Oda va qasida tahlili
Download 129.68 Kb.
|
7-MAVZU. ODA VA QASIDA TAHLILI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maʼnosi 1
- Koʻpchilik ijodkorlar Toshkent yubileyiga munosib tuhfalar tayyorlash hamda tanlovda muvaffaqiyatli qatnashish uchun drama, musiqali drama, opera, oda
ODA VA QASIDA TAHLILI Qasida (arab. — koʻzlamoq, niyat qilmoq) — Sharq mumtoz adabiyotidagi sheʼriy janrlardan biri. Q. biror shaxsning (koʻpincha hukmdorning) madhiga bagʻishlangan. Q. uchun koʻtarinki, tantanavor ohang xos. Hajmi 20 baytdan 200 baytgacha boʻlishi mumkin. Gʻazalga oʻxshab qofiyalanadi (aa, ba, va, ...). Kompozitsiyasi gʻazalga nisbatan murakkab boʻlib, nasib (yoki tashbib) deb ataluvchi lirik muqaddima, gurezgoh (qochish joyi; nasibdan asosiy qism — madhga oʻtish vazifasini bajaruvchi bayt yoki baytlar), madh (maqtov) va mamduh (maqtalayotgan shaxs) haqidagi duo va matlabni oʻz ichiga oluvchi xulosa qismlardan iborat. Q. mazmuniga koʻra, Qasida bahoriya, Q.i ishqiya, Q.i holiya (oʻz ahvolidan shikoyat tarzida), Q.i hamriya (may bilan bogʻliqtasvir), Q.i hazoniya (kuz tasviri), Q.i faxriya (shoirning oʻz isteʼdodidan faxrlanishi), Q.i hajviya tipida boʻlishi mumkin. 11—12-asrlardan uning mazmun va mavzu doirasi kengayib, falsafiy, axloqiy, ijtimoiy Q.lar ham yozilgan (mas, Unsuriy, Anvariy, Xoqoniy Q.lari). Oʻzbek mumtoz Q.lari arab va fors qasidachiligi zaminida yuzaga kelgan, uning ilk namunalari "Devonu lugʻotit turk"yaa uchraydi. 15-asrda Sakkokiy, Lutfiy, Gadoiy, Amiriylar ijodida Q. oʻzining yuqori bosqichiga koʻtarilgan. Ayniqsa, Sakkokiy yaratgan Q.lar alohida ajralib turadi. Uning devonida 10 ta Q. boʻlib, undan 4 tasi hukmdor va olim Mirzo Ulugʻbekka bagʻishlangan. Alisher Navoiynknt original kompozitsiya va uslubga ega boʻlgan "Hiloliya", katta ijtimoiy mazmun tashuvchi "Tuhfat ulafkor" ("Sittai zaruriya"dan) Q.lari mashhurdir. Keyingi davrda oʻzbek adabiyotida Munis va boshqalar shoirlar ham bu janrga murojaat qilganlar. Hozirgi oʻzbek adabiyotida ham Q. janrida bir qancha asarlar yaratilgan (Gʻ.Gʻulom, H.Olimjon, T. Toʻla, E.Vohidov, A.Oripov va boshqalar). Maʼnosi 1 ad. Biror muhim voqea, nufuzli shaxs sharafiga yoki oʻta aha-miyatli mavzuda tantanavor ruxda yaratilgan sheʼriy asar (Sharq mumtoz adabiyotidagi qasida janriga yaqin turadi). 2 mus. 17-asrdan Yevropa musiqasida biror muhim voqea yoki gʻalaba munosabati bilan yaratilgan tantanavor vokal-cholgʻu musiqa asari. ◆ Koʻpchilik ijodkorlar Toshkent yubileyiga munosib tuhfalar tayyorlash hamda tanlovda muvaffaqiyatli qatnashish uchun drama, musiqali drama, opera, oda, kantata, syuita va boshqa sahna asarlari yaratishmoqda. Download 129.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling