Mavzu : Korxonalar moliyaviy oqimlarining mohiyati va tasniflanishi. Reja : Kirish
Moliyaviy tizimda moliyaviy oqimlarning tutgan o‘rni
Download 77.88 Kb.
|
Mavzu Korxonalar moliyaviy oqimlarining mohiyati va tasniflani-www.hozir.org
Moliyaviy tizimda moliyaviy oqimlarning tutgan o‘rni .
Resurslarning moliyaviy resurslari ortiqcha bo‘lgan iqtisodiy subyektlardan moliyaviy resurslari defitsit bo‘lgan iqtisodiy subyektlarga oqib o‘tishiga moliyaviy oqim deyiladi. Moliyaviy oqimlarsiz moliyaviy tizimni tasavvur etib bo‘lmaydi. Ularsiz moliyaviy tizim “bo‘sh”ligicha qolaveradi. Moliyaviy oqimlar bo‘lmasa, moliyaviy tizimga ham hojat yo‘q. Bunday vaziyatda u “bir tiyinga qimmat” narsaga aylanadi-qoladi. Shu bois, rasmda (navbatdagi betga qarang) moliyaviy tizimning asosiy ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa (oqim)lar ko‘rsatilgan. Ular moliyaviy oqimlar harakatini, eng umumiy tarzda, aks ettiradi. Unga ko‘ra moliyaviy mablag‘lar moliyaviy tizim tuzilmalarining turli elementlari orqali moliyaviy mablag‘lari ortiq bo‘lgan kompaniyalardan (chizmada chap tomondagi to‘g‘ri to‘rtburchak) mablag‘ defitsiti kuzatilayotgan kompaniyalarga oqib o‘tadi (chizmada o‘ng tomondagi to‘g‘ri to‘rtburchak). Masalan, a’zolari o‘z joriy daromadlarining bir qismini undan kelajakda pensiya ta’minoti sifatida foydalanish maqsadida to‘plagan (jamg‘argan) bir oila erkin moliyaviy mablag‘larga egalik qiladi. Yangi uy sotib olmoqchi bo‘lgan boshqa oila esa, shunday mablag‘ga muhtojlik (ehtiyoj) sezadi. Ko‘rinib turibdiki, ayrim moliyaviy oqimlar bir iqtisodiy subyektlardan (ortiq mablag‘larga ega) boshqa (defitsit) subyektlarga moliyaviy vositachilar orqali yo‘naltirilgan, masalan, banklar orqali (rasmdagi moliyaviy oqimlar harakatining pastki yo‘nalishi), bo‘ladi. Ayni paytda boshqa moliyaviy oqimlar ushbu vositachilar xizmatidan foydalanmagan holda ham, ya’ni moliyaviy bozorlar orqali ko‘chib o‘tadilar (rasmdagi yuqori yo‘nalish). Moliyaviy oqimlarning (flow of funds) yuqorigi yo‘nalish bo‘yicha joyini o‘zgartirishi prinsipini yaxshiroq tushunish uchun quyidagicha faraz qilaylik: qaysidir bir uy xo‘jaligi (erkin mablag‘ga ega bo‘lgan iqtisodiy subyekt) biror-bir firma (defitsit iqtisodiy subyekt) chiqargan aksiyalarni sotib olmoqda. Alohida hollarda, agar, masalan, firma dividendlarni reinvestitsiya qilish dasturiga ega bo‘lgan, uy xo‘jaligi esa oldindan mazkur firma aksiyalariga ega bo‘lgan holda, aksiyalarni sotib olish bevosita firmada amalga oshiriladi. Biroq, odatda moliyaviy oqimlar harakatida uy xo‘jaligidan pulni oluvchi va uni aksiyalarning emitent63i bo‘lgan firmaning hisobraqamiga o‘tkazuvchi dilerlar yoki brokerlar (qimmatli qog‘ozlar savdosi bilan shug‘ullanuvchilar) qatnashadilar. Moliyaviy tizimlar doira (chegara)sida ko‘chib yuruvchi (joylarini o‘zgartiruvchi) oqimlarning ko‘p qismi umuman moliyaviy bozorlar orqali o‘tmaydi va shunday qilib, 16-rasmda keltirilgan yuqorigi yo‘nalish izidan bormaydi. Buning o‘rniga, chizmaning pastki qismida ko‘rsatil-ganidek, ular moliyaviy vositachilarning yordami bilan bevosita erkin moliyaviy mablag‘larga ega bo‘lgan iqtisodiy subyektlardan resurslar defitsitligini boshidan kechirayotgan iqtisodiy subyektlarga o‘tadilar. Moliyaviy oqimlar bir joydan boshqa joyga oqib o‘tishining ushbu usulini yaqqol tasavvur qilish uchun, quyidagicha faraz qilaylik: Siz o‘z omonatingizni bank hisobraqamiga qo‘ydingiz va bank biror-bir firmaga qarz sifatida berish uchun undan foydalandi. Mazkur holatda Siz qarz olgan firmadan o‘z pulingizni bevosita talab qila olmaysiz. Sizda pullik talabnoma faqat bankka nisbatan bor. Chunki Siz unda depozit ochgansiz. Bank esa, o‘z navbatida, mazkur firmaga ma’lum pul talablarini qo‘yadi. Bunda Sizning bank depozitingizning likvidlik va risk darajasi bank tomonidan firmaga berilgan qarzning o‘xshash xarakteristikalaridan farqlanadi. Bu qarz, o‘z navbatida, shu paytda bankning aktivlaridan biri sifatida qatnashadi. Bankning aktiviga kiruvchi qarzning qoplanmasligi riski ma’lum darajada mavjud bo‘lgan bir paytda, Sizning depozitingiz (saqlash maqsadida bankka qo‘yilgan pul) to‘liq ishonchli va likvidli bo‘ladi (ya’ni, Siz istalgan paytda hisobraqamingizdan bor pulingizni yechib olishingiz mumkin). Bundan tashqari, u aksincha, nolikvid bo‘lishi ham mumkin. Shunday qilib, ushbu misoldan ko‘rinib turibdiki, moliyaviy oqimning bank orqali erkin (bo‘sh) moliyaviy mablag‘ga ega bo‘lgan iqtisodiy subyektdan shunday mablag‘lar defitsit bo‘lgan subyektga oqib o‘tishida, yaratilayotgan moliyaviy vositalarning risklilik va likvidlik darajasi kuchli o‘zgarishi mumkin. Ko‘rinib turibdiki, bunda ushbu jarayon ishti-rokchilarining biri – bank egalari yoki mazkur bank qo‘yilmalarini sug‘urta qiluvchi davlat tashkiloti – o‘ziga qarz bo‘yicha riskni qabul qilishiga to‘g‘ri keladi. “Moliyaviy vositachilar”dan yuqoriga, ya’ni “Bozorlar”ga olib boruvchi chiziq-ko‘rsatkich vositachilar ko‘pincha moliyaviy oqimlarni moliyaviy bozorlarga yo‘naltirishini ko‘rsatmoqda. Masalan, o‘rta yoshdagi er-xotin ma’lum bir summani kelgusidagi pensiya ta’minoti (erkin moliyaviy mablag‘larga ega bo‘lgan iqtisodiy birlik) uchun jamg‘argan holda, uni sug‘urta jamiyati (vositachi) hisobraqamiga qo‘yishi mumkin. Bunda sug‘urta jamiyati, o‘z navbatida, uni (bozorda) biror-bir aksiya va obligatsiyaga investitsiya qiladi. Shunday qilib, bu erxotinlar bilvosita, sug‘urta kompaniyasi orqali, ushbu aksiya va obligatsiyalarni muomalaga chiqargan firma (moliyaviy resurslari defitsit bo‘lgan iqtisodiy sub’- ekt)ni moliyaviy resurs (mablag‘) bilan ta’minlaydi. “Bozorlar”dan pastga - “Moliyaviy vositachilar”ga – yo‘naltirilgan chiziqko‘rsatkich moliyaviy mablag‘lar moliyaviy bozorlarga yo‘naltirilishi mumkinligini anglatibgina qolmay, balki ayrim vositachilar ularni moliyaviy bozorlardan olishlarini ham bildiradi. Masalan, uy xo‘jaligiga qarz beruvchi moliyaviy kompaniya, qimmatli qog‘ozlar bozorining tegishli segment64larida sotish uchun aksiya va obligatsiyalarni chiqarib, zarur bo‘lgan summani yig‘ib olishi mumkin. Markaziy bank - mamlakatning pul belgilarini emissiya qilish (pul bosib chiqarish) va tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish huquqi berilgan bosh davlat banki. Markaziy bank "banklarning banki" boʻlib, pul muomalasini tartibga solishda va byudjetni boshqarishda davlatga va hukumatga yordam beradigan organ hisoblanadi. Pul emissiyasini amalga oshirish, davlatning oltin-valyuta zaxiralarini saqlash, bank tizimini kreditlash, hukumat va tijorat banklarining hisoblarini olib borish, pul muomalasini tartibga solish, kredit muassasalarini nazorat qilish Markaziy bankning asosiy vazifasiga kiradi. Buyuk Britaniyada Angliya banki, AQSh Federal zaxira banki, Germaniyada Bundesbank, Yaponiya banki jahondagi eng yirik markaziy banklar qatorida turadi. Download 77.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling