Mavzu : Milliy xavfsizlikni ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar


Download 16.03 Kb.
Sana26.02.2023
Hajmi16.03 Kb.
#1231860
Bog'liq
MAVZU Milliy-WPS Office


MAVZU : Milliy xavfsizlikni ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar.

REJA : 1. Milliy xavfsizlikni taminlash.


2. Milliy xavfsizlikni ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar.
3. Milliy xavfsizlik xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish bòyicha chora tadbirlar.
4. Milliy xavfsizlik tòĝrisidagi qonun.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yaqin qoshnilar bilan konstruktiv va ozaro manfaatli munosabatlar ornatish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash Ozbekiston tashqi siyosatining ustuvor yonalishi sifatida belgilab berildi. Markaziy Osiyoda ishonch muhitini qaror toptirish yolida amalga oshirilgan say-harakatlar Toshkentga chegara hamda suvdan foydalanish singari murakkab va nozik masalalarda tub burilish yasash imkonini berdi. Bu muammolar yillar davomida yechilmasdan, mintaqadagi tanglikka sabab bolayotgan edi. Otgan yili Ozbekistonning qoshni davlatlar bilan ozaro tovar ayirboshlash hajmi 20 foiz osib, qariyb 3 milliard AQSh dollariga yetdi. Prezidentimiz Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Ostona shahrida bolib otgan maslahat uchrashuvida yaqin yillarda ozaro savdo hajmini 5 milliard AQSh dollariga yetkazish moljallanayotganini takidladi. Ayni paytda mintaqadagi barqarorlik hamda izchil taraqqiyot bevosita qoshni Afgonistonda tinchlik va osoyishtalik qaror topishi bilan uzviy bogliqdir. Binobarin, ushbu mamlakat Markaziy Osiyoning ajralmas qismi bolgan hamda shunday bolib qolajak. Bizni umumiy tarix, din, madaniyat va urf-odatlar hamda xavfsizlikni taminlash, savdo-sotiqni rivojlantirish sohasidagi manfaatlar birlashtiradi. Tinch Afgoniston Markaziy Osiyo davlatlarining Hind okeani va Fors korfazi portlariga eng qisqa yolini taminlashi, Hindiston, Eron hamda Pokistonni Yevropa va Yaqin Sharq bozorlari bilan boglashi mumkin.

Shuning uchun ham Afgonistonni mintaqaviy muammolar, tahdidlar manbai sifatida emas, balki noyob strategik imkoniyatlar mamlakati sifatida qarash orinli. Bu esa, oz navbatida, butun Yevroosiyo mintaqasida keng transmintaqaviy munosabatlarni rivojlantirishga turtki beradi. Otgan davr mobaynida Ozbekiston Afgoniston bilan ikki tomonlama munosabatlarni sezilarli darajada kengaytirdi, afgon muammosini hal qilish boyicha xalqaro say-harakatlarga faol qoshildi. Ozbekiston Afgoniston munosabatlari yuqori suratlarda rivojlanayotgani mamlakatimiz rahbari 2017 yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi, noyabr oyida Samarqandda bolib otgan Markaziy Osiyo boyicha yuqori darajadagi anjuman hamda yaqinda Ostonada bolib otgan mintaqa davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvida ilgari surgan Ozbekistonning yangi tashqi siyosat strategiyasining amaliy natijasidir. Bugun Toshkent Afgoniston bilan savdo-iqtisodiy, transport, energetika va madaniy-gumanitar aloqalarni har tomonlama rivojlantirish boyicha izchil hamda qatiy siyosat olib borayapti. Ikki mamlakat rahbarlarining muntazamlik kasb etgan ozaro muloqotlari birgalikdagi hamkorlikka katta turtki bolmoqda. Prezidentlar dostona va samarali, ozaro ishonchga asoslangan muloqotni yolga qoyishga erishdilar. Shu manoda aytganda, otgan yili dekabr oyida Afgoniston Prezidenti Ashraf oanining mamlakatimizga rasmiy tashrifi tom manoda tarixiy voqea boldi. Tashrif davomida siyosiy muloqot hamda amaliy hamkorlik aloqalari sifat jihatidan yangi bosqichga chiqdi.

Muzokaralar natijasida tomonlar xavfsizlik, energetika va transport masalalarini qamrab olgan 20 ta qoshma hujjatni, shuningdek, qoshni mamlakatga yarim milliard dollarga teng bolgan qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, bugdoy, maishiy texnika, avtotransport vositalarini yetkazib berishga doir 40 ta tijorat shartnomasini imzoladi. Vazirlik hamda idoralar rahbarlari darajasida muloqotlar faollashdi. Otgan bir yarim yil ichida Afgoniston Islom Respublikasidan Ozbekistonga 20 dan ortiq yuqori martabali delegatsiyalar tashrif buyurdi. Qayd etish kerakki, bu ozbek afgon munosabatlari tarixida oldin kuzatilmagan. Joriy yilning fevral oyida Toshkentda Xavfsizlik masalalari boyicha Ozbekiston Afgoniston qoshma komissiyasining ilk majlisi bolib otdi. Uchrashuvda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, qurol savdosi hamda giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanishi sohasida hamkorlikning dolzarb masalalari atroflicha muhokama qilindi. Barcha darajadagi jadal va ishonchli muloqotlar, mamlakatlar rahbarlarining siyosiy xohish-irodasi ikki tomonlama hamkorlikka yangicha shukuh bagishladi. Birinchidan, 2017 yilning ozida ozaro savdo aylanmasi 15 foiz osib, qariyb 600 million dollarni tashkil qildi. Joriy yilning boshida ushbu tendensiya davom etdi: yanvar oyida tovar aylanmasi yillik kesimda qariyb 30 foiz osdi. Va etiborlisi, bu bir yilning alohida korsatkichlari emas, balki tizimli ishlar samarasidir. Prezidentimiz topshirigiga kora, 2017 yilning boshida hamkorlikni rivojlantirishning yol xaritasi qabul qilindi. Bu hujjatning izchil amalga oshirilishi yaqin yillarda ozaro tovar ayirboshlash hajmini 1,5 milliard dollarga yetkazish imkonini beradi. Kobulda Ozbekiston savdo uyi ochildi. Unda doimiy ravishda Ozbekistonda ishlab chiqarilgan nomi ostida tovarlar korgazmasi faoliyat yuritadi yilning sentyabr oyida Mozori Sharifda UzTrade shourumi (korgazma zali) ochildi. Unda ozbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning turli mahsulotlari orin olgan. Bugungi kunga qadar UzTrade kompaniyasi afgonistonlik sheriklari bilan 29 million dollardan ortiq bitimlar imzoladi. Bundan tashqari, yurtimiz 25 ta avtobus, 3 ta traktor va tirkama texnikani begaraz yetkazib berdi.

Davlat tuzilmasi va davlat chegaralari daxlsizligini ishonchli himoya qilish, inson huquqlari va erkinliklariga ogishmay rioya etish, jamiyatdagi millatlararo totuvlik, diniy bagrikenglik, tinchlik va osoyishtalik – demokratik huquqiy davlat qurishning hamda mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim shartlaridan hisoblanadi. Ozbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati mamlakatning konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi, iqtisodiy va mudofaa salohiyatini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish tizimida alohida orin tutadi. Shu bilan birga, Milliy xavfsizlik xizmatining maqomi, vazifalari va vakolatlari doirasini aniq belgilab beruvchi qonun hujjati yaratilmay turib, unga milliy xavfsizlikni taminlashning barcha jihatlari yuklatilgani ushbu idoraning davlat organlari faoliyatining barcha sohalariga asossiz aralashuviga shart-sharoit yaratib berdi. Mamlakatni rivojlantirishning hozirgi bosqichidagi ustuvor yonalishlar, davlat va ijtimoiy hayotning barcha sohalarini isloh qilish borasidagi vazifalarni samarali amalga oshirish davlat xavfsizligini taminlashning sifat jihatdan yangi tizimini shakllantirishni taqozo etadi.

Ozbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish borasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida, shuningdek, yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga muvofiq: 1. Ozbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Ozbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati sifatida qayta tashkil etilsin. Belgilansinki, Ozbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Ozbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boyicha huquqiy voris hisoblanadi. Ozbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Ozbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qiluvchi maxsus vakolatli organ etib belgilansin.

2. Ozbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (bundan buyon Xizmat deb yuritiladi) faoliyatini tashkil etishning ustuvor yonalishlari etib quyidagilar belgilansin: Xizmatning maxsus vakolatli davlat xavfsizlik organi sifatidagi huquqiy maqomi, vakolatlari va faoliyat yonalishlarini aniq belgilab beruvchi mustahkam qonunchilik bazasini yaratish; bugungi kundagi xavf-xatarlar va tahdidlarga qarshi kurashishning tasirchan shakl hamda uslublarini joriy etish; yuzaga kelayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy vaziyatni inobatga olgan holda davlat xavfsizligini taminlash borasidagi vazifalarni bajarishda mavjud kuch hamda vositalardan samarali foydalanish imkonini beruvchi tashkiliy tuzilmani shakllantirish; Xizmat faoliyatini davlat xavfsizligini taminlash ishlarining shakl va uslublari, shuningdek, Xizmat harbiy xizmatchilarining idoraviy mansubligi haqidagi malumotlar oshkor bolishini istisno etuvchi konspiratsiya tamoyili asosida tashkil etish; fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga ogishmay rioya etilishini kafolatlaydigan tasirchan mexanizmlarni joriy qilish; Ozbekiston Respublikasining manfaatlarini munosib himoya qilishga qodir, har tomonlama yetuk va vatanparvar yoshlarni Xizmatga jalb etishga qaratilgan kadrlarni tanlash va tayyorlashning mutlaqo yangi tizimini yaratish; mehnatga munosib haq tolash, uy-joy va maishiy shart-sharoitlarni yaxshilash, sogliqni saqlash tizimini takomillashtirish orqali Xizmat harbiy xizmatchilarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish.

3. Xizmatning asosiy vazifalari va faoliyat yonalishlari etib quyidagilar belgilansin: Ozbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishni taminlash, mazkur sohada qonuniylik va qonun ustuvorligini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish; Ozbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga tajovuzlarning oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish boyicha razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshirish; Ozbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini qoriqlash va himoya qilish; Ozbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari va mudofaa-sanoat majmuasini davlat xavfsizligiga xavf-xatarlar hamda tahdidlardan himoya qilish, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash boyicha strategik tashabbuslarni amalga oshirishda ishtirok etish; terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilikka, qurol-yarog, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish; davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi milliy, irqiy va diniy adovatni targib etishga qaratilgan buzgunchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga barham berish; iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy va axborot sohalarida davlat xavfsizligini taminlash, Ozbekiston Respublikasi xalqining tarixiy-madaniy va boy manaviy merosini himoya qilish; davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi korrupsiya holatlariga qarshi kurashish; telekommunikatsiya va transport sohasida davlat xavfsizligini taminlash, favqulodda holatlarni yuzaga keltiruvchi omillarning oldini olish, aniqlash va ularga barham berish; Xizmat tergov qilish vakolatiga kiruvchi jinoyat ishlari boyicha tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov olib borish va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish; davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat sirlari saqlanishi, maxsus aloqa xavfsizligining taminlanishi hamda axborotlarni kriptografik himoya qilishni tashkil etish ustidan nazoratni amalga oshirish; davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon beradigan sabab va shart- sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish; Xizmatning jangovar va safarbarlik tayyorgarligi holatini takomillashtirish va saqlab turish, kuch va vositalarni favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan hamda harbiy holat joriy qilingandagi harakatlarga tayyorlash.


Davlatimizning harbiy sohadagi tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari 1996-yil 26-dekabrda
qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati faoliyatining asosiy tamoyillari»
haqidagi Qonunda mujassamlangan. Qonunda «O‘zbekiston hech qanday harbiy-siyosiy
bloklarda ishtirok etmaydi va harbiy-siyosiy blokka transformatsiya qilingan vaqtda har qanday
xalqaro tashkilotlardan chiqish huquqini o‘z ixtiyorida qoldiradi» deb qonuniy
rasmiylashtirilgan. Bu Qonun O‘zbekistonning tinchliksevarlik siyosatini, uning dunyo
hamjamiyatida integratsiyaga intilishlarini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari — harbiy tuzilmalar, harbiy o‘quv yurtlari va
boshqa harbiy qismlardan iborat. U O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini,
hududiy yaxlitligini, aholisining tinch hayot kechirishini va xavfsizligini ta’minlashga
qaratilgandir.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlatni himoya qilishda butun mudofaa tizimining
asosini tashkil etadi va tarkibiga quyidagilar kiradi:
Quriqlikdagi qo‘shinlar.
Harbiy-havo va havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari.
Maxsus qo‘shinlar.
Milliy gvardiya brigadasi.
Chegara va ichki qo‘shinlar.
Milliy xavfsizlik xizmati.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqalar.
1999-yilgacha Chegara qo‘shinlari Milliy Xavfsizlik xizmati tarkibida bo‘lgan. 1999-yil 13-
yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan O‘zbekiston
Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita tashkil etildi.
Qurolli Kuchlarni joylashtirish (dislokatsiya) O‘zbekiston Respublikasi hududlari, chegaralari
va havo bo‘shliqlarining mustahkam mudofaasini umumiy strategik maqsad asosida
ta’minlashdan kelib chiqib belgilanadi va harbiy doktrina talablariga muvofiq strategik va
operativ rejalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Qurolli Kuchlarga Oliy boshqaruvni Prezident amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 93-moddasi 20-bandiga muvofiq Prezident mamlakat Qurolli Kuchlarining
Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va vazifasida ozod qiladi,oliy harbiy unvonlar beradi.
«Mudofaa to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq Prezident mamlakat mudofaa qobiliyatini
ta’minlash, qurolli tajovuz bo‘lgan hollarda davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi va
mustaqilligini himoya qilish yuzasidan zarur chora-tadbirlar qabul qiladi, Mudofaa vazirini
tayinlaydi. Qurolli Kuchlarga jangovar harakatlarni olib borish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va buyruq beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq o‘ninchi sessiyasida (2002-yil 12
-dekabr) «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida» hamda «O‘zbekiston
Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. Mazkur
qonunlarga ko‘ra, Qurolli Kuchlar safidagi muddatli xizmat bir yarim yildan bir yilga
qisqartirildi. Oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari esa xizmatga faqat to‘qqiz oyga chaqiriladigan
bo‘ldi.
Davlat tuzilmasi va davlat chegaralari daxlsizligini ishonchli himoya qilish, inson
huquqlari va erkinliklariga og„ishmay rioya etish, jamiyatdagi millatlararo totuvlik, diniy
baĝrikenglik, tinchlik va osoyishtalik – demokratik huquqiy davlat qurishning hamda
mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim shartlaridan hisoblanadi.
Òbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati mamlakatning konstitutsiyaviy tuzumi,
suvereniteti, hududiy yaxlitligi, iqtisodiy va mudofaa salohiyatini tashqi va ichki
tahdidlardan himoya qilish tizimida alohida òrin tutadi.
Shu bilan birga, Milliy xavfsizlik xizmatining maqomi, vazifalari va vakolatlari doirasini
aniq belgilab beruvchi qonun hujjati yaratilmay turib, unga milliy xavfsizlikni
ta‟minlashning barcha jihatlari yuklatilgani ushbu idoraning davlat organlari faoliyatining
barcha sohalariga asossiz aralashuviga shart- sharoit yaratib berdi.
Mamlakatni rivojlantirishning
hozirgi bosqichidagi ustuvor yònalishlar, davlat va ijtimoiy
hayotning barcha sohalarini isloh qilish borasidagi vazifalarni samarali amalga oshirish davlat xavfsizligini
ta'minlashning sifat jihatdan yangi tizimini shakllantirishni taqozo etadi.
Òzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va
manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish borasidagi faoliyatni tubdan
takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021-
yillarda Òzbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yònalishi bo„yicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga
muvofiq:
1. Òzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Òzbekiston Respublikasi Davlat
xavfsizlik xizmati sifatida qayta tashkil etilsin.
Belgilansinki, Òzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Òzbekiston
Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bòyicha huquqiy voris hisoblanadi.

Òzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Òzbekiston Respublikasining


konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki
tahdidlardan himoya qiluvchi maxsus vakolatli organ etib belgilansin.
2. Òzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (bundan buyon Xizmat deb
yuritiladi) faoliyatini tashkil etishning ustuvor yònalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Xizmatning maxsus vakolatli davlat xavfsizlik organi sifatidagi huquqiy maqomi,
vakolatlari va faoliyat yònalishlarini aniq belgilab beruvchi mustahkam qonunchilik bazasini yaratish;
bugungi kundagi xavf-
xatarlar va tahdidlarga qarshi kurashishning ta'irchan shakl
hamda uslublarini joriy etish;
yuzaga kelayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy vaziyatni inobatga olgan holda
davlat xavfsizligini ta'minlash borasidagi vazifalarni bajarishda mavjud kuch hamda
vositalardan samarali foydalanish imkonini beruvchi tashkiliy tuzilmani shakllantirish;
Xizmat faoliyatini davlat xavfsizligini ta‟minlash ishlarining shakl va uslublari,
shuningdek, Xizmat
harbiy xizmatchilarining idoraviy mansubligi haqidagi ma‟lumotlar
oshkor bòlishini istisno etuvchi konspiratsiya tamoyili asosida tashkil etish;
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga oĝishmay rioya etilishini kafolatlaydigan tasirchan mexaniznlarni joriy qilish;
Òzbekiston Respublikasining manfaatlarini munosib himoya qilishga qodir, har tomonlama yetuk va vatanparvar yoshlarni Xizmatga jalb etishga qaratilgan kadrlarni tanlash va
tayyorlashning mutlaqo yangi
tizimini yaratish;
mehnatga munosib haq to„lash, uy-joy va maishiy shart-sharoitlarni yaxshilash, soĝliqni saqlash tizimini
takomillashtirish orqali Xizmat harbiy xizmatchilarining ijtimoiy
himoyasini kuchaytirish.
3. Xizmatning asosiy vazifalari va faoliyat yòalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Òzbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi va manfaatlarini tashqi va ichki
tahdidlardan himoya qilishni ta'minlash, mazkur sohada qonuniylik va qonun
ustuvorligini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga
barham berish;
Òzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga
tajovuzlarning oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish bòyicha razvedka va kontrrazvedka
faoliyatiniamalga oshirish;
Òzbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini qo„riqlash va himoya qilish;
Òzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari va mudofaa-sanoat majmuasini davlat
xavfsizligiga xavf-xatarlar hamda tahdidlardan himoya qilish, mamlakat mudofaa qo-
biliyatini mustahkamlash bòyicha strategik tashabbuslarni amalga oshirishda ishtirok etish;
terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilikka, qurol-
yaroĝ giyohvandlik vositalari va
psixotrop moddalarning noqununiy muomilasiga qarshi
kurashish; davlat manfaatlar va xavfsizligiga tahdid soluvchi milliy, irqiy va diniy adovatni tarĝib etishga qaratilgan buzĝunchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga barham
berish;
iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy va axborot sohalarida davlat xavfsiz
ligini taminlash,
Òzbekiston Respublikasi xalqining tarixiy-madaniy va boy ma‟naviy merosini himoya
qilish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi korrupsiya holatlariga qarshi kurashish;
telekommu
nikatsiya va transport sohasida davlat xavfsizligini ta‟minlash, favqulodda
holatlarni yuzaga keltiruvchi omillarning oldini olish, aniqlash va ularga barham berish;
Xizmat tergov qilish vakolatiga kiruvchi jinoyat ishlari bo„yicha tergovga qadar tekshiruv
va dastlabki tergov olib borish va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirishdir.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2018-yil 31-yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining kengaytirilgan hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilish sohada amalga oshirilgan ishlar tahlili va Milliy xavfsizlik xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish bo'yicha chora-tadbirlarga bag'ishlandi.

Yig'ilishda Oliy Majlis palatalari rahbarlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni vakillari, hukumat a'zolari, shuningdek, MXX markaziy apparati va hududiy tuzilmalarining rahbar xodimlari ishtirok etdi.

Yig'ilishda alohida ta'kidlandiki, hamma zamonda har qanday davlatning eng asosiy vazifalaridan biri shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta'minlash bo'lgan va shunday bo'lib qoladi.

Aynan shuning uchun ham O'zbekistonda mustaqillikning birinchi kunlaridan milliy xavfsizlik masalalari mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatining eng ustuvor yo'nalishi etib belgilandi.

Xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, odam savdosi, narkotik moddalar va qurol-yarog' vositalarining noqonuniy savdosi kabi transmilliy tahdidlar kuchayib borayotgan bugungi kunda ushbu vazifalarga alohida e'tibor qaratish yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

O'tgan davrda Milliy xavfsizlik xizmati O'zbekiston suverenitetini, mustaqilligini va hududiy yaxlitligini saqlash hamda himoya qilish ishlariga salmoqli hissa qo'shgani qayd etildi.

Bu, ayniqsa, bizning yaqin va uzoq yon-atrofimizda ro'y bergan turli inqirozlar, ayrim buzg'unchi kuchlar tomonidan mamlakatimizdagi tinchlik va barqarorlikni izdan chiqarishga urinishlar sodir etilgan juda og'ir yillarda yaqqol namoyon bo'ldi.

Shu bilan birga, yig'ilishda Milliy xavfsizlik xizmatining faoliyati xolis baholangan holda, uning ayrim bo'linmalari va hududiy boshqarmalari faoliyati tanqid qilindi. Idoralararo hamkorlik, tezkor va qidiruv tadbirlarini o'tkazish, shuningdek, kadrlar bilan ishlash borasida yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar aniq misollar bilan ko'rsatib o'tildi.

Davlatimiz rahbari zamon talablaridan kelib chiqqan holda, Milliy xavfsizlik xizmatining tarkibiy tuzilishini qayta ko'rib chiqish kerakligini ta'kidladi. Maxsus xizmat doirasiga kirmaydigan vazifalar bilan shug'ullanadigan, boshqa davlat tuzilmalari faoliyatini takrorlaydigan bo'linmalarni tugatish, ayni vaqtda milliy xavfsizlikning ustuvor yo'nalishlarini ta'minlaydigan bo'linmalarni mustahkamlash zarurligi ko'rsatib o'tildi.

O'zbekiston taraqqiyotining Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan keng ko'lamli vazifalardan kelib chiqqan holda, mamlakatimizning barcha sohalari davr talabi asosida tubdan isloh etilayotgan yangi sharoitda Milliy xavfsizlik xizmatining yaqin kelajakka mo'ljallangan ustuvor vazifalari belgilab olindi.

Prezidentimiz Milliy xavfsizlik xizmati davlatning huquq-tartibot organlaridan biri sifatida o'zining kundalik faoliyatini mamlakatimizning barcha vazirlik va idoralari uchun asosiy faoliyat mezoniga aylangan "Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak", degan tamoyil asosida tashkil etishi zarurligini alohida ta'kidladi.

Joriy yilda O'zbekiston Respublikasining "Milliy xavfsizlik xizmati to'g'risida"gi qonuni ishlab chiqilishi va qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega. Qonunda MXXning asosiy funktsiya va vazifalari belgilab beriladi va, eng muhimi, uning qabul qilinishi bilan mamlakatimiz huquq-tartibot organlarining vakolat doiralari aniqlashtirib olinadi.

Har qanday jamoa, jumladan, MXX ish faoliyatining samarasi ham kadrlar, birinchi navbatda, uning rahbar xodimlariga, ularning o'z burchiga sadoqati, professional darajasi, mehnatsevarligi va yuksak mas'uliyatiga bog'liq, deb alohida qayd etdi Prezidentimiz.

MXX bo'linmalari o'zining vakolati doirasida xalqimizning muammolarini hal qilishga, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat tashkilotlariga olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlarni amalga oshirish ishlariga yaqindan yordam berishi lozim.


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti MXX o'quv yurtlarining rahbarlari va professor-o'qituvchilariga yosh kadrlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakat qonunchiligi talablariga og'ishmay rioya etish, turli sinovlarga chidamli bo'lish, o'z ustida muntazam ishlash va professional mahoratini uzluksiz oshirib borishga intilish kabi masalalarga alohida e'tibor qaratishni qat'iy vazifa qilib qo'ydi.

Yig'ilishda tashkiliy masala ko'rildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi etib tayinlangani munosabati bilan Milliy xavfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan Respublika Bosh prokurori lavozimida ishlab kelayotgan Ixtiyor Abdullaev Milliy xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandi.


“O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, Oliy Kengashning “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida”gi bayonotiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 25-avgustdagi va 26-sentabrdagi farmonlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston SSR ittifoq-respublika Davlat xavfsizligi qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatiga aylantirilsin (respublika qo‘mitasi huquqida).
2. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin (1-ilova).
3. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining tizimi va xodimlari soni tasdiqlansin (2, 3, 4-ilovalar berilmaydi). Sobiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi qo‘mitasining tugatilgan alohida bo‘linmalarini hisobga olgan holda, uning xodimlari soni 25 foizga qisqartirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1992-yil uchun respublika budjetining loyihasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatini saqlash uchun zarur bo‘lgan xarajatlarni taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq nazarda tutsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qo‘mitasi, Moddiy-texnika ta’minoti davlat-kooperativ qo‘mitasi, Neft mahsulotlari bilan ta’minlash davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi 1992-yildan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati bilan kelishgan holda har yili moddiy-texnika vositalarini ajratishni, shuningdek, chet el valyutasi ajratishni ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa va Avtomobil transporti vazirliklari, O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi, O‘rta Osiyo temir yo‘li boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatiga aloqaning barcha turlarini, xonalar, texnik qurilmalar, transportda yurish hujjatlarini taqdim etsinlar va xizmat vazifalarini bajarish uchun transportda joylarni band qilishni amalga oshirsinlar.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qo‘mitalari va Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, uning joylardagi organlari xodimlariga uy-joy, yakka tartibda uy-joy va dala hovli qurilishi uchun yer uchastkalarining birinchi navbatda ajratilishini ta’minlasinlar.
Download 16.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling