3 Iqtisodiy holat. Stratifikatsiyaning iqtisodiy darajasi boylik va daromad bilan belgilanadi. Boylik deganda odamlar egalik qiluvchi moddiy ne’matlar tushuniladi. Daromad soddalashtirilgan ko‘rinishda, odamlar oluvchi pullar miqdori sifatida tavsiflanadi. Masalan, inson ulkan boylikka ega bo‘lishi va undan oz miqdorda daromad olishi mumkin; bunday odamlar qatoriga noyob tangalar, qimmatbaho toshlar, san’at asarlarini kolleksiya qiluvchilar va boshqa shunga o‘xshash odamlar kiradi. Boshqa bir odam katta maosh olishi, hashamatli hayot kechirishi, lekin boy bo‘lmasligi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |