Mavzu : Korxonalarda mablag’lar likvidligini boshqarish tamoyillari. Reja. Kirish
Download 109.48 Kb.
|
Tog\'ayev A
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalangan adabiyotlar va saytlar . Kirish . Mavzuning dolzarbligi
Mavzu : Korxonalarda mablag’lar likvidligini boshqarish tamoyillari . Reja . Kirish . Korxona moliyaviy resurslarining mohiyati va ahamiyati …. Korxonalarda moliyaviy resurslar shakllanish manbalari ….. Korxona moliyaviy resurslari shakllanish manbalarining amaldagi holati tahlili ……………………………………. Korxonalar moliyaviy resurslarini samaradorligini ta’minlash masalalari Xulosa Foydalangan adabiyotlar va saytlar . Kirish . Mavzuning dolzarbligi : Ma’lumki bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar mavjud cheklangan resusrlardan oqilona foydalanishga harakat qiladi. Chunki bunday sharoitda korxonalarning ozgina e’tiborsizligi moliyaviy resurslardan ajralib qolishiga olib kelishi mumkin. Korxonalarda moliyaviy resurslardan samarali foydalanish bugungi kunda moliyaviy menejerlarning oldidagi eng asosiy vazifalardan biri bo’lib hisoblanadi. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida uchinchi ustuvor yo’nalish “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari” – deb nomlanib, unda korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda aktsiyadorlarning rolini kuchaytirish hamda yangi sanoat korxonalari va servis markazlarini tashkil etish, kichik sanoat zonalarini tashkil qilish, yirik xo’jalik birlashmalarining mablag’larini, banklarning kreditlarini va xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga kichik shaharlar va shaharchalarni jadal rivojlantirish kabi ishlar amalga oshirilishi ko’zda tutilgan . Hududlarda korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, mahalliy korxonalarni qo’llab quvvatlash, ularning ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashning zaruriy jihatlari xususida Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev: “…hududiy va tarmoq boshqaruvi samarasiga, ularning rivojiga xolis baho berishni qiyinlashtiradigan holatlar mavjud. Masalan, respublikaga bo’ysunadigan yirik korxonalar ko’rsatkichini chiqarib tashlasak, viloyatlar yalpi hududiy mahsuloti xajmi juda kichik bo’lib qoladi’ va “Har bir tuman va shaharda, respublika ahamiyatiga molik yirik korxonalar hissasini e’tiborga olmagan holda, soliqqa tortish bazasini kengaytirish bo’yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish hisobidan Qoraqalpog’iston Respublikasi va Toshkent viloyatining barcha tumanlarini subventsiyadan chiqarishni so’zsiz ta’minlash kerak” – deya ta’kidlab o’tgan edilar. Download 109.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling