Mavzu : Kamyob elementlarning gravitatsion usulida boyitish qurilmalarining hisobi. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


II.2.Kamyob metallarni gravitatsion boyitishning ahamiyati


Download 185 Kb.
bet4/8
Sana09.01.2022
Hajmi185 Kb.
#267098
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kamyob elementlarning gravitatsion usulida boyitish qurilmalarining hisobi.

II.2.Kamyob metallarni gravitatsion boyitishning ahamiyati.

Kamyob metallar boshqa metallardan yuqori zichiligi bilan ajralib turadi va u bilan birga kelgan minerallar ham zichligi yuqori bo’ladi. Shu sababdan tug’ma holdagi nodir metallarni ajratishda gravitatsiya usulida boyitish samara beradi. Ko’pchilik oltin tarkibli rudalar tarkibida ma’lum miqdorda sof oltin (+1)mm, uchrab nafaqat flatatsiyada yomon ajraladi balki gidrometallurgiyada ham yomon ajraladi. Shu sababdan rudalarni boshlang’ich gravitatsiya usulida boyitib yirikllari ajratib olinadi, ularning chiqindiga chiqishini oldini oladi va tezroq sotish maqsadida tayyor mahsulot olinadi.

Zamonaviy amaliyotda ildizsimon konlar rudalaridan oltin ajratib olish uchun gravitatsiya usulida boyitishda quyidagi asosiy dastgohlar qo’llaniladi:cho’ktirish
mashinalari, shlyuzlar, konsentratsion stol, barabanli konsentratorlar, qisqa konusli gidrosiklonlar. Cho’ktirish mashinalarida oltin ajratib olish. Cho’ktirish mashinasida boyitish mineral zarralarning zichligi hisobiga tebranuvchi oqimda ajralishiga(cho’kishiga) asoslangan.

Gravitatsiya usulida boyitish ruda bo‘lakchalarining zichligi va yirikligi hamda formasiga asoslangan.

Minerallar zichligiga ko‘ra qo‘yidagi turga bo‘linadi:


  1. Og‘ir - zichligi 4000 kg/m3 dan ortiq tug‘ma oltin;

  2. O‘rta - zichligi 2700-4000 kg/m3;

  3. Engil - zichligi 2700 kg/m3 gacha.

Gravitatsion ajratib olish natijasida olingan mineral zarrachalar guruhi fraksiya deyiladi. Yuzaga chiqqan zarrachalar engil fraksiya, cho‘kkanlari og‘ir fraksiya, muallaq holdagisi esa qiyin fraksiya deyiladi.

Gravitatsion boyitish - konchilikda foydali qazilmalarni boyitish usullaridan biri minerallar zichligi orasidagi farq hisobiga amalga oshiriladi. Gravitatsion boyitishning cho‘ktirib ajratish boyitish stollarida ajratish suv quyunlarida (gidrotsiklon) boyitish va boshqa turlari mavjud. Gravitatsion boyitish har xil muhitlarda borishi mumkin. Suvli boyitishda suv, og‘ir suspenziyalarda, pnevmatik boyitishda havo bilan bu jarayon davom etadi.

Fraksiya - toifa, bo‘lak, guruh, sinf-aralashmaning o‘rtacha xossalaridan farq qiluvchi xossaga ega bo‘lgan va undan ajratib olingan qismiga aytiladi.

Fraksion analiz - zichliklari har xil bo‘lgan fraksiyalar cho‘ktirib saralash ma'dantosh tarkibidagi javharlarning zichligi va solishtirma og‘irlikliklarining farqi hisobiga ularni bir- biridan ajratish jarayoni pulsatsiyalanuvchi muhit suv va havoda olib boriladi. CHo‘ktirib saralash gravitatsion boyitishning eng ko‘p tarqalgan turidir.



Cho’ktirish mashinasi


Yanchilgan ruda bo’tana shaklida cho’ktirish mashinasining setkasiga beriladi. Mayda mahsulotni boyitish vaqtida setka ustiga boshlang’ich sun’iy to’shag to’shaladi.

Su’iy toshagnining zichligi og’ir fraksiya zichligidan past, yengil fraksiya zichligidan yuqori bo’lishi shart. Oltinli rudalarni boyitish vaqtida sun’iy to’shak sifatida metal o’qlardan yoki gematit rudalaridan foydalaniladi. To’shak bo’laklarining yirikligi boyitiluvchi mahsulot yirikligidan 3-6 marta kata bo’lishi kerak. Pul’pa materiallari to’shag ustida setgaga tomon harakatlanadi. Qattiq zarralar cho’kish kuchi ta’sirida tez to’shakka cho’kadi, ammo ularning cho’kish tezligi har xil. Bu og’ir zarralarda yengilga qaraganda tezroq. Suvning yuqoriga ko’tarilishida bo’sh tog’ jinslari yuqoriga harakatlanadi og’ir oltinli zarralar esa ko’tarilmay cho’kib qoladi. Pasayib boruvchi oqimda oltin setga tomonga harakatlanishga ulguradi va yengil fraksiyani orqada qoldiradi. Diafragmalar yordamida doimiy suv pulsatsiyasi ta’minlanadi, natijada mahsulotlar zichligiga ko’ra qatlamlarga ajraladi: oltin va boshqa o’gir fraksiyalar to’shag orasidan o’tadi va setga ostiga bo’shatiladi, yengil zarra va bo’sh tog’ jinslari to’shag

ustki qatlamida qoladi va slivnoy parog deb ataluvchi og’izdan bo’shatiladi. Cho’ktirish mashinasiga suv mahsulot bilan birga beriladi, shuningdek ma’lum miqdorda suv setga(g’alvir) ostidan qo’shimcha berilishi mumkin.

Boyitishning uzluksiz siklida ishlaydigan cho‘ktirish mashinasining tushagida minerallar uch qavat qilinib joylashtiriladi: ustki qavatida zichligi kichik zarrachalar, o‘rta zichlikka ega bo‘lgan zarrachalar o‘rta qavatda, zichligi katta bo‘lgan zarrachalar quyi qavatda joylashgan.

Ikkinchi sex sharoitida ishlaydigan OMR-1A cho‘ktirish mashinasidagi to‘shak balandligi setka tekisligidan 160mm balandlikda joylashadi. OMR-1A to‘shagida minerallardan aniq ajralishi qo‘yidagilarga bog‘liq:


  1. Dastlabki mahsulot to‘shak sirtiga to‘g‘ri berilishiga.

  2. Yengil fraksiyadan bo‘shatilishiga.

  3. Og‘ir fraksiyasidan cho‘ktirish kamerasiga yuklanishiga.




  1. Y engil zarrachalarda to ‘ shak ustiga chiqishiga bog ‘liq.

Dastlabki mahsulot to‘shakning butun yuzasi bo‘yicha tekis

taqsimlanishi kerak. Bo’tana oqimi yengil fraksiyasidan tarqalishiga yetarli bo‘lishi va og‘ir fraksiya zarrachalarini yuvib yubormasligi kerak. Oqim tezligi kamayganda yengil fraksiyalar yig‘ilib qolib cho‘kish jarayonning to‘xtalishiga olib keladi.

OMR-1A havo kameralariga ega. Mashina korpusi alohida joylashgan uchta kameradan iborat. CHo‘ktirish rejimiga pulsatsiya chastotasi va havo bosimning ta'siri katta havo bosimi ortganda oqim tezligi va tebranish amplitudasi ortadi. Qiya tekislikda suv oqimida boyitish - suv oqimining dinamik ta'siri ostida rudazarrachalarining harakatlanish xarakteriga qarab farqlanishiga asoslanadi. Mineral zarralarining ajralishi qiya tekislikda chuqurligi kichik bo‘lgan suspenziya oqimi harakatlanishi asosida amalga oshiriladi.
Cho’tirish mashinalarining asosiy yutug’lari

quyidagilar:tasniflanmagan mahsulotlarni ham qayta ishlash imkonining mavjudliligi; yuqori ishlab chiqarish unumdorligi; pulpaning suyuq:quyuq fazasi past holida ham ishlay olish imkoning mavjudligi. Sochma kon (oltin, volfram, qalay va kamyob metallar) rudalarini boyitishda shlyo’z deb ataluvchi dastgohdan foydalaniladi.

Shlyuz - to’g’ri burchak shakldagi qiya tarnovchadan iborat bo'lib, uning tubiga trafaret yoki juni o'siq, mato (kigiz, tuki o'siq, movut, g'adir- budir rezina va h.k.) to'shaladi.

Shuningdek, metal trafaretlar ham ishlatiladi. Ular suvning uyurma (girdob) oqimini hosil qiladi, g'adir-budir materialdan tayyorlangan qoplamalar esa shlyo’zning tubi bo'ylab harakatlanayotgan zarrachalarga qarshilikni oshiradi va quyi qatlamlarda suv harakatini pasaytiradi.

Trafaret va qoplamalar shlyo’zlar ishining sifat ko'rsatkichlarini belgilovchi muhim omil hisoblanadi.
Trafaretlarning balandligi suv oqimi chuqurligidan katta bo'lmasligi kerak, o'z navbatida u boyitilayotgan mahsulot yirikligiga harab tanlanadi. Odatda oqim chuqurligi boyitilayotgan maxsulotning eng katta zarrachasi o'lchamidan 2-3 marta katta bo'lishi kerak.

Bo'tana shlyo’z bo'ylab harakatlanganda minerallar aralashmasidagi zarrachalar zichligi va yirikligiga harab ajraladi. Avval shlyo’z tubiga og’ir minerallar cho'kadi; ular trafaretlar orasida to'planadi va g’adir-budir yuzada ushlab qolinadi. Yirik mayda toshlar hamda yengil zarrachalar suv oqimi bilan shlyo’zdan chiqib ketadi.

Vaqt o'tishi bilan trafaretlar orasi va junli qoplama uyalari (ko'zlari) da og'ir mineral zarrachalari yig'iladi. Yig'ilib-yig'ilib oxiri uyalar to'ladi va shlyo’zga mahsulot berish to'xtatiladi. Cho'kkan maxsulot shlix deyiladi. Shlix ajratib olinadi.

Cho’kmani ajratib olish operatsiyasi chayish deyiladi. Avval yuqori qatlamda qolgan yengil zarrachalarni ajratib olish


uchun shlyo’zga suv beriladi. Keyin suv berish to'xtatiladi va trafaretni ajratib olishga kirishiladi, bunda to'plangan mahsulot suv bilan yaxshilab yuvib tushiriladi. Bu mahsulot yog'och yoki metall kurakchalar yordamida shlyuz tubi bo'ylab yuqoriga ko'tarib beriladi (bo'sh tog' jinslarini ajratish uchun). Yirik bo'laklar qo'l bilan olib chiqindilar to'planadigan maydonga jo'natiladi. Shlyuz tubida qolgan homaki kontsentrat alohida idishga yuvib tushiriladi va shlyuz yaqinida joylashgan tozalash dastgohlariga uchun yuboriladi.

Junli matoni yuvish maxsus idishda amalga oshiriladi. Shlyo’zlarda cho'kmani ajratib olish ancha qiyin, ko'p mehnat sarflanadigan operatsiya hisoblanib, hozirgi ishlab chiharilayotgan zamonaviy shlyuzlarda bu jarayon avtomatlashtirilgan.

Shlyuzlarning asosiy texnologik ko'rsatkichlari: qattiq zarrachalarning bo'tanadagi miqdori (bo'tananing zichligi), oqimning chuqurligi, shlyo’zning qiyalik burchagi, shlyuz
tubining turi, shlyuzning kengligi. Ular boyitilayotgan mahsulotning xossalariga harab tanlanadi.

Bu ko'rsatkichlar ishlab chiharish unumdorligi, ajralish va boyitmaning sifati kabi boyitish ko'rsatkichlarini belgilaydi.



Avtomatik shlyo’zlarning texnik harakteristikasi

Parametrlar

SHA-1M

34-KS

346-KS

Yuzaning o'lchami, mm: o’zunligi, kengligi

1800 х900

1800x 1800

1800 x1800

Yuzaning umumiy maydoni, m2

8

16

16

Yuzalar soni

5

5

5

Shlyo’zda boyitishda yuzaning qiyalik burchagi, gradus

9x45

9x45

4x12x45

Boyitiluvchi mahsulotning yirikligi, mm

0,3 gacha

Elektrodvigatel quvvati, kVt

1,7

1,7

0,4

"Gabarit o'lchamlari, mm: o’zunligi, kengigi, balandligi

1650x 1345 x3320

2840x 2250x 3320

2810x 2205 x3540

Og’irligi, t

2,5

2,28

1,41




Chuqur to'ldiriluvchi shlyuzlar qalinligi 40-50 mm li taxtadan to’g’ri burchak kesimli qilib tayyorlangan tarnovchadan iborat. Shlyo’zlarning o’zunligi 150-180 m, kengligi 0,9-1,8 m, chuqurligi (balandligi) esa 0,75 dan -9 m

gacha bo'ladi. Shlyo’zning qiyalik burchagi 2-3°. Shlyuz tubiga trafaret to'shaladi. Ko'pincha, trafaretlar orasida cho'kuvchi mayda og’ir minerallarni ushlab qolish uchun butun shlyuz tubi bo'ylab trafaret ostidan junli mato joylashtiriladi.

Mayda zarrachali mahsulotni boyitish uchun sayoz to'ldiriluvchi shlyuzlardan foydalaniladi. Bunday shlyuzlar tubiga kigiz, dag'al tukli movut, karderoy, velvet kabi qoplamalar to'shaladi.

Shlyuzlarning solishtirma ishlab chiqarish quvvati mahsulotning yirikligi, boyitmaning chiqishi va junli qoplamaning turiga qarab 2 dan 30 t/m sutkani tashkil qiladi.

Shlyuzlarda boyitishga sarflanadigan suvning hajmi mayda mahsulotni boyitishda va qiyalik burchagi katta bo'lganda sarflanadigan

suv miqdori har 1 m3 ruda uchun 3-10 m3 , 200-300 mm3 yiriklikdagi rudaniboyitishda esa 1 m3 ruda uchun 100 m3 gacha suv sarflanadi.



Download 185 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling