Mavzu : Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi
-MAVZU:Atoyi hayoti va ijodi
Download 127.06 Kb.
|
Mavzu Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi
46-MAVZU:Atoyi hayoti va ijodi
Reja: 1.Atoyi hayoti va ijodi. 2.Navoiyning Atoyi hayoti haqidagi fikrlari. 3. Atoyi lirikasining janr xususiyatlari. Tayanch so’z va iboralar:Atoyi, turkiy, fors, arab, lirik janr,Navoiy, “Majolis un- nafois” Atoyi XV asrda Balxda tug’ilgan. Atoyining hayot yo’li, shaxsiyati haqida ma’kimotlar juda kam. U asli Ahmad Yassaviylar nasabiga mansub bo’lgan Ismoil ota avlodlaridan. Samarqand, Buxoro va Balxda yashagan. Mirzo Ulug’bek saroyida xizmat qilgan. Atoyi turkiy, fors va arab adabiyotlarini chuqur o’rgangan. Turkiy va fors tillarida ijod qilgan. Taxallusini mashhur shayx ota-bobolariga ishora qilib, “Ato” “(Ota)” deb olgan. Hozirgi Qozog’istonning Turbat qishlog’ida unga nisbat berilgan qabr bor. Navoiy (“Majolis un- nafois”) Atoyi hayoti va ijodi haqida to’xtalib: “Mavlono Atoyi Bakxda bo’lur edi. Ismoil ota farzandlaridindur, darveshvas va xushxulq, munbasit (ochiq chehrali) kishi erdi. O’z zamonida she’ri atrok (Turkiy tilda so’zlovchilar) orasida ko’p shuhrat tutti. Bu matla aningdurkim: Uk sanamkim suv yaqosinda paritek o’ltirur, G’oyati nozuklukundin suv bila yutsa bo’lur. To magarkim salsabil obina javloni qila, Keldi jannat ravzasidin obi Kavsar sori hur. Mavlono ko’p turkona aytur erdi... “ deydi. Atoyi lirikasi xalq iboralari, ta’birlar, maqol va matallar, og’zaki nutqqa oid so’zlar ko’p. G’azallarini, asosan, aruzning turli baxrlarida yozgan, ular orasida ramalda yozilganlari ko’proq: vazni yengil, misralari qisqa, so’zlari oddiy, uslubi sodda va ravon. Shuning uchun ham uning she’rlari xalq qo’shiqlariga aylanib ketgan. Atoyi Tajohiluk-orif, laff va nashr kabi o’ziga xos tasvir vositasi va usullaridan ham unumli foydalangan. Shoir ijodi bizgacha to’la yetib kelmagan. Devonining taxminan XVI asrda ko’chirilgan, 260 g’azalni o’z ichiga olgan qo’lyozma nusxasi Sank-Peterburgda saqlanadi. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 1.Atoiy qachon tug’ilgan?
Download 127.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling