Mavzu : Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi
-MAVZU: Obidalarning adabiy – badiiy qimmati
Download 127.06 Kb.
|
Mavzu Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
41-MAVZU: Obidalarning adabiy – badiiy qimmati
Reja: 1.Obidalarning adabiy – badiiy qimmati. 2.To’nyuquq, Kultegin bitiklarida erk va ozodlik tarannumi. 3. Ularda qahramonlik, ona-yurt daxlsizligi va xalq mustaqilligi g’oyalarining ifodalanishi. Tayanch so’z va iboralar:To’nyuquq, Kultegin,“Buyuk ipak yo’li”,Turk xoqonligi, toshbitik,“Irq bitigi”. V-VI asr o’rtalarida dunyo xaritasida Rurk xoqonligi degan mamlakat yuzaga kelgan. Bu mamlakat O’rta Osiyo, Yettisuv, Shaqrqiy Turkiston, Oltoy o’lkalaridagi turli qabila va xalqlarni birlashtirgan edi. Bu yerlar geografik jihatdan nixoyatda qulay, buning ustuga Yevropa va Sharqiy Osiyoni bog’lab turuvchi, “Buyuk ipak yo’li” ning ustida edi. Shuning uchun ham turkiylar yashaydigan manzillarga qiziqish katta bo’lgan. Turli qabila va elatlarning doimiyhukmronlikka intilishi odatdagi hol edi. Bundan dushmanlar ham foydalanishga harakat qildilar. Tashqi dushmanga qarshi hamkorlikda kurashish qabila va elatlarning birlashishiga olib keldi va 545-yilda Turk xoqonligi yuzaga keldi. bu xoqonlik VIII asrgacha hikmronlik qildi. Toshbitiklarning katta qismi ana shu xoqonlikning o’ziga xos solnomasidir. Yodgorliklarning hozirgi o’zbek tiliga bir necha marotaba tabdil qilingan. Runiy yozuvidagi yodgorliklar faqat toshga bitilgan emas. Ularning qog’ozga, turli buyumlar(kumush ko’zachalar, yog’och, teri, oyna, qayish to’qasi)ga yozilgan na’munalari ham bor. Masalan: “Irq bitigi” (Tabirnoma) qog’ozda yozilgan. Ikkinchi turk xoqonligiga asos solgan Eltarish xoqonningmaslahatchisi va sarkardasi bo’lgan. To’nyuquq “Turk Bilga xoqon davlatida bu bitigni yozdirdim” deydi. Bilga xoqon Eltarish xoqonning o’g’li bo’lgan. Bitiktoshdagi voqealar To’nyuquq tilidan hikoya qilinadi. To’nyuquq buyuk vatanparvar shaxs timsolidir. Uning o’z vatani, xoqoni, qo’shini, xalqi bilan faxrlanishi, ularning borligidan o’zini baxtiyor sezishi yodgorlik matniga puxta singdirilgan. Hatto dushmanning “xoqoni baxodir ekan, maslahatchisi alloma ekan” degan bahosida ham shu ruh mavjud. To’nyuquq obidasi vatan haqidagi madhiyadir. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: Toshbitiklar nima uchun O’rxun- Enasoy obidalari nomini olgan? Yodgorliklar qanday mavzularda yaratilgan? To’nyuquq siymosiga ta’rif bering. “Xoqoni baxodir ekan, maslahatchisi alloma ekan” degan baho kimlarga nisbatan qo’llangan? Download 127.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling