Mavzu : Maktabgacha ta’lim muassasalarda musiqiy tarbiyaning maqsad va vazifalari Reja


Download 20.32 Kb.
Sana12.03.2023
Hajmi20.32 Kb.
#1262958
Bog'liq
1 Mavzu Maktabgacha ta’lim muassasalarda musiqiy tarbiyaning maqsad(2)


1-Mavzu : Maktabgacha ta’lim muassasalarda musiqiy tarbiyaning maqsad va vazifalari
Reja:

  1. Shaxsni tarbiyalashda musiqaning tutgan o`rni

  2. Bog`chada musiqaviy tarbiyaning rivojlanishi

  3. Musiqiy tarbiyaning vazifalari

Bolalar bog`chasidagi tarbiyaning asosiy vazifasi-bolani har tomonlama rivojlantirish. Musiqaning bajaradigan vazifasi ham shu. Hunarning shaxsni tarbiyalshadagi axamiyatini Abu Nasr Al Forobiy «Bu fan tananing sog`ligi uchun foydali» degan edi. Bobomiz Shayx Saadiy aytgan edi : «Musiqa odam ruxinining yo`ldoshi». Musiqa insonga tez ta`sir etuvchi kuchni faol rivojlantiruvchi vosita bo`lib hisoblanadi.


Pedagogika shu qoidalarga suyana o`tirib, musiqiy tarbiya va rivojlantirish tushunchasini anglaydi.
Musiqiy tarbiya va rivojlanishi. Musiqiy tarbiya deganimiz-musiqiy hunarning ta`siri orqali bolaning shaxsini shakllantirish, musiqiy qiziqishini, qobiliyatini (musiqaga) estetik qarashini shakllantirish degan so`z.
Bola musiqaning har turini o`zining qabul qilish xususiyatini, yoshini hisobga olganda o`ylaganday o`zlashtiradi.
Musiqiy rivojlanish bolaning musiqa ichidagi faolligining natijasi. Har bolaning har tomonlama xususiyatining ma`nosi bor.
Rivojlanish quyidagicha yuradi:

  1. Emotsiyalar tarmog`ida-oddiy musiqiy hodisalarga taqlid qilishdan boshlab oz ta`sirli va har xil emotsionalli reaktsiyalargacha;

  2. Sezish, idrok va eshitish tarmog`ida yakka musikiy tovushlarni ajrata bilishdan boshlab musiqani tutash, aniq va ixlos bilan qabul qilishga, tovushning balandligini, navolarini, tembrni, dinamikani ajratishgacha;

  3. Qiziqish tarmog`ida doimiy emas havaskorlikdan doimiylikka ko`cha boshlashga zaruriy aylantirishga, dastlabki musiqiy didni bildirishgacha;

  4. Bajarish tarmog`ida ko`rsatish, taqlid qilish harakatlaridan boshlab qo`shiq aytishdagi va musiqiy harakatdagi har tomonlama faol va ijodkorlik ko`rinishlargacha;

Musiqaga o`rgatish –tarbiyalovchi jarayon uning davomida pedagog musiqiy tajriba yig`ishga, eng oddiy bilim olishga yordamlashadi. O`z tomonidan bola uni chaqqon turda o`zlashtirishi kerak. Psixolog L.S.Vigotskiy aytishicha butun olganda tarbiya, atab aytganda o`qitish ishi rivojlanishdan olga yurishi uni so`ngidan bajarib o`tirishi lozim. Musiqiy rivojlantirish tarbiya bilan o`qitish jarayoniga bog`liq.
Rivojlanish darajasi bolalarning musiqa darslaridagi xulq-atvori bilan har tomonlama ishidagi ijodiy ko`rinishlari bilan belgilanadi. Agar bola o`z talabi bilan qiziqsa, qo`shiq aytib, o`ynab, musiqa bilan havas qilib, bularni to`g`ri ishlasa, unda uning musiqiy rivojlanishining etarli darajada yuqori ekanligi haqida aytishga bo`ladi.
Bugungi yosh avlodlarni tarbiyalab, kelajakdagi ongli insonlar qilib tarbiyalashda maktabdagi va bolalar bog`chalaridagi estetik tarbiyaning ahamiyati juda katta. Yoshlarni aqliy va jismoniy tomonidan tarbiyalash, har tomonlama rivojlangan, axloqiy qilib tarbiyalshada, ularning dunyoga qarashani shakllantirishda, shuningdek bolalarni do`stlikni qadrlashga, tug`ilgan erini, o`z elini, xalqini sevish, yoshi kattalarni hurmat qilish, insoniy hissini paydo etishda bolalar bog`chasi yoshidagi va maktab o`quvchilari orasida estetik tarbiya alohida o`rin tutadi. O`sib kelayotgan yosh avlodlarning tafakkurini, ongini va qobiliyatlari har tomonlama davr talabini aniqlaydi, o`stirish va tarbiyalash katta ahamiyatli vazifalarning biridan hisoblanadi. Bolalar bog`chasining tarbiyalanuvchilari o`zlari tarbiyalayotganligini ruhlantira bilishi, ularni har tomonlama davr talabaning loyiq tarbiyalash lozim.
Qoraqalpog`iston Respublikasining maktabgacha tarbiya muassasalari bolalarga har tomonlama ta`lim-tarbiya beradi. Shu bilan birga yillik reja tuzishda bolalar bog`chasi uchun yangi o`quv yilidagi bosh vazifalarni to`g`ri aniqlash ahamiyatli bo`ladi. Bu ishlar bolalarni tarbiyalash va ularga tarbiya berishga yaxshilashga keng imkoniyatlar ochib beradi. Bolalar bilan bo`ladigan ta`lim-tarbiyaviy ish darajasi ko`pchilik sharoitda eng yaxshi pedagog tarbiyachilarning tajribasini egallashga intilishiga bog`liq. Tarbiyachi dasturlarining mazmuni aniq va to`liq bilish yangi tarbiyaning har qanday yaxshi egallagan bo`lishi kerak, shu bilan birga maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning psixologiyasini tushunishi va pedagogika fanining yutuqlaridan to`liq xabardor bo`lish kerak. Bularsiz xar qanday tarbiyaviy usullarning unamli natija berishi hech mumkin emas. Bolalar bog`chalarida juda ko`p yillik tajribasi bor bolalarni tarbiyalashning sifatini orttirishga juda katta yordam beradi. Bu yo`nalishda ustoz harakatini rivojlantirish katta ahamiyatga ega, sababi tajribali tarbiyachilarning yoshlarni homiylikka olishi kasb mahoratlarining umumiy darajasini har tomonlama orttiradi. O`sib kelavyotgan yosh o`spirinlarni ahloqiy, mehnatga tarbiyalash alohida o`rinni egallaydi. Mehnatga bolaning eng ahamiyatli tomonlari : mas`uliyat, mehnatsevarlik, tartiblikka, chidamlikka tarbiyalshada mehnatning mehnatning roli haqida har tomonlama tushunchalar berib borish to`g`ri bo`ladi. Ularning e`tiborini mehnatga (jismoniy, his, o`yin, estetik) qaratish, yoshi kattalarning namunali ishlaridan tajribaga olishga o`rgatish lozim. Yoshlarni estetik tomonidan tarbiyalashda musiqani va qo`shiqning tutgan roli alohida. Ularning kelajakda o`sib rivojlanishi, qanday inson bo`lib etishishi, uning yosh vaqtidagi olgan tarbiyasiga bog`liq bo`ladi.
Bugungi kun estetik tarbiya eng ahamiyatli vositalarining biri musiqa bo`lib hisoblanadi. Musiqa o`zining sezgirligi yurak tuyg`ularining sezimlar orqali bolalarning qiziqishi o`ziga tortib, aqliy va fikrlash hissini shakllantirishga bir keancha ta`sirini tekkazadi. Imkoniyati borisha bolani musiqaga qiziqtirish ma`qul. Musiqa ona sutidagi bolaning bo`yiga tarqab ma`naviy rivojlanishiga ta`sir qiladi.
Qo`shiqlarning eng kichiklariga maktab o`quvchilariga ta`sirchanligi, badiiylik tomonidan boy mazmunga ega ekanligi asos bo`ladi. Bu mehnatga kirgan materiallardan ko`pchiligini sayohatlarda, lagerga, yurish manishalari, oyoq o`yinga bag`ishlangan musiqalar, hamma o`ynab aytadigan qo`shiqlar : bu fasllar, uy hayvonlari, ona xaqidagi qo`shiqlar, shuningdek, bayram sanalarga bag`ishlangan qo`shiqlar bilan birga nasihat qo`shiqlari har tomonlama mavzudagi qo`shiqlar tinglashga bag`ishlangan kuylar, shu bilan birga Alla va Navro`z bayrami haqidagi qo`shiqlari ham bor. Shuning uchun kompozitorlar har qanday qo`shiq va kuy chikarishga bolalarning tovushiga loyiq ularning bajarish qobiliyatlariga qarab qulay bo`lishini hisobga olgan.
Bolalar bog`chalaridagi pedagogik tarbiyaning asosiy maqsadi yoshlarning shaxsini shakllantirishda maktabgacha yosh avlodlarning dunyoqarashini uyg`otish, bu tarbiyaning eng asosiy bir turi bo`lib hisoblanadi.
Musiqa estetik tarbiyaning asosiy maksadi : bugungi kunning talablariga asoslanib, bolalarning qo`shiq aytiriga qiziqishini uyg`otish musiqiy qobiliyatini rivojlantirish, qo`shiq ijodining rivojlanishining asosi bo`ladi. Musiqa soz asboblarida o`ynashga o`rgatish, ularning diqqatini qo`shiq va musiqaga bag`ishlash axamiyatli vazifalarning biri hisoblanadi.
Bolalarni musiqiy tomonidan tarbiyalashning bir turi musiqa tinglash, qo`shiq tinglash, musiqaga harakat qilish, yakka soz asboblarida qanday bir engil kuyni bajarishni o`rgatish bo`ladi. Musiqani bolalar bilan amalga oshirishning ayrim turlarining biri bu kontsertlar berish, o`yinlar o`ynash, xor bo`lib qo`shiq aytish, kichik dramatik ko`rinishlar ko`rsatish, ko`ngil ochar musobaqalar, qo`g`irochoq teatr iva viktorinalar o`tkazish bo`lib topiladi. Qoraqalpoq xalqining qo`shiqlarida kuylar fol`klor milliy koloritga boy. Yangidan yozilgan kuylar qarindosh xalqlarning qo`shiqlari, sozlari ko`plab uchrashadi.
Bolalar bog`chasida musiqiy tarbiya berishning asosiy vazifalari nimalardan iborat ? Musiqani o`rganish vaqtida musiqiy tovushlarning baland-pastligini ajratib bilish, tovush tembri, ritm, qo`shiqlarning o`lchamlarini undagi dinamik belgilar, templarning turlarini musiqiy janr haqida xususiyatlarni bir-biridan ajrata bilishi kerak.
Bolalar bog`chasida va maktablarda musiqiy tarbiyaning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat.
1.Bolalarning musiqaga qiziquvchanligini orttirish va sevishga o`rgatish
2. Musiqiy asarlar bilan tanishtirish sharoitida bolalarda emotsional xis sezimlarini uyg`otish yo`li bilan ularning musiqa haqidagi tushunchasini boyitib borish.
3.Bolalarni musiqaning oddiy yo`li bilan tanishtirish, musiqa tinglash, qo`shiq aytish, musiqa bilan harakat qilish, o`yinga tushi shva bolalarning musiqiy asboblarida kuy chalish komplekslarini paydo etish bilan birga ijodkorlik qobiliyatlari o`stirib borish.
4.Bolalarning tovushini sozlashga tarbiyalash, qo`shiq aytish va oddiy ko`nikmalar paydo etish, qo`shiqlarning aniq, erkin, tabiiy va yoqimli qilib aytishga o`rgatish.
Bolalarni usiqa bilan chiniqtirida asosiy elementlarning biri qo`shiq bo`lib hisoblanadi. Bolalar do`stlari bilan birgalikda qo`shiq aytganda bir-birini tushunib, tinglab, tovushlarini qo`shib yoqimli qilib aytigna xarakat etishi kerak. Bunday sharoitlar birinchidan, bolaning musiqaga bo`lgan qiziqish qobiliyatining har tomonlama rivojlanishiga imkon beradi. Ikkinchidan, bolalarning o`zlaricha ijro qobiliyati ortadi. Uchinchidan, qo`shiq aytishda har bir bolada o`y-fikr, ongi o`sib boradi. Shu bilan birga dam olish orqali qo`shiq aytishga, tovush apparatlari mustaxkamlanib boradi. Al Forobiyning aytishi bo`yicha odam tovushi eng chiroyli IYKeMGe moslikka keladigan soz asboblaridan biri. Shuning uchun odam tovushi qo`shiqlarni tez o`rganib olishga qulay. Yana bir narsa qo`shiq aytishning turli ko`nikmalariga moslashgan tabiiy vosita bo`lib hisoblanadi. BOlalar bog`chalarida o`tkaziladigan ertaliklarda bolalar ko`pincha qo`shiq aytib bilan shug`ullanadi. Musiqa o`rgatuvchi tarbiyachi bolalarni va boshqa tarbiyalanuvchilarni qo`shiq musiqaviy mashg`ulotlar ishlab, eng avvalo bolalarga tanish bo`lgan avval aytilib yurgan qo`shiqlardan foydalanib, tayyorliklar ko`rib keyin yangi qo`shiqlar o`rgatib borgan talabga muvofiq bo`ladi. Bolalarga qo`shiqning tekstini avval tushuntirib berish, uni tovushi bilan aytib ketma-ket o`rgatib borish o`xshagan ma`suliyatli vazifalar tarbiyachidan talab etiladi. Bolalar har xil qo`shiqlarni ijro etganda psixologik va fiziologik tomonidan tovush apparatlari orqali nafas olish sezish organlari bilan amalga oshiriladi. Bolalarning tovushlari kattalarga qaraganda uning ingichkaligi, ojizligi bilan farqlanadi. Bolalar bog`chalarida kichkinalarning tovush diapozoni kata yoshdagilarga qaraganda ikki yarim marta kichik, past bo`ladi. Tovush eshitilganda yoqimli chiqadi deb o`rgatuvchining ruxsatsiz tomoqqa solib qo`shiq ayta berishi bu asosan foydasiz bo`lib hisoblanadi.
1.Musiqiy asarlarning ta`sirlanishi bilan birga shu dasturda musiqiy tomonidan orttirish va ular bilan tahlil qilish, ularning mahөratini har tomonlama rivojlantirish.
Download 20.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling