Mavzu : Kompyuterli loyihalashning maqsadi va vazifalarini o’rganish


Download 189.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana14.12.2022
Hajmi189.35 Kb.
#1003448
1   2   3
Bog'liq
1-Amaliy (1)

Loyihalash – bu ob`ektning birlamchi bayoni va (yoki) uni mavjud qiladigan 
algoritm asosida berilgan sharoitda ham mavjud bo‟lmagan ob`ektni yaratish 
uchun zarur bo‟lgan bayonini tuzish jarayonidir. Loyihalash berilgan talablarga 
javob beradigan, yangi buyumni yaratish yoki yangi jarayonni amalga oshirish 
uchun zarur va yetarli bo‟lgan loyihalanadigan predmet bayonini olish 
maqsadidagi izlanish, tadqiqot, hisob va konstruktsiyalash bo‟yicha ishlar 
majmuini o‟z ichiga oladi. Loyihalash – bu chuqur ilmiy bilimlarga va ijodiy 
izlanishlarga hamda ma`lum sohada to‟plangan tajriba va ko‟nikmalardan 
foydalanishga asoslangan, lekin sermashaqqat oddiy ishlarni bajarish zarurati 
bo‟lgan inson bunyodkorlik faoliyatining murakkab, o‟ziga hos turidir. 
Loyihalashni avtomatlashtirish deganda loyihani ishlab chiqish jarayonini 
bajarishning shunday usuli tushuniladiki, bunda loyihalash protseduralari va 
operatsiyalari loyihalovchining EHM bilan chambarchas muloqotida amalga 
oshadi. Loyihalashni avtomatlashtirish hisoblash tehnikasi vositalaridan muntazam 
ravishda foydalanishni nazarda tutadi; bunda loyihalovchi va EHM orasidagi 
funksiyalarni ratsional taqsimlash va masalalarni mashinada yechish metodlarini 
asosli tanlash lozim. 
ALTni yaratish uchun: 
− 
matematik metodlar hamda hisoblash tehnikasi vositalarini qo‟llash 
asosida loyihalashni takomillashtirish; 
− 
izlash, ishlov berish va informatsiya (ma`lumot)ni chiqarish jarayonlarini 
avtomatlashtirish; 
− 
optimallashtirish va ko‟p variantli loyihalash metodlaridan foydalanish; 
− 
loyihalanayotgan ob`ektlar, buyumlar va materiallarning matematik 
modellarini samarali qo‟llash; 
− 
ob`ektlarni 
avtomatlashtirilgan 
loyihalash 
uchun zarur bo‟lgan, 
ma`lumotnoma tavsifidagi tizimlashtirilgan ma`lumotlarga ega ma`lumotlar 
bankini yaratish; 
− 
loyiha hujjatlarini shakllantirish (rasmiylashtirish) sifatini oshirish; 
− 
ijodiy bo‟lmagan ishlarni avtomatlashtirish hisobiga loyihalovchilar 
mehnatining ijodiy ulushini oshirish; 
− 
loyihalash metodlarini unifikatsiyalash va standartlashtirish; 
− 
ALT sohasidagi mutahassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash
− 
loyihalovchi bulimlarning turli darajadagi hamda vazifasi har hil bo‟lgan 
avtomatlashtirilgan tizimlar bilan mustahkam aloqada ishlashi zarur. 

Download 189.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling