Mavzu : Keys stadi texnologiyasdan tarix darslarida foydalanish
Download 39 Kb.
|
Keys stadi metodi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shunday qilib, “Keys stadi” yordamida o’qitishda muammolar aniqlanadi, yechimlar topiladi, tavsiyalar ishlab chiqiladi
- Shunday qilib, keyslar bilan ishlashning umumiy qoidasi –“chegaradan tashqaridagi” axborotdan foydalanish mumkin emas!!!
Mavzu : Keys stadi texnologiyasdan tarix darslarida foydalanish. “Case” so’zi, lotincha “casus” – “voqea, hodisa” so’zidan kelib chiqqandir.Boshqacha aytganda, bu tushuncha hayotda yuz beradigan qandaydir voqea yoki hodisani, aniq bir vaziyatning tafsilotini anglatadi. Umuman olganda, keys stadi (aniq bir holat yoki vaziyat) muayyan jarayonda sodir bo’ladigan haqiqiy voqelikni so’zlar, raaqmlar, obrazlarda ifoda etishda namoyon bo’ladi. Bundan tashqari, bu ifoda ta’lim sohasida, hodisa yoki vaziyatning tadqiq etish uchun ishlatiladigan axborot, stenografiya sifatida qo’llaniladi. Keys stadi hodisa yoki vaziyatning oddiy tafsilotidan farqli o’laroq, u o’quv materialini o’zlashtirish uchun ko’maklashuvchi axborotni o’z ichiga oladi. Bunga duch kelgan muammoni aniqlash va uning yechim yo’llarini izlash orqali erishiladi. Keys stadi muayyan o’quv maqsadli bilim olish vositasi sifatida ishlab chiqilishi zarur. Ushbu maqsadlar keng ko’lamli bo’lib, axborotlar, ma’lumotlar tafsilotlar yoki bilan ta’minlanishini nazarda tutadi, ular muayyan qarashlar yoki usullarni namoyon etishda qo’llanilishi mumkin. “Keys stadi” atamasini o’qitish va tadqiq etish yo’nalishlarida qo’llashda turlicha yondoshish zarurligini alohida qayd etish lozim. Mutaxassislar mazkur terminni tashkilotlarni jadal o’rganish, ifodalash va tahlil etish uchun ishlatadilar, uning natijasida yangi nazariya yaratiladi, mavjud nazariya tekshirib ko’riladi, yangi yechimlar aniqlanadi. Keys usuli birinchi marta Garvard biznes maktabida bo’lg’usi advokatlarni amaliy malakalarga o’rgatishda ishlatila boshlangan edi.Vaziyatlar mazmuni va tafsilotini ifodalashning turli xil ko’rinishlari mavjud. Keys stadi bir yoki bir necha iboralardan tortib, yuzlab varaqlardagi hajgacha ega bo’lishi mumkin. Yirik hajmdagi keys stadiga duch bo’lgan o’quvchilar, odatda keys-stadining tafsiloti qanchalik yirik bo’lsa, shunchalik murakkab deb hisoblaydilar. Bu noto’g’ri xulosadir – chunki ko’pchilik qisqa keyslar chigalroq bo’ladi. Keysni tuzishda muayyan vaziyatni ifodalash uchun uning yozma shaklidan shart emas. Vaziyatlarni ifodalash uchun fotografiya, videofilmlar, audioyozuvlar yoki slaydlardan foydalanish mumkin. Barcha ushbu vositalar o’quvchilarga vaziyatni haqiqatda yaqinroq gavdalantirishga yordam beradi. Shu bilan birga yozma shakldagi axborot, masalan fotografiya shaklidagi axborotdan ko’ra qayta ishlash va tahlil etish qulayroqdir. Bu hollarda fotografiyalarni yozma shakldagi axborot bilan to’ldirish zarur. Yozma keyslarni o’rganish tajribasi bo’lgan o’quvchilarni o’qitishda multivositalar axborotlardan foydalanilgan keyslarni qo’llash maqsadga muvofiqdir.Keys stadi ( muayyan vaziyatlar) individumlar, sheriklar, guruhlarda, korxonalarda, hattoki butun bir mamlakat miqyosida o’zining ta’lim xususiyatiga ko’ra yuzaga keluvchi muammolarni ifodalash mumkin. Keyslar ta’limning turli sohalarida: Oliy ta'limda, tarix darsida, biznes, boshqaruv, tibbiyot, arxitektura, qurilish hamda nostandart muammolar majmuasi yechimini qabul qilish malakasini talab etadigan barcha fanlarda qo’llanilishi mumkin. Shunday qilib, “Keys stadi” yordamida o’qitishda muammolar aniqlanadi, yechimlar topiladi, tavsiyalar ishlab chiqiladi Sifatli keys stadilar, ularni tayyorlash, rasmiylashtirish va tekshirish uchun ko’p vaqt talab etiladi. Va shu bilan birga, to’g’ri tuzilgan va o’quv faniga kiritilgan keys stadi fanni o’zlashtirishda ko’zlangan natijalarga erishishga imkoniyat beradi.Ishchan keys stadilar tuzishning quyidagi ketma-ketligiga rioya qilish tavsiya etiladi.Keysni o’rganish maqsad va vazifalarni ishlab chiqish – mazkur bosqichda o’qituvchi o’qitiladigan fan bo’yicha o’quvchi o’zlashtirishi zarur bo’lgan bilim va malakalarga o’z e’tiborini qaratadi. Oldin o’rganilgan material bilan qo’yilgan maqsadning so’zsiz muvofiqligiko’zda tutilgan bo’lishi zarur. Keys-stadilarni tuzish va qo’llashning asosiy tamoyillari yetarli darajada umumiydir.Keysning maqsad va vazifalariga muvofiq materiallar tanlash – keysning materiali muammoni ochib berishi lozim va mazkur muammo keys oldiga oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalarga mos bo’lishi kerak. Keyslar haqiqiy vaziyatlarning aniq tafsilotini namoyish etishlari yoki muallifning ijod natijalaridan bir oz qo’shilgan bo’lishi mumkin. Keyslar uchun ma’lumotlar va materiallar sifatida yuqorida ko’rsatilganidek, gazeta maqolalari, tashkilotlarning hujjatlari, u yoki bu sohadagi tashkilotning faoliyati bo’yicha xususiy kuzatuvlar, mutaxassislarni fikri, iste’molchilarning fikri, statistika qo’mitasi ma’lumotlari, diagramma, fotohujjatlar, multimediya materiallari, slaydlar va hakazolar xizmat qilishi mumkin. Materiallarni birlamchi qayta ishlash. Ushbu bosqichda olingan ko’p sonli axborotlardan keys stadi axborotlardan keys-stadi maqsadlarga mos keluvchi, foydali tanlab olinadi. Keys-stadida qo’llaniladigan integrallashgan tahlil ko’p shakllarga ega bo’lishi mumkin. U asosan qo’shimcha ma’lumotlarni tarmoq hisobotlari, texnik hujjatlar, kompaniyalar hisobotlari, shaxsiy tajribalar va hakazolar kiritish va tahlil etishdan iborat.Keys turini aniqlash. Keys stadi tayyorlash usuli bo’yicha turlicha bo’lishi mumkin. Yozilishi joyiga ko’ra keys-stadilar “maydoncha” (ya’ni ob’ektda – firma yoki kompaniyada) yoki o’qituvchining ish stolida tayyorlanishi mumkin bo’lsa, keys-stadidafoydalaniladigan manbalar rasmiy (ya’ni nashr etilgan) yoki norasmiy (ya’ni dastlabki manbalardan olingan) ko’rinishiga ega bo’lsa, ko’rsatilgan ikki o’zgaruvchi jamlamasidan to’rt xil keys-stadi hosil bo’ladi: “kutubxona”, “klassik” va “kabinet”. “Kutubxona” keys-stadisi tashqi tomonidan “maydonda”gi tadqiqot natijasida tayyorlangan keys-stadisiga o’xshab ketadi. Ularda korxona faoliyati haqida ommaviy axborot vositalarida (televideniya bilan birga) va davlat boshqaruv organlarida (statistik, nazorat, sud va h.k) chop etilgan axborotlar keng miqyosda foydalaniladi. “Kabinet” keys-stadilar muallifning tadqiqotlari boshqaruv sohasidagi o’qituvchiligi va maslahatchiligida to’plagan boy tajribalariga asoslanadi.Keys maqsadi va vazifasiga muvofiq materialni moslash. Haqiqiy vaziyatlar tafsilotini tayyorlashda, odatda kompaniya, muassasa, tashkilot rahbariyati, uning raqobatchilari olingan axborotdan foydalanishiga to’sqinlik qilish maqsadida ularning manzillari o’zgartirishini, niqoblanishini talab etadi. Ushbu holatlarda tadqiqot ob’ektining uydirma nomlaridan foydalanish mumkin, ular uydirma bo’lmasligi kerak, chunki vaziyatning ko’rinish tafsiloti tubdan o’zgartirib haqiqatdan farq qilishi mumkin. Keys metodning asosiy vazifasi – bu o’quvchilarga tarkiblashtirilmagan muammolar majmuasini yechishni o’rgatishdan iborat, ushbu turdagi muammolarni muayyan analitik usul yoki yo’l bilan yechib bo’lmasligi aniq. Shuning uchun, o’qituvchi o’quvchi oldiga aniq vazifa qo’yishi lozim: yoki masalani yechish yoki keys-stadini bajarish. Buning uchun berilgan topshiriq bo’yicha o’qituvchi o’quvchining nuqtai nazari bilan o’zinikini solishtiradi, o’quvchi tushunchasiga tuzatish kiritadi.“Sase-studu” uslubidan o’qitishning kasbga yo’naltirilgan texnologiyasi sifatida foydalanish algoritmlash qiyin bo’lgan murakkab jarayon hisoblanadi. Shunday bo’lsada, uni rasman quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin: - o’quvchilarni keys matni bilan tanishtirish; - keysni tahlil qilish - keysni muhokama qilish, munozara, taqdimot; - munozara ishtirokchilarini baholash; - munozarani yakunlash. O’quvchilarni keys matni bilan tanishtirish va keysning navbatdagi tahlili, ko’pincha, uning muhokamasidan bir necha kun oldin amalga oshiriladi va o’quvchilarning mustaqil ishi kabi joriy etiladi; bunda tayyorgarlikka ajratilgan vaqt keysning turi, uning hajmi va murakkablik darajasiga ko’ra aniqlanadi. Ushbu bosqichda keys bilan umumiy ishlash sxemasini quyidagicha amalga oshirilishi mumkin: dastlab keysning asosiy muammolarini aniqlash va yechish uchun taqdim etilganlarning qaysi birlari muhimligini tushunish; keysning vaziyatli kontekstiga kirish, uning asosiy ta’sir etadigan (harakatdagi) shaxslari kimligini aniqlash, tahlil uchun zarur dalillar va tushunchalarni ajratish, masalani yechish mobaynida qanday qiyinchiliklar paydo bo’lishini tushunish; keyingi bosqich tadqiqot uslubini tanlashdan iborat. Uncha katta bo’lmagan keyslarning muhokamalari o’quv jarayoniga kiritilishi va o’quvchilar ular bilan bevosita dars davomida tanishishlari mumkin. Bunday holda, eng muhimi, keys o’tkazilishi rejalashtirilgan kursning nazariy qismi o’quvchilar tomonidan to’liq o’zlashtirilgan bo’lishidir.Agar o’quvchilar keyslar bilan dastlabki tanishishda ularning tahliliga tizimli yondashsalar, u holda keyslar ustida ishlash yuqori samara beradi. Keysni yechish mobaynida quyidagi ketma-ketlikni amalga oshirish mumkin: 1. Keysni tahlil etishda foydalanish uchun nazariy konsepsiya va yondashuvlarni yodga tushirish maqsadida o’quv predmetining mos bo’limlaridan tayanch g’oyalarni yozib chiqish. 2. Keys haqida umumiy tasavvur olish uchun uni tez o’qib chiqish. 3. Keysga qo’yilgan savollarni diqqat bilan o’qib chiqish va savollar tushunarli ekanligiga ishonch hosil qilish. 4. Qo’yilgan savollarga aloqasi bo’lgan barcha omillar yoki muammolarni diqqat bilan belgilangan holda keys matnini qayta o’qib chiqish. 5. Keys bilan ishlaganda, ko’rib chiqilishi zarur bo’lgan g’oya va konsepsiyalar muammolar bilan qanday munosabatda ekanligini o’ylab ko’rish. Shunday qilib, keyslar bilan ishlashning umumiy qoidasi –“chegaradan tashqaridagi” axborotdan foydalanish mumkin emas!!! Masalan, agar o’quvchi vazifada berilgan korxona haqida gazetada o’qigan bo’lsa, u holda bu dalillardan foydalanish mumkin emas, chunki qaror qabul qiluvchi menejer o’rnidagi o’quvchi vaziyatni modellashtiradi va faqat vazifada berilgan ma’lumotlarga egadir. Ba’zan aksincha, ya’ni o’quvchiga aniq bozor vaziyatlaridan olingan dalillarni qo’shish imkoniyati beriladi. Bunday hollarda o’quvchining aql-zakovati va materialning egallaganligi e’tiborga olinishi zarur. Keysni muhokama qilish o’quvchilar oldiga savollar qo’yishni, ularni bahs - munozaraga tortishni ko’zda tutadi. Savollar avvaldan tayyorlanadi va o’quvchilarga keys matni bilan birgalikda beriladi. Vaziyatni ishlab chiqishda o’qituvchi faol va passiv holatni egallashi mumkin, ba’zan esa, ishlab chiqishning “dirijyori”, ba’zan bahs- munozaraning yakuni bilan chegaralanishi mumkin. Keysning muhokamasini tashkil etishda, odatda, ikki uslubdan foydalaniladi. Birinchisi, an’anaviy Garvard uslubi deyilsa, ikkinchisi esa, uning borishida o’quvchilar vaziyatni rasmiy holda og’zaki baholaydigan va tavsiya etilgan keysning tahlilini, o’zlari- ning yechimlarini va tavsiyalarini va boshqacha aytganda taqdimotlarini taklif etadigan shaxsiy yoki jamoaviy so’rovlardan iborat uslubdir. “Сase-studu” uslubida bahs-munozara markaziy o’rinni egallaydi. Undan, odatda, o’quvchilar yetarli darajada bilim olgan va mustaqil fikrlashga erishgan, o’zlarining fikrlarini asoslaydigan, isbotlay oladigan paytlarida foydalanish maqsadga muvofiq. Download 39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling