Mavzu № jamiyat sotsial strukturasi va stratifikatsion jarayonlar. Reja


Download 37.82 Kb.
bet7/13
Sana08.01.2022
Hajmi37.82 Kb.
#241909
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
4- mavzu maruza

Nufuz (prestij). Darajasi muayyan sotsial maqom bilan mos keluvchi jamiyatdagi obro‘, e’tibor, hurmat bilan o‘lchanadi. Nufuz – qo‘l bilan ushlab bo‘lmaydigan, faqat nazarda tutiladigan hodisa sanaladi. Ammo, kundalik hayotda inson odatda nufuzga salmoqli tus berishga harakat qiladi – unvonlar beradi, hurmat-e’tibor rasm-rusumlariga rioya qiladi, faxriy darajalar beradi, o‘zining «yashashni bilishi» ni namoyish etadi. Bu harakatlar va ob’ektlar sotsial muhimlik darajasini aks ettiruvchi nufuz belgilari rolini bajaradi.

Odamlarning bir-biri bilan o‘zaro aloqalari tarkibiga ularning bir-biriga ko‘rsatishi va bir-biridan olishi lozim bo‘lgan hurmat-e’tibor darajasiga doir muzokaralar kiradi. Hatto oddiy so‘zlashuvga ham, agar so‘zlarimizga e’tibor beriladigan bo‘lsa, biz bu gaplarga diqqat bilan quloq solishimiz haqidagi muayyan pinhona ahdlashuv xos. Biz o‘zimizdan yuqori darajadagi odamga turli usullar bilan hurmat-e’tibor ko‘rsatamiz. Masalan, tanishuv taomilida ramziy harakatlar – ta’zimlar, komplimentlar qo‘llaniladi. O‘zini olib qochish taomilida ayni shu maqsadga obro‘li shaxslarga nisbatan «tegishli masofa» ni saqlash orqali erishiladi.

Obro‘ qozonish va uni saqlab qolish uchun boylik va hokimiyatga ega bo‘lishning o‘zi kifoya qilmaydi. Ular umume’tiboriga havola etilishi lozim, zero obro‘ faqat aniq faktlar asosida qozonilishi mumkin. Hozirgi vaqtda aksariyat odamlarning nufuzi, qoida tariqasida, ularning daromadi, kasb-kori va turmush tarzi bilan belgilanadi. Ayni vaqtda insonning shaxsiyati va kirishimliligi ham juda muhim. Garchi ko‘pchilik hali-hanuz pul hamma narsadan muhim deb hisoblasa-da, lekin insonning turmush tarzi va u ilgari suradigan qadriyatlar hozirgi vaqtda uning nufuzini belgilashda ayniqsa muhim rol o‘ynaydi. Zamonaviy jamiyatlarda ayrim kasblar yuqori nufuzga, ayrimlari, o‘rtacha, yana boshqalari esa pastroq nufuzga (prestijga) ega bo‘lishadi. Masalan, bizning jamiyatda eng obro‘li kasblar sifatida huquqshunos, shifokor, iqtisodchi, psixologlar, pastroq nufuzga ega bo‘lgan kasb-hunarlar sifatida esa farrosh, ko‘cha tozalovchi, mardikor, yollanma ishchilar nazarda tutiladi.

Hokimiyat. Aynan qaysi odamlar yoki ularning guruhlari o‘z mayllari va mo‘ljallarini ijtimoiy hayot voqeligiga aylantira olishlari mumkinligini belgilaydi. Hokimiyat bu ayrim shaxslar va sotsial guruhlarning o‘z hukmini boshqalarga o‘tkazish va mavjud resurslarni maqsadga erishish uchun safarbar qilish qobiliyatini namoyon etadi.

Hokimiyat asoslarini tashkil etuvchi resurslarning uch toifasi farqlanadi.

1. Majburlash – mazkur resurslarga ega bo‘lgan tomonga muayyan vaziyatga yangi cheklashlarni joriy etish imkonini beruvchi resurslar.

2. Rag‘batlantiruvchi motivlar bir tomonga vaziyatga yangi ustunliklar berish uchun imkoniyat yaratuvchi resurslar.

3. Ishontirish kuchi bir tomonga boshqa odamlarning ko‘z qarashlarini muayyan vaziyatga kamchiliklar yoki ustunliklarni kiritmasdan o‘zgartirish imkonini beruvchi manbalar.

SHunday qilib, muhim resurslarni o‘zlashtirish-odamlar ustidan hukmronlikni qo‘lga kiritish demak. Eng muhim resurslarni nazorat qilish - o‘zini, yoki o‘z guruhini odamlar bilan ularga o‘z biologik, psixologik va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish imkonini beruvchi vositalar o‘rtasiga qo‘yish demakdir.




Download 37.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling