qadimgi razil odatlarni rad etib, keyinchalik islom axloqi yoki Paygambar sunnati nomini olgan maslakni targib qildi. Uning davati johiliya arablari uchun shunchalik begona ediki, hatto ular, Quron tabiri bilan aytganda, oldin otgan bobolarimizdan bularni eshitmagandik, bu haqda boshqa millatda (dinda) ham eshitmagandik, derdilar. Demak, bular umuman arab jamiyati uchun ham va xususan arablar orasidagi boshqa millat (din) vakillari (yahudiylar, xristianlar) uchun ham yangilik edi. Paygambar (s.a.v) deyarli uch yil maxfiy ravishda davat bilan shugullandi. Birinchi davatlar faqat eng yaqin qarindoshlarga qaratildi (ash-Shuaro, 214). Sababi - urugchilik udumiga kora qarindosh uni himoya qilishlari mumkin edi. Shundan song unga butun Makka va uning atrofidagilarga murojaat etish buyurildi (ash-Shoro, 7). Makka deganda asosan quraysh qabilasi kozda tutilsa, atrofi esa Quraysh bilan ittifoqdosh qabilalarni oz ichiga olardi. Demak, mantiqan dastlab urug bilan yakdillik, song qabila sadoqati (asabiya) Muhammad (s.a.v)ga muvaffaqiyat keltirishi lozim edi. Ammo unday bolmadi, chunki boshqa turdagi asabiya golib keldi. U ham bolsa, qadimgi odatlarga sodiqlik hissi. Quronda aytilishicha, agar ular bir nojoya ish qilib qoysalar, otalarimiz shunday qilgan va Allohning bizga amri bu, derdilar (al-Arof, 28). Aynan mana shu hissiyot dastlabki davrlarda kopchilikning unga ergashishiga yol bermadi. Hatto hoshimiylar xonadoni ham urugchilik odatiga kora Paygambar (s.a.v) tarafida bolgani, uni himoya qilganiga qaramay, yoppasiga islomga kirmadi. Yana bir muhim narsani etiborga olish kerakki, Makka zodagonlarining butun fikri-zikri halqaro savdodan katta daromad olish bilan band edi. Bu boylikning zaminida esa, butparastlikka asoslangan diniy marosimlar yotardi. Islom talimoti butparastlikni tag-tomiri bilan yoq qilishga qaratilgandi. Togri, dastlab Makka zodagonlari Muhammad (s.a.v) talimotiga tegishli etibor bermadilar: unga haj mavsumi paytlarida vasaniyaga qarshi faoliyat olib borgan, shovqin suronli, adabiy, sheriy va shunga oxshagan boshqa turli harakatlarga qaraganday munosabatda boldilar. Ammo tez orada sezildiki, ish ular oylagandan xatarliroq tus ola boshladi. Muhammad (s.a.v)ga ergashayotgan, uni Paygambar Rasul deb etirof etayotganlar va shu yolda davat qilayotganlar soni kundan-kunga ortib bordi. Paygambar (s.a.v) turli urug vakillaridan bir qanchasini oz atrofida toplashga erishdi. Quraysh zodagonlari dastlab hoshimiylar xonadonining boshligi Abu Tolibdan Muhammad (s.a.v) ota-bobolar etiqod qilib kelgan xudolarni haqorat qilish, qabilani ichdan qoporishni zudlik bilan toxtatsin, deb talab qildilar. Abu Tolib bu haqda Muhamad (s.a.v) ga aytganda, u: Agar bir tarafimga Quyoshni, ikkinchi tarafimga Oyni qoyib, bu ishni tashlashni sorasalar, olsam ham konmayman, -deb javob qildi. Shundan song quraysh zodagonlari Muhammad (s.a.v)ga qarshi turli usullar bilan kurashni avj oldirdi. Uni sehrgar, majnun, yolgonchi deb elon qildilar. Unga ergashganlarga azob berdilar. Muhammad (s.a.v) sahobalardan bir guruhini Habashistonga jonatishga majbur boldi, zero xalqaro savdo yollari ustidan hukmronlik uchun kurashda Makkaning raqibi bolgan Habashiston muhojirlarni yaxshi qabul qilishiga ishonch bor edi. Darhaqiqat, shunday boldi ham. Ayni shu paytda Makkada kozga koringan ikki shaxs islomga kirdi: Paygambarning suyukli amakisi Hamza ibn Abdulmuttalib va Umar ibn al-Xattob. Quraysh qisqa muddat musulmonlarga tazyiqini susaytirishga majbur boldi. ISRO VA MEROJ islom tarixida Muhammad (sav) ning Makkadan Quddusga qilgan tungi sayri (isro) hamda Quddusdagi Aqso masjididan osmonga kotarilishi (meroj). Bu hakda Quron oyatlari va hadisi shariflarda keng malumotlar berilgan. Bu hodisa ilohiy mojizalar turiga kirgani uchun moddiylik va akliy dalillar b-n chegaralanuvchi kishilar uni inkor etadilar. Hadis va rivoyatlarda aytilishicha, Muhammad (sav) Jabroil (as) boshchiligida tunda kop yillik masofani bosib otib, bu samoviy sayohatlaridan boy xotiralar b-n qaytganlar. Jumladan, yetti qavat osmon oraliqlarida ozlaridan oldingi otgan yirik paygambarlar b-n muloqotda bolganlar. Jannat va dozaxni tomosha qilganlar. 5 vaqt namoz ham shu kechada farz qilingan. Bu hodisa tasvirlab yozilgan kopgina asarlar mavjud. I. va m. kechasi islom olamida diniy bayram sifatida har yili hijriy rajab oyining 27-kechasida nishonlanadi. MUALLAQ TOSh Aqso masjidi yaqinidagi Qubbat as-Saxra masjidi ichidagi tosh. Quddus sh. da. Ushbu M.t.ning saxdi taxm. 78 kv. metr keladi. Uning pastki qismida 2 kishi sigadigan gorcha bor. Fop ichiga kirilsa 7 kishi sigadigan joy bolib, u yerga joynamoz toshab qoyilgan, kirgan odam ikki rakaat namoz oqib chiqadi. Ushbu tosh atrofi 1 m balandlikda panjara b-n orab qoyilgan. Rivoyatlarga qaraganda, Rasululloh tosh orqali Buroq deb nomlanuvchi ulovga minib Merojga chiqqan. Rasululloh osmonga kotarilganida tosh ham orqasidan ergashib, havoga kotarilgan-u, paygambar «toxta» deganida, u yerdan 2 m kotarilganicha qolavergan, degan rivoyat mashhur. Musulmonlarga bu toshni muqaddaslashtirish yoki ziyorat qilish buyurilmagan. Hanif arabcha soz bolib, chinakam etiqod qiluvchi taqvodor manosini bildiradi. Haniflar osha davrda arab qabilalari ortasida keng tarqalgan mushrikiylikka qarshi yakka xudolikni, oxiratni yaqinlashib qolganini targibot qilib chiqqanlar. Quronning nozil bolishi. Kitob holatiga keltirilish bosqichlari. Paygambar Muhammad (s.a.v) Ularning hoshimiylar xonadonidan ekanligi, Makkada hukmron bolgan badavlat zodagonlar-ummaviylar xonadoniga mansubligi, bu ikki xonadon ortasida birmuncha vaqtlardan buyon siyosiy va iqtisodiy raqobat hukm surganligi tarixiy manbalardan yaxshi malum. Bunday sharoitda Paygambar Muhammad (s.a.v.) hoshimiylar xonadonining ilgari obrosini tiklash uchun harakat qilgan. Shuning uchun ham Makka zodagonlari bilan Muhammad ortasidagi qarama-qarshilikni, birinchi navbatda, badavlat quraysh qabilasi xonadonlarining ichki raqobati, ular ortasidagi xonadon obroyi va islom targiboti uchun kurashning namoyon bolishi, deb tavsiflash mumkin. Makka zodagonlari manfaatiga zid targibot olib borgan Paygambar Muhammad (s.a.v.)ni taqib etish kuchaygan. Ayniqsa, ozi majusiy bolsa-da, unga homiylik qilgan amakisi Abu Tolibning vafotidan keyin Muhammad paygambarning hayoti xavf ostida qolgan. U oziga sodiq barcha kishilar bilan Hijazning shimolida joylashgan, uning davrida «Madina» yani shahar deb qayta nomlangan Yasrib shahriga kochib ketishga majbur bolgan. Quron oyatlarining mazmuniga qaraganda, bu kochish ancha vaqt davom etgan. Paygambar Muhammad (s.a.v.) orqasidan odamlar birmuncha vaqt davomida guruh - guruh bolib kelib turganlar. Madina shahrida Muhammad targibotini qollab-quvvatlagan va unga ergashgan muhojir va ansorlardan iborat musulmonlar jamoasi (Umma) vujudga kelgan. Bu jamoaga Madina arablarining azo bolib kirishi hijriydan keyingi yillarda davom etgan. Paygambar Muhammad (s.a.v.) katta kuchga aylangan jamoaga rahbarlik qilar ekan, oz tarafdorlariga rasul-Allohning elchisi, odamlarga ilohiy yol-yoriq va qonunlarni yetkazuvchi paygambar bolib tanila boshlagan. Paygambar Muhammad (s.a.v.) boshchiligidagi Madina shahri arablari makkaliklarni ham islomga boysundirish, bu ikki shahar ortasidagi kelishmovchilikka chek qoyishni asosiy maqsadlaridan biri qilib qoygan edilar. Shu munosabat bilan 624 yilda Badr quduqlari oldida, 625 yilda Uxud togi etagida janglar bolgan. Makkaliklar 626 yilda madinaliklarga uzil-kesil zarba berish maqsadida Madina jamoasiga qarshi yirik safarga otlanishgan. Paygambar Muhammad (s.a.v.) Madinani uzoq qamal sharoitiga tayyorlagan, shahar atrofiga chuqur handaqlar qazilgan va u yerlarga kamonchi oqchilar joylashtirilgan. Ammo Madinani qamal qilish uzoqqa bormagan, chunki bosqinchilarning kopgina otlari handaqlarga tushib ketgan, qishning sovugi, izgirin shamoliga qamalchilar bardosh berolmadilar, aksincha, ularning ozlari ortasida nizo chiqa boshlagan. Madina qamalining bekor qilinishi, Madina jamoasini yanada jipslashtirgan, unga yangidan-yangi badavlat qabilalar kelib qoshilgan. Natijada musulmonlar jamoasi tez kengayib va kuchayib borgan, u yerda qabilalar birin-ketin islom dinini qabul qila boshlaganlar. Madinadagi musulmonlar jamoasi qisqa vaqt ichida kichik, lekin kuchli davlatga aylana borgan. Muhojir va ansorlar orasidan bir guruhi Muhammad paygambarga yaqin turar, uning maslahatchilari hisoblanar edi. Bular islom tarixida «sahobalar» yoki «ashoblar» deb nom olgan. 628 yili musulmonlar jamoasi uchun ayniqsa muhim bolgan bir voqea yuz bergan. Paygambar Muhammad (s.a.v.) hali ham Kabani muqaddas deb etirof etishni namoyish qilish maqsadida bir guruh musulmonlar bilan birga, barcha qabilalar hajga boradigan mavsumda Makkaga jonagan. Ammo uning kelishidan shubhaga tushgan ummaviylar Makkadan ancha narida-Xudaybiya vodiysida uni toxtatgan. Muzokaralar boshlanib, ortada shartnoma tuzilgan. Shartnomaga asosan madinaliklarga kelasi yildan boshlab hajga kelishga ijozat berilgan. Shartnoma tuzilgan vaqtda Muhammad va uning hamrohlari orqaga qaytib ketishini, makkaliklar esa, oz navbatida, kelasi yildan boshlab madinaliklarning hajga kelishi uchun sharoit yaratib berishni oz zimmalariga olganlar. Shunday qilib, «Xudaybiya sulhi» deb nom olgan bu hujjatda Makka zodagonlari Madina musulmonlar jamoasini mustaqil davlat sifatida birinchi marta etirof etishga majbur bolganlar. Muhammad paygambar hijriy 11-yilning rabbi-ul-avval (632 yil iyun) oyida Madinada 63 yoshda vafot etgan. Bu davrda anchagina mustahkam musulmon davlati vujudga kelgan; u Yamanda Sino yarimoroligacha, Qizildengiz sohillaridan markaziy qum sahrolari-Sahroi Kabirgacha chozilgan katta hududni oz ichiga olgan edi. Muhammad vafotidan keyin orinbosarlari-xalifalar davlatni boshqara boshlaganlar. Shu munosabat bilan musulmonlar davlati ozining bundan keyingi tarixida «Arab xalifaligi» deb nom olgan. Muhammad vafot etgan birinchi kunlardanoq musulmonlar jamoasining yolboshchilari ortasida hokimiyat uchun kurash va ozaro ixtiloflar boshlangan. Bu kurashda muhojirlar guruhi golib chiqqan va Muhammadning ilk Safdoshlaridan biri Abu Bakr xalifa deb elon qilingan.1. Arabiston yarim orolida «Johiliya» davri arablarining diniy ananalari va kopxudolik. Orta Osiyoga Islom dinining kirib kelishi. Arab qabilalarini yagona din atrofida birlashtirish va yakka xudolikka etiqod qilishdan iborat bolgan haniflar orzusi faqat Muhammad paygambar davrida islom dinini vujudga kelishi va qaror topishi bilan amalga oshdi. Shuning uchun Muhammad ibn Abdulloh-din davatchisi va davlat arbobidir. Islom dini dunyoda keng tarqalgan monoteistik dinlardan biridir. Afrika qitasidagi Marokash, Jazoir, Tunis, Liviya, Misr, Somali mamlakatlarining xalqlari, Habashiston, Garbiy Sudanda yashovchilarning bir qismi, Osiyo qitasidagi Arabiston yarim oroli, Iordaniya, Suriya, Iroq, Eron, Turkiya, Afgoniston, Xitoy hamda Filippin aholisining bir qismi, Yevropa qismida bolsa, Bolqon yarim orolida yashaydigan xalqlarning bir qismi dinga etiqod qiladi. Aholining kopchiligi mutloq musulmonlardan iborat bolgan 10 ta mamlakat, xatto aholisining yarmini musulmonlar tashkil etgan bazilari ham (Misr, Malayziya) 49 % i ozlarini musulmon deb ataydilar. Yani ularning bazilarida (Mavritaniya, Eron, Pokiston, Qamar orollari) mamlakatlarining nomiga islom sozi qoshib aytiladi. Rasmiy statistika boyicha, bir necha mamlakatlarda aholining deyarli barchasi musulmonlardan iborat 28 ta mamlakatda islom rasman davlat dini sifatida tan olingan. Yer yuzi aholisining qariyb 1,5 milliardi islomga etiqod qiladi. Shuningdek, islom Markaziy Osiyo, Kavkaz orti va Shimoliy Kavkaz, Volga boyi, Garbiy Sibir va boshqa hududlarda yashovchi aholi orasida tarqalgan. Hozirda islomga etiqod qiluvchilarning soni oshib bormoqda. Ayniqsa etiqod haqidagi yangi qonunning qabul qilinishi, vaqtli matbuot sahifalarida, radio eshttirishlarda va oynai jahon korsatuvlarida din mavzuidagi chiqishlarning kopayishi, bu haqida maxsus gazeta va jurnallarning keng tarqalganligi islomga bolgan etiborni oshirib yubordi. Islom jahondagi ayniqsa Osiyo va Afrika qitasi madaniyatining umumiy qiyofasida muhim iz qoldirgan. Bunga eng avvalo bu hududlarda arab tili va arab yozuvining keng tarqalganligi islom mafkurasi zaminida ishlab chiqilgan muayyan turmush tarzining hukumronligi musulmonlar ijtimoiy hayotining turli sohalari shariat tomonidan idora etilishiga imkon berdi. Shunga qaramay mahalliy madaniy ananalar yoqolmay, yani islom yonalishida rivojlangan va kopincha qadimiy musulmon ananalari sifatida qabul qilingan. Musulmonlar madaniy merosi milliy ozodlik harakati va rivojlanayotgan mamlakatlarning mustaqillik uchun kurashi jarayonida asosiy masalalardan biriga aylandi va ijobiy ahamiyat kasb etdi. Islomning paydo bolishini tahlil etish davrning xususiyatlari, arab qabilalari ortasida hukmron bolgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni va ularning diniy-goyaviy hayoti bilan qisqacha tanishib chiqishni taqozo etadi. Arabiston yarim oroli noqulay iqlim sharoitiga ega bolgan qum sahrolardan va toglardan iborat bolib, uning aholisi V-VI asrlarda kochmanchi chorvachilik bilan shugullanar edi. Yarim orolning cheksiz sahrolarida yashovchi kochmanchi chorvachilik bilan shugullanuvchi arab qabilalari-bundan ham ogir sharoitda yashar edilar. Ular taraqqiyot jihatidan ancha orqada qolgan, hali urugchilik qabilachilik tuzimida edilar. Yarim orolning garbiy qismida Qizil dengiz qirgoqlari boylab chozilgan va qadimdan Hijoz deb nomlangan joylar bu davrlarda birmuncha iqtisodiy jihatdan rivojlangan bolib asosan janubdan shimolga otgan qadimiy karvon yoli bilan bogliq edi. Tarixiy manbalardagi malumotlarga qaraganada VI asr Yamandan shimolga Suriya, Misr, Falastinga olib boradigan karvon yoli faqat bu davlatlarning ozlariga emas, balki janubda Yaman orqali Habashiston va Hindiston, shimolda Suriya orqali Misr, Vizantiya va Eronni ham bir-biri bilan boglaydigan oz davri uchun yirik va iqtisodiy ahamiyatga ega bolgan savdo yoli edi. Hijozdagi ayrim aholi yashaydigan manzillar, yol ustida joylashgan Makka, Madina, Toyif shaharlari II asrda ancha rivojlangan. Bular shuningdek, kochmanchi arab qabilalarining savdo munosabatlariga jalb etuvchi markazlar sifatida ham xizmat qilar edilar. Makka diniy markaz va savdo markazi sifatida arab qabilalari orasida etiborlisi edi. Makka markazida joylashgan Kaba islomda eng «muqaddas» hisoblanadi va «Allohning uyi» (Baytulloh) sajdagoh hisoblangan va hozir ham shunday. Undagi qoratosh (Hajar al-asvod) va uch yuz otmish sanam arab qabilalari etiqod manbaiga aylangan. Ziyoratga kelish oylari muqaddas hisoblanib, bu vaqtlar ichida qabilalarda urush va janjallar toxtatilar edi. V-VI asrlarda Makkada Quraysh nomli arab qabilasi hukmron bolib, qurayshlarning yuqori tabaqalari savdo-sotiq bilan ancha boyib ketgan, bu yerda pul muammolari, sudxorlik keng rivojlangan. Shuningdek qul savdosi va qullarning mehnatidan foydalanish ham ancha kengaygan edi. Bu davrlarda Yamanni qolga kiritish uchun Vizantiya va Eron ortasidagi kurash avj olgan edi. Yaman sosoniylar hukmronligiga otgan davrlar (572-628) Eron korfazi orqali Hindistonga boradigan yol rivojlana boshladi va shu munosabat bilan Hijoz orqali otgan yol inqirozga uchraydi. Bu hol faqat Hijoz shaharlarigagina emas, balki barcha arab qabilalari hayotiga ham jiddiy tasir korsatdi va umuman Arabiston boyicha ijtimoiy-iqtisodiy tanazzulning boshlanishiga sabab boldi. Bunday vaziyatdan chiqish uchun Arabiston shaharlari va qabilalari ortasida mavjud bolgan tarqoqlik va kelishmovchiliklarga xotima berib, barcha arab qabilalarini bir davlatga birlashtirish, ularning tarqoq bolgan iqtisodiy va harbiy imkoniyatlarini yagona kuchga aylantirish zarur edi. Ijtimoiy hayot taqozosi natijasida vujudga kelgan arab qabilalari ortasidagi markazlashishga intilish harakatlari arab jamiyatida VI asr oxiri VII asr boshlarida yuz bergan jiddiy tarixiy voqealar asosida yotar edi. Bu intilishni ozida aks ettirgan mafkura islom dini vujudga keladi va markazlashtirilgan arab halifaligining kengayishi jarayonida bu din kuchli goyaviy qurol sifatida xizmat qiladi. Arabchada «muslim» «ozini Allohga topshirgan» degan manoni beradi. Quron vujudga kelmasdan ilgari, islom ogzaki targib qilingan davrda bu soz «Alloh ixtiyoriga topshirish» mazmunini bergan. Keyinchalik «islomni qabul qilish», «itoat etish» mazmunini kasb etgan. «Musulmon», «muslim»ning bir oz ozgartirilgan shaklidir. Ayollarning muslima deb tavsiflanganlarning sababini shundan ham bilsa boladi. Diniy nazariyada Islom Alloh yuborgan songgi mujassam din ekanligi, Quron Allohning nozil qilgan kalomi bolib, Muhammad paygambarga vahy tarzida tushgan, tilovat ibodat hisoblangan. Ilk vahy-diniy talimotga kora ramazon oyining yigirma yettinchi kuniga otar kechasi, milodiy hisob bilan 610 yilning 31 iyulidan 1 avgustiga otar kechasi boshlangan va 23 yil davom etgan. Vahy tusha boshlagan tun «Laylatul qadr» deb atala boshlagan. Bu hodisa Quronning 97-«al-Qadr» surasida ifodalangan. Muhammad (s.a.v.) paygambar targibotlarini boshlagan dastlabki yillarda juda oz kishi u zotning izidan borgan. Shu bilan birga qurayshiylarning ummaviylar xonadoniga mansub bolgan va Makka siyosiy hokimiyat tepasida turgan zodagonlar osha davrdayoq uning targibotiga qarshilik korsata boshlaganlar. Makkada ahvol jiddiylashgach, Muhammad (s.a.v.) Makka hukmdorlari bilan raqobatlashib kelgan qabilalarning vakillari bilan muzokaralar olib borgan va 622 yili ularning yordamida Madinaga hijrat qilingan. Ilk islomni vujudga kelayotgan quldorlik tuzumi mafkurasi, deb baholash tarixiy va ilmiy jihatdan togridir. Biroq islom tarixidagi ayrim masalalar, voqealarni, xususan, hijraning sabablarini izohlab berish uchun bular yetarli emas. Chunki, tarixiy manbalarga qaraganda, Makka zodagonlarining ozlari birinchi navbatda quldorlar edilar. Paygambar Muhammad (s.a.v.) sahobalari, ansorlar esa, aksincha, qisman savdogarlar va ortahol kishilardan, kopchilik qismi kambagal tabaqalarning vakillaridan iborat edi. Misrlik munajjimlarning hisobicha islom dinida paygambar hisoblangan Muhammad (s.a.v.) 571 yil 21 aprelda Makkada quraysh qabilasining Hoshimiylar avlodidan bolgan Abdulloh va Omina xonadonida tugildi. Muhammad (s.a.v.) yoshligida yetim qolgan, avval bobosi Abu Mutallib song amakisi Abu Tolib qolida tarbiyalanadi. Balogatga yetgach savdogorlar orasida xizmat qilib, 24 yoshida beva boy ayol-Hadichaga uylangach, uning mablaglari bilan mustaqil savdogorlik qila boshlab, juda kop davlatlarga borgan. Muhammad (s.a.v.) 610 yili qirqqa kirganda Makkada yakka xudoga etiqod qilish togrisida targibot yurgizgan. U targibot boshlagan dastlabki yillarda, nisbatan juda oz kishi (Hadicha, Abu Bakir, Talha, Zubayr, Usmon va qarindoshlari, ayrim savdogorlar) bu targibot izidan borganlar. Shuning bilan birga osha davrdayoq qurayshlarning ummaviylar xonadoniga mansub bolgan va Makkada siyosiy hokimiyat tepasida turgan badavlat zadagonlar bu targibotga jiddiy qarshilik korsata boshlagan. Mamlakatda ahvol jiddiylashganligini korib Muhammad (s.a.v.) Madinadagi Aus va Hazraj nomli qabilalarning vakillari bilan muzokara olib borib Madinaga kochib ketgan. 622 yili yuz bergan bu kochish (arabcha «hijrat»)dan musulmonlarning hijriy yil hisobi boshlanadi. Makkadan kochib borganlar islom tarixida «Muhojirlar» (kochib kelganlar), Madinalik qabilalardan islomni qabul qilganlar esa «ansorlar» (yordamchilar) deb nom olgan. Xalifa Usmon Quroni tarixi. Uning nusxalari. Islomning ruknlaridan biri-tashahhudni-kalimai toyyibani bilish, yani Allohning birligi va paygambar Muhammad (s.a.v.) Allohning elchisi ekanligiga chin dildan iqror bolib, bu kalimani doim takrorlab yurish zarur deb hisoblanadi. Avvallari kalimai toyyiba, yoki shahodat arab tilida aytilgan bolsa, hozirgi paytda har bir musulmon Allohga etiqod qilishning bu ruknini oz tilida aytmoqda. Islom oz muxlislaridan kunda besh vaqt namoz oqishni talab qiladi. Bular-bomdod, peshin, asr, shom, xufton namozlaridir. Namoz oqishga kirishishdan oldin tahorat qilish buyurilgan. Namoz Allohga hamdu sano oqish, namozdan song oz niyatlarini aytib, undan marhamat tilashdan iborat. Islomda kundalik besh vaqt namozdan tashqari, muhim ishlar oldindan ham xudoga siginishni talab qiladi. Yana islom dinidagi kishi har yili ramazon oyida bir oy roza tutishi kerak. Haj qilish shorolar davrida juda cheklab qoyilgan edi. 1991 yildan boshlab, bu tadbirga keng imkoniyat yaratildi. Natijada respublikamizdan har yili minglab kishilar hajga borishga muvaffaq bolishdi. Har yili haj safariga musulmonlardan 4000-5000 kishi borib keladigan boldi. Islomning besh asosiy ruknlaridan biri bolgan, Haj zul-hijja oyida, Islom muqaddas shahar hisoblangan Makkaga borish u yerdagi Muqaddas joylarni ziyorat qilib, turli diniy urf-odat va marosimlarni bajarish bilan Madinaga borib, Paygambar Muhammad (s.a.v.) qabrlarini ziyorat qilish, Islom dinining beshinchi amallarini bajarishdir. Bunda musulmon kishi oz oilasini iqtisodiy tomonidan taminlab, bolalarini uylantirib oiladan iqtisodiy tomonidan qutilsa, haj qilishga qurbi yetsa hajga borishi mumkin. Bu Islomdagi beshinchi ruknni bajarish demakdir. Har bir dinning oziga xos marosimlari tizimi, bayramlari boladi. Diniy marosimlar diniy etiqod, ibodatning amaldagi ifodasini tashkil etadi. Diniy qadriyatlar, marosimlar diniy tasavvur, etiqodlar yuzaga kelishi bilan paydo bola boshlaydi. Bularning yuzaga kelishi degan ibtidoiy odamlar, keyinchalik urug va qabilalar hayotidagi muhim voqealar-farzand tugilishi, balogatga yetish, yakka nikohli oilalar yuzaga kelgach esa, oila qurish bilan bogliq bolgan. Islom yoyilgan joylarda qurbon hayit keng bayram qilinadi. Musulmon mamlakatlarda bu hayitga tayyorgarlik katta boladi; masjidda maxsus ibodat boladi, vazxonlik-amri maruf qilinadi. Hayit uch kun davom etadi. Qurbon hayiti kunlari musulmonlar oz ota-onalari, qariyalar va bemorlarni borib koradilar, ularga qollaridan kelgan yordamlarini ayamay, hurmatini oz orniga qoyadilar, qurbonlik uchun soyilgan mollarning goshtlaridan bir qismini oz urug-aymoqlariga, xususan kam taminlangan oilalarga, beva-bechoralarga tarqatadilar. Qurbonlik marosimining yana bir tartibi soyilgan mollar goshtidan taom tayyorlab, xudoyi shaklida yiginlar otkazadilar. Hijriy-qamariy taqvim-kalendar boyicha shabon oyi tugaganidan song ramazon oyi boshlanib, unda 30 kun roza tutiladi. Diniy talimotda musulmonlardan roza tutish jarayonida mohi ramazon ibodatini bajarish zarur deb hisoblanadi. Unda Quron tilovati bilan birga, xayr-ehsonlar, duoyu-iltijolar qilinadi. Binobarin, har bir momin-musulmon bu oyni ganimat bilib, ozini astoyidil xudo yoliga bagishlab kechayu kunduz toat-ibodat birla bir kun ham roza tutishni kanda qilmaslik kerak deb hisoblagan. Yana islom talimoti musulmonlardan ramazon oyida Allohdan oz gunohlarining kechishni sorab, tavba-tazarru qilish bilan bir vaqtda inson uchun noxush bolgan jahlu gazab, dilozorlik, qopolliklardan xoli bolib, xushmuomalalik, odamshinavandalik, kamtarinlik kabi fazilatlarni oziga singdirib borishi zarur deb hisoblangan. Islom talimotida, roza haqida yozilgan turli diniy manbalarda ramazon oyining mazmuni, ahamiyati, unda musulmonlarning burchi har tomonlama izohlangan. Roza oyining har bir kunini ezozlash, iftorlikka alohida etibor berish kozda tutilgan. Paygambar Muhammad (s.a.v.) 30 kun roza oyining uch dahaga bolinishini etirof etib, uni shunday izohlagan: «Bu mohi sharif shu qadar ulug bir oykim, uning birinchi on kunlik dahasi-dahai rahmat deb ataladi, yani Allohning rahmati oz bandalariga muttasil yogilib turadigan kunlaridir. Ikkinchi on kunligi-dahai magfirat, yani Alloh oz bandalarining gunohu masiyatlaridan otib avf qilib yuboradigan kunlar. Uchinchi on kunligi «itqun minan nor», yani Alloh oz bandalarini otashi dozaxdan ozod qilib yuboradigan bashoratli kunlar». Roza tutish musulmonlar uchun kop asrlardan buyon odat tusiga kirgan bolib, uning inson organizmi uchun muayyan foydasi haqida ilohiyotchilar fikrlar bildirishgan, yani bir oy davomida roza tutgan odamda «tozalanish», «poklanish» sodir boladi. Organizm ortiqcha chiqindilardan tozalanib kishi ruhi yengillashadi. Shuni etiborga olib, dindorlar bilan birga islomning barcha talablarini toliq bajarmaydigan kishilarda ham roza tutishga moyillik bor. Ramazon (Roza) oyi shavval oyining 1 kunida ramazon hayiti-iyd al fitr otkaziladi. Hayitning nomidan ham malum bolib turibdiki, roza tutmaganlar ham, bir oy roza tutgan musulmonlar ham rozadan song jon boshiga qarab fitr roza berishlari kozda tutilgan. U pul yoki oziq-ovqat shaklida nochor, kam taminlangan kishilarga masjidga beriladi. Bu hayit ham uch kun davom etadi. Hayit kunlari har bir dindor otgan kunlari uchun oziga-ozi hisob berishi, roza tutmagan yoki uni buzgani uchun belgilangan miqdorda namoz oqishi, zakot berishi, muayyan kunlar davomida roza tutishi zarur deb hisoblangan. Roza hayitni keng nishonlash odat, anana tusiga kirgan. Hayitning birinchi kuni erta bilan barcha masjidlarda musulmon ahli toplanib, hayit namozini imom-xatiblar boshchiligida oqiydilar. Xutba tinglaydilar. Uch kun hayit davomida kishilar oz ota-onalarini borib koradilar, ularga sovga-salomlar topshiradilar. Marhumlar yashab otgan uylarga, ularning qabrlariga borib duoyi fotihalar qiladilar, bazan uylarida xudoyilar uyushtiradilar. Bundan tashqari musulmonlar uchun hayit kunlari beva-bechoralarni borib korish, ular holidan xabar olish, ayniqsa muhim hisoblanadi. Ramazon oyi tugagan kunlari fitr-sadaqa (fitr-roza) har bir jon boshiga bir kunlik ovqat hisobida kambagal, yupun kishilarga yigib beradilar. Zotan, zakot al fitr aynan shu maqsadda yigib olinadi. Yuqorida aytganimzdek, roza tugashga uch kun qolgan tun-«laylatulqadr» kechasini musulmonlar tantana bilan otkazadilar. Roza kunlarining eng muqaddasi-ramazonning mana shu 26 dan 27 ga otar tuni dindor kishilar koz yummay, arshi-alodan keladigan mojizani kutadilar. Islomda Muhammad paygambarning arshi aloga chiqishi-meroj alohida nishonlanadi. Rivoyatlarga kora, Muhammad rajab oyining 27-kunida al-Buroq nomli afsonaviy otda tunda Makkadan Quddusi sharifga, song u yerdan Alloh taxti-arshi-aloga mojizali safar qilgan; Allohning marhamatiga sazovor bolib, u bilan suhbat qurgan. Bu suhbat davomida Muhammad 99 ming soz aytgan. Xulosa Toshkentdagi Mushafi Usmon tarixi. Endilikda dunyoda tort nusxada saqlanib qolgan Hazrati Usmon mushafidan biri Ozbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanmoqda. Usmon mushafi Chor Rossiyasi Orta Osiyoni bosib olguncha Samarqandda, Xoja Ahror madrasasida saqlanar edi. Mazkur Quron 5553 varaqdan iborat bolib, varaqlar olchami 68x53 sm., matn hajmi 50x44 sm.dir. Sahifalar kiyik terisidan ishlangan bolib, har biriga 12 qatordan chiroyli kufiy xatida yozuv bitilgan. Kop varaqlari yoqolgan va keyinchalik qogoz sahifalar bilan toldirilgan. Quronning Samarqandga keltirilishi haqida ham xalq orasida har xil rivoyatlar bor. Ularning eng ishonarlisi, bu Quron Sohibqiron Temur tomonidan Basradan koplab qolyozma kitoblar va boshqa oljalar bilan birga Samarqandga keltirilgan va mashhur Temur kutubxonasiga qoydirilgan. Temuriylar davridagi ozaro kelishmovchiliklarda Temur kutubxonasi yondirilib yuborilgan, tasodifan shu nusxa omon qolgan, degan versiyadir. Quronni chuqur ilmiy taftish etgan Sankt-Peterburglik sharqshunos olim A.B.Shebuninning fikricha, Quron Basradan Sohibqiron Temur tomonidan Samarqandga keltirilgan, chunki, Shebunin Parij, Berlin va Makkadagi hamda boshqa nusxalariga solishtirib, bizdagi Quronning Basra nusxasi ekanligini isbotlab berdi. 400 yil davomida bu muqaddas kitob Samarqandda saqlandi. 1868 yilda rus askarlarining Samarqandga bostirib kirishi bilan xalqimizning moddiy, ma'naviy boyliklariga tajovuz boshlandi. Albatta, bu tajovuzdan Usmon Mushafi ham chetda qolmadi. Musulmonlar Quronni tezlikda bekitib Buxoroga jonatmoqchi boladilar. Biroq bu xabar Zarafshon olkasining boshligi general Abramov qulogiga yetib, Fan uchun bunday nodir, bebaho, qadimiy yodgorlikni qoldan chiqarmaslik uchun hamma chora korilsin deb polkovnik Serovga buyruq beradi. Serov Quronni general Abramovga keltiradi. Abramov esa uni zudlik bilan 1869 yil Peterburgga Imperator kutubxonasiga alohida kuzatuvchilar bilan yuboradi. Rus ishbilarmonlari qulay fursatdan foydalanib, Quron tufayli boylik ortirish yoliga otdilar. Masalan, 1895 yili Quronning bir varagi 2000 nusxada chop etildi. 1905 yili esa Ilyos ibn Axmad Shoh Yosin surasini foto nusxasini chiqardi. Shu yili S.Pisarev Quronni faksimilda 50 nusxa chop etib, 25 nusxasini sotishga chiqardi. Har bir nusxasiga 500 som baho qoyildi. U Quronni asl nusxasiga oxshatish uchun hajmini ham eskicha qoldirdi. Hozir bu nusxadan respublikamizda ikkita bolib, biri Ozbekiston musulmonlari diniy idorasining asosiy kutubxonasida, ikkinchisi Temuriylar tarixi davlat muzeyida saqlanadi. 1923 yil 23 iyulda Butunittifoq Markaziy Ijroqomi Usmon Quronini Turkistonga qaytarishga qaror qiladi. Muqaddas yodgorlikni Ufadan Toshkentga maxsus komissiya kuzatuvida olib kelinadi. 1923 yil 18 avgustda Toshkentdan Sirdaryo diniy idorasiga qarashli Xoja Axror Jome' masjidiga topshiriladi. Quronga Sharqning juda kop olimlari tomonidan turli tafsirlar yozilgan. Quron XII asrdan boshlab Yevropa xalqlari tillariga, jumladan, lotin tiliga tarjima qilina boshlagan. XVIII asr boshlarida Yevropa xalqlari tillaridan, XIX asr ortalarida esa arabcha asl nusxasidan rus tiliga tarjima qilingan. G.S.Sablukovning arabchadan daslabki tarjimasi Qozonda uch marta (1878, 1894, 1907 yillarda) nashr qilingan. Akademik I.Yu.Krachkovskiy tomonidan amalga oshirilgan Quronning ilmiy izohlari bilan rus tilidagi adekvat tarjimasi mashhurdir (1962, 1986 y.). Mamlakatimiz mustaqil bolganidan keyin Quronni ozbek tiliga tarjima qilishga kirishildi. 1992 yilda Quron ozbek tiliga Alouddin Mansur tarafidan tarjima qilinib, Cholpon nashriyotida kop nusxada nashr etildi. 2001 yilda Quroni Karim ma'nolarining tarjimasi Abdulaziz Mansur tomonidan amalga oshirildi va Toshkent islom universiteti nashriyotida 50 ming nusxada chop etildi. Foydanilgan adabiyotlar 1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Тoshkent, «O’zbekiston», 2012 yil. 2. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi qonuni (yangi tahriri). T.: Adolat 1998 yil. 3. Prezident I. A. Karimovning O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 23 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so’zi. Xalq so’zi gazetasi 2014 yil 1 sentyabr soni. 4. Karimov I. A. O’zbekiston xalqiga tinchlik va omonlik kerak. T.: O’zbekiston 2013yil.Karimov I. A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. T.: O’zbekiston. 2011yil. Karimov I. A “Inson huquqlari va erkinliklari eng oily qadriyat” Тoshkent “O`zbekiston ” nashriyoti 2007 yil.Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. T.: “Ma’naviyat”, 2008 y. 5. At-Termiziy. Shamoili Muhammadiya. Sayid Mahmud Taroziy-Alixon to’ra tarjimasi. T.: “Mehnat” nashr, 1991. 6. Ибрагимов Н. И. Святых в исламе по арабским источникам XII-XIV вв; Ислам в истории народов Востока. М., 1991 год. 7. At-Termiziy. Sahih at-Termiziy. A.Abdullo tarjimasi. T.: G’.G’ulom nomidagi “Adabiyot va san’at” nashriyoti, 1993. 8. Ismoil Mahdum. Toshkentdagi “Mushafi Usmoniy” tarixi. T.: 1996. 9. Imom al-Buxoriy. Al-Jomi as-Sahih: IV jild. T.: Qomuslar bosh tahririyati, 1991-1993. 10. Imom al-Buxoriy. Al-Adab al-Mufrad. T.: O’zbekiston, 1990. 11. Uvatov U. Muslim ibn al-Hajjoj. T.: A.Qodiriy nashriyoti, 1998. 12. Uvatov U. Muhaddislar Imomi. T.: “Ma’naviyat”, 1998. 13. Ислам. Энциклопедический словарь. М.:1991. 14. Хрестоматия по Исламу. М.:1994. 15. Islom ma’rifati. Toshkent, «Islom universiteti», 2005 yil. 16. Islom ensiklopediyasi. Toshkent, “O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi” 2004 yil. 17. Qur’oni Karim. (A. Mansur tarjimasi). Toshkent, 1992 yil. 18. Juzjoniy A.Sh. Islom huquqshunosligi. Toshkent, «Islom universiteti», 2002 yil. 19. Jo’rayev U., Saidjonov I. Dunyo dinlari tarixi. Тoshkent, 1998 yil. . Download 22.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling