Mavzu : Molyaviy natijalar hisobi Reja: Moliyaviy natijalar hisobi tushunchasi


Download 21.58 Kb.
bet1/5
Sana22.04.2023
Hajmi21.58 Kb.
#1376977
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Molyaviy natijalar hisobi


Mavzu : Molyaviy natijalar hisobi
Reja:

  1. Moliyaviy natijalar hisobi tushunchasi

  2. Daromadlarni tan olish va baholash.

  3. Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga olish.

  4. Moliyaviy faoliyat bo’yicha daromadlar hisobda aks ettirish.


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


  1. Moliyaviy natijalar hisobi.

Moliyaviy natijalar – bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ma’lum hisobot davrida tadbirkorlik faoliyati jarayonida o‘ziga qarashli mablag‘ning oshishi yoki kamayishidir. Buxgalteriya hisobida bunday faoliyat natijasi hisobot davridagi barcha foydalar va zararlarni hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi. O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish korxonalar faoliyatini tubdan isloh qilish, ularni yuzaga kelgan yangi iqtisodiy munosabatlar sharoitida rivojlanishini ta’minlash, mamlakatda kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish korxonalarning moliyaviy barqarorligiga uzviy bog‘liq. Korxonalarning moliyaviy jihatdan barqaror bo‘lishi ularning faoliyati davomida olgan foydasining to‘g‘ri shakllantirilishi bilan bog‘liq. Chunki korxonalarda foyda shu yerda ishlovchilarning moddiy ta’minlanishining, korxonalarda ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishning, ishlab chiqarishda fantexnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilish kabi ishlarning asosiy moddiy manbasi hisoblanadi. Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ulardan foydalanish tartibi «Mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga qo‘shiladigan ishlab chiqarish va mahsulot (ish, xizmatlarni) sotish bo‘yicha xarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarning shakllanishi to‘g‘risidagi Nizom» hamda 2, 3, 4-sonli BXMS lari bilan tartibga solinadi. Moliyaviy natijalarni buxgalteriyada hisobga olishning asosiy vazifalari quyidagilardir: - moliyaviy natijalarning shakllanishi to‘g‘ri ekanligini o‘rganish; - olingan foyda miqdorini har oyda hamda yil boshidan o‘z vaqtida va to‘g‘ri hisob-kitob qilish; - moliyaviy natijalar bilan bog‘liq operatsiyalarni va ularning taqsimlanishini buxgalteriya hisobi schyotlarida va tegishli registrlarda to‘g‘ri aks ettirish. Korxona tomonidan olinadigan foydaning tarkibini aniqlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki qaysi faoliyat turidan korxona foyda olayotganligi va qaysi faoliyat turidan zarar ko‘rayotganligini bilish korxonaning moliyaviyiqtisodiy barqarorligiga ham o‘zining ta’sirini o‘tkazadi. Foydaning quyidagi turlari bor: 1. Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda; 2. Asosiy faoliyatidan olingan boshqa foyda (operatsion foyda); 3. Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda; 4. Favqulodda olingan foyda; Oxirgi moliyaviy natija hisobot davrida buxgalteriya hisobida hamma xo‘jalik faoliyatidan hisobga olingan daromad va xarajatlar o‘rtasidagi farq asosida aniqlanadi. Hamma daromad summalarining hamma xarajat summalaridan yuqoriligi foyda summasini aksincha zarar summasini anglatadi. «Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq korxona faoliyati moliyaviy natijasi quyidagicha foyda ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi: 1. Mahsulot sotishdan olingan foyda (zarar) – mahsulot sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulot tannarxi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Yalpi foyda schyotidan olingan sof tushum – sotilgan mahsulot tannarxi. 9010–9030- schyotlarining kredit tomonidan jamlangan sof tushum summasidan 9110–9130- schyotlarining debet tomonidan sotilgan mahsulotning tannarxini ayirib aniqlanadi. Ijobiy farq foydani, salbiy farq zararni ko‘rsatadi. 2. Asosiy faoliyatdan olingan foyda (zarar) – mahsulot sotishdan olingan boshqa daromad yoki zararni qo‘shish yoxud ayirish yo‘li bilan aniqlanadi. Asosiy faoliyatdan olingan foyda = mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda, boshqa daromadlar (zararlar) 9310–9390 schyotlarining kredit summalari – davr xarajatlari 9410, 9420, 9430, 9440-schyotlarining debetida jamlangan summalar ijobiy summa foydani, salbiy esa zararni ko‘rsatadi. 3. Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (zarar) – asosiy faoliyatdan olingan foydaga dividendlar bo‘yicha daromad qo‘shiladi, chet el valutasi muomalalari bilan bog‘liq daromad yoki zararlar qo‘shib yoxud ayriladi va foizlar bo‘yicha xarajatlar olib tashlanadi. Umumxo‘jalik faoliyati foydasi = asosiy faoliyat foydasi + 9510- 9590-schyotlarining kredit jamlanmasiga moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar – 9610–9690-schyotlarining debet oboroti moliyaviy faoliyati bo‘yicha sarflar, ijobiy farq foydani, salbiy farq esa zararni ko‘rsatadi. 4. Soliq to‘langunga qadar foyda (zarar) – umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda + 9710 schyotning kreditida jamlangan favquloddagi foyda – 9720- schyotining debetida jamlangan favquloddagi zarar, ijobiy farq foydani, salbiy farq zararni bildiradi. 5. Yilning sof foydasi (zarari) – soliqlar to‘langandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan ko‘rsatkichdir. Soliqlar to‘langungacha foydadan (daromaddan) soliqlar va boshqa biror yerda hisobga olinmagan soliq hamda to‘lovlar chiqarib tashlanadi. Yilning sof foydasi = soliq to‘langunga qadar foyda – 9810–9830- schyotlarning debetida jamlangan foydadan soliq, obodonlashtirish uchun va ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish uchun ajratmalar farqidan iborat. Shunday qilib yilning sof foydasi (zarari) - mahsulotni sotishdan olingan daromad (9010–9030) – sotilgan mahsulotning tannarxi (9110– 9130) + boshqa daromadlar (9310–9390) – davr xarajatlari (9410–9430) + moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar (9510–9590) – moliyaviy faoliyat bo‘yicha sarflar (9610–9690) ± favquloddagi foydalar va zararlar (9710–9720) – foydadan soliqlar (9810–9830). Bu foyda yoki zarar 9900-schyotning debet aylanmasi bilan kredit aylanmasidan iboratdir va moliyaviy faoliyat bo‘yicha hisobotning oxirgi qatorida aks ettiriladi. Yilning oxirida daromadlar va sarflarni hisobga oluvchi vaqtinchalik schyotlar (9010–9030; 9110–9130, 9310–9390, 9410–9440, 9510–9590, 9610– 9690, 9710–9720, 9810–9830) yopiladi va natijalari 9900-schyotga o‘tkaziladi. Uning qoldig‘i hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) 8710- schyotiga o‘tkaziladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi ko‘rsatkichlari bilan tasniflanadi: - mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda, bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi tavofut sifatida aniqlanadi: YaFq SST-IT bunda, YaF – yalpi foyda; SST – sotishdan olingan sof tushum; IT – sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi; - asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda, bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr xarajatlari o‘rtasidagi tafovut va plyus asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa daromadlar yoki boshqa zararlar sifatida aniqlanadi:



  1. Download 21.58 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling