Mavzu : Molyaviy natijalar hisobi Reja: Moliyaviy natijalar hisobi tushunchasi


Moliyaviy faoliyat bo’yicha daromadlar hisobda aks ettirish


Download 21.58 Kb.
bet4/5
Sana22.04.2023
Hajmi21.58 Kb.
#1376977
1   2   3   4   5
Bog'liq
Molyaviy natijalar hisobi

Moliyaviy faoliyat bo’yicha daromadlar hisobda aks ettirish.

«Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom»ga binoan moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi: - olingan royaltilar va sarmoya transferti; - O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida ulush qo‘shgan holda qatnashishdan olingan daromad, aktsiyalar bo‘yicha dividendlar va obligatsiyalar hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektga tegishli qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar; - mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizing to‘lovini olish); - valyuta schyotlari, shuningdek chet el valyutalaridagi muomalalari bo‘yicha ijobiy kurs tafovutlari; - sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, sho‘‘ba korxonalarga va hokazolarga) mablag‘larni qayta baholashdan olingan daromadlar. Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar soliqqa tortishda yalpi daromadga kiritilmaydi. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha daromadlar hisobi «Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar» nomli 2-son BHMS, «Lizing hisobi» nomli 6-son BHMS, «Moliyaviy investitsiyalar hisobi» nomli 12-son BHMSlar bilan tartibga solinadi. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha olinadigan daromadlar uchun quyidagi schyotlar ochilishi mumkin: 9510-«Royaltidan olingan daromadlar» 9520-«Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar» 9530-«Foiz ko‘rinishidagi daromadlar» 9540-«Kurs farqlaridan olingan daromadlar» 9550-«Moliyalanadigan lizingdan olinadigan daromadlar» 9560-«Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar» 9590-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa daromadlar». Ushbu schyotlar tranzit bo‘lib, passiv xarakterga ega. Ularning kredit oborotida tegishli manbalar hisobidan moliyaviy foydaning ko‘payishi, debet oborotida esa ularning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. 9510-«Royaltidan olingan daromadlar» schyotida royalti va kapital transferti bo‘yicha olingan daromadlar aks ettiriladi. Royaltidan olingan daromadlarga quyidagicha provodka beriladi: D-t 4850-«Royalti bo‘yicha olishga tegishli schyotlar» K-t 9510-«Royaltidan olingan daromadlar». 9520-«Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar» schyotida O‘zbekiston Respublikasi hududida va chet ellarda ulush qo‘shish yo‘li bilan boshqa korxonalar faoliyatida qatnashishdan olingan daromadlar, aktsiyalar bo‘yicha dividendlar aks ettiriladi. Dividendlar bo‘yicha olinadigan daromadlarga quyidagicha provodka beriladi: D-t 4840-«Olinadigan dividendlar» K-t 9520-«Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar». Korxonalarda mahsulot, ishlar va xizmatlar sotishdan olingan yalpi foydadan tashqari asosiy faoliyatdan olinadigan boshqa daromadlar ham bo‘lishi mumkin. Bunday daromadlar kelib tushish manbalariga qarab quyidagi: 9310-«Asosiy vositalarning chiqib ketishdan foyda», 9320 «Boshqa aktivlarnining chiqib ketishdan foyda», 9330-«Undirilgan jarima, penya va ustamalar», 9340-«O‘tgan yillar foydalari», 9350-«Qisqa muddatli ijaradan daromadlar», 9360- «Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar», 9370-«Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar daromadlari», 9380-«Tekin moliyaviy yordam», 9390- «Boshqa operatsion daromadlar» schyotlarda hisobga olinadi. Bular tranzit schyotlar bo‘lib, passiv schyotlarga mansub. YUqoridagi schyotlarning kredit oboroti tegishli manbalar hisobidan foyda (daromad) ning ko‘payishi, debet aylanmasi esa ularning hisobdan chiqarilishini ko‘rsatadi va hisobot davri boshiga qoldig‘i qolmaydi. Asosiy faoliyatdan olinadigan boshqa daromadlarning shakllanishi milliy standart bilan tartibga keltiriladi. 9310-«Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda» schyotida asosiy vositalarni sotish va boshqa ko‘rinishdagi hisobdan chiqarishlardan olingan foyda hisobga olinadi. Bu vaqtda quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 9210-«Asosiy vositalarning chiqib ketishi», Kt 9310 «Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda» schyoti. 9320-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda» schyotida nomoddiy aktivlar, qimmatli qog‘ozlar va shunga o‘xshagan boshqa aktivlarni sotishdan olingan foyda summasi quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi», Kt 9320 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda» schyoti. 9330-«Undirilgan jarima, penya va ustamalar» schyotida shartnoma shartlarini buzganligi uchun undirilgan yoki qarzdor tomonidan etirof etilgan jarimalar, boqimandalar, vaqtida to‘lanmagan qarzlar va boshqa hil jazo jarimalari, shuningdek etkazilgan zararlarni undirish bo‘yicha daromadlar aks ettiriladi. Bunday jarima va boqimandalar undirib olinsa 5110 yoki pul mablag‘larini hisobga oladigan boshqa schyotlar debetlanib, 9330 schyoti kreditlanadi. Lekin bunday jarima va boqimandalar aybdor tomonidan tan olinib hali puli o‘tkazib berilmagan bo‘lsa, 4860-«Da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar» schyoti debetlanib 9330- schyot kreditlanadi. 9340-«O‘tgan yillar foydalari» schyotida hisobot yilida aniqlangan oldingi yillarga tegishli foyda aks ettiriladi. Bunga xususan, oldingi yillarda olinib sarflab yuborilgan materiallar bo‘yicha qaytadan hisoblash natijasida mol yuboruvchilardan olingan summa, xaridorlarga oldingi yillarda jo‘natilgan mahsulot, ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha qaytadan hisoblash natijasida hisobot yilida olingan summa va shunga o‘xshaganlar kiradi. Bunday foyda o‘tkazib berilsa, pul mablag‘larini hisobga oladigan schyotlar debetlanib, 9340-«O‘tgan yillar foydalari» schyoti kreditlanadi. Agar bunday foyda hali o‘tkazib berilmagan bo‘lsa, 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti debetlanib, 9340-«O‘tgan yillar foydalari» schyoti kreditlanadi. 9350-«Qisqa muddatli ijaradan daromadlar» schyotining kreditida 4820- «Qisqa muddatli ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar» schyoti bilan korrespondentlangan holda mulklarni qisqa muddatli ijaraga berishdan olinadigan daromadlar aks ettiriladi. Qisqa muddatli ijara haqi olinganda pul mablag‘larini hisobga oladigan schyotlar debetlanib 4820-«Qisqa muddatli ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar» schyoti kreditlanadi. 9360-«Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar» schyotida da’vo qilib olish muddati o‘tgan kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar aks ettiriladi. Bunday hollar quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt-6720-«Deponentlangan mehnat haqi», 6990-«Boshqa majburiyatlar», Kt 9360-«Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar» schyotlari. 9370-«Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar daromadlari» schyotida korxonaning asosiy faoliyati bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadlar hisobga olinadi. Bularga korxona balansida turadigan sog‘liqni saqlash, maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari obektlari, turar-joy-kommunal xo‘jaligi, madaniyat, sport obektlari kiradi. YUqorida keltirilgan obektlarning daromadlari xarajatlaridan ko‘p bo‘lsa, farqi quyidagicha daromadga o‘tkaziladi: Dt 2710-«Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar» schyotining tegishli analitik schyoti, Kt 9370-«Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar daromadlari» schyoti. Hisobot davri yakunida 9510, 9520, 9530, 9540, 9550, 9560, 9590- schyotlarning kredit oborotidagi summalar yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkaziladi.



Download 21.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling