2.2 Tajribaviy qism. Kerakli asbob uskunalar:
Asbob uskunalari: shtativ, Vyurs kolbasi, o'lchov silindiri, vanna, probirkalar, shisha stakanlar, spirt lampa, shisha plastikalar, metall qoshiqcha, qisqich, Shuster tomizg'ichi, gaz o'tkazgichli tiqin va naylar, Kipp apparati, mo'rli shkaf, tigel, xlorkalsiyli nay, chinni xovoncha.
Reaktivlar: H2O-distillangan suv, HCL-xlorid kislota HNO3-nitrat kislota, H2SO4 sulfat kislota NaOH-natriy gidroksid KNO3 kaliy nitrat, unversal indikator qog'ozi, fenolftalein, lakmus qizil qog'ozi, KNO2-kaliy nitrit, NaNO2-natriy nitrit, Zn-rux Fe-temir kukuni, NH4Cl-ammoniy xlorid NaNO3-natriy nitrat, Ca(OH)2 so'ndirilgan ohak, KClO3-Ber-tole tuzi, KMnO4-kaliy permanganat Kl-kaliy yodid MnO2-marganes(IV)oksid, (NH4)2SO4-ammoniy sulfat NH4NO3-ammoniy nitrat, Cu-mis qirindisi, P-fosfor, FeSO4-temir (II) sulfatning to'yingan eritmasi, Pb(NO3)2 qo'rg'oshin (II) nitrat, qum, Sn-qalay, Cu (NO3)2•3H2O kristallari, CuS-mis(II)sulfid Ag NO3-kumush nitrat, Al-alyuminiy metali, S- oltingurgurt, sherst matos.
2.3 Nitrit kislotaning oksidlovchilik va qaytaruvchilik xossalari.
Nitrit kislotasining hosil bo'lishi va parchalanishi.
a) Probirkada 2-3 ml natriy nitrit eritmasini qor (muz) bilan soviting va so'ngra unga H2SO4 ning suyultirilgan eritmasidan quying. Eritma rangiga va uning ustidagi gazning rangiga e'tibor bering. Nima uchun eritmani sovitish zarurligin tushuntiring, qaysi modda eritmaga rang berayapti, gazing tarkibi qanday? Reaksiya tenglamasini yozing. 4NaNO4+2H2SO4=2Na2SO4+4NO2+ 2H2O+O2
b)H2SO4 bilan kirslotali muhit hosil qilingan KMnO4 eritmasiga NaNO2 ertmasini quying Nima kuzatildi? Mn(ll) tuzi hosil bo'lishini hisobga olgan holda reaksiya tenglamasini yozing. a) va b) tajribalarida HNO2 qanday xossalarni gamonoy qiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |