Mavzu : Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi


-MAVZU:Ahmad Yassaviy. “Devoni hikmat” asari


Download 130.51 Kb.
bet37/46
Sana06.04.2023
Hajmi130.51 Kb.
#1331543
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46
Bog'liq
Nutq uslublari

42-MAVZU:Ahmad Yassaviy. “Devoni hikmat” asari
Reja:
1. Ahmad Yassaviy hayoti va ijodi.
2.Ahmad Yassaviy – tasavvuf adabiyotining yirik vakili.
3.”Devoni hikmat” – adabiyot tarixidagi alohida janr sifatida.
Tayanch so’z va iboralar:Ahmad Yassaviy, ”Devoni hikmat”, tasavvuf,shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqat.
Ahmad Yassaviyning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar yetarli emas. U Yassi yaqinidagi Sayram shahrida tug’ilgan. Uning otasi Ibrohim Turkistonning taniqli shayxlaridan bo’lgan. Onasi Qorasoch momo nomi bilan mashhur.
Ahmadning yoshligi ancha qiyin kechadi. Juda erta yoshligida otasi vafot etadi. Ahmad Yassaviy yirik metasavvif olim Arslonbobo qo’lida tarbiyalanadi, so’ng Buxoroga borib Yusuf Hamadoniy qo’lida tahsil oladi.
Ahmad Yassaviy tasavvuf ilmini shu qadar chuqur egallaydiki, xalq orasida “Madinada Muhammad, Turkistonda Xoja Ahmad” degan naql paydo bo’ladi.
Ahmad Yassaviy 1166-yilda vafot etadi. Uning shuhrati vafotidan keyin ham pasaymagan. Amir Temur unga alohida hurmat bilan qarab, 1395-1397-yillarda Turkistonda Ahmad Yassaviyning qabri o’rnida muhtasham maqbara qurdiradi. U hozir ham mavjud.
Alisher Navoiy “Nasoyim ul- mahabbat” asarida Ahmad Yassaviyga shunday ta’rif beradi: ”Xoja Ahmad Yassaviy- Turkiston mulkining shayx uk-mashoyixidur. Maqomati oliy va mashhur, karomati matovoliy (Hayratlanarli) va nomahsur (chegarasiz) ermish. Imom Yusuf Hamadoniyning as’hobidindur (suhbatdoshi)”.
Ahmad Yassaviy- mutasavvuf shoir. Tasavvufdagi 4 asosiy bosqich: shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqat mogiyatini she’riy misralariga singdirgan Ahmad Yassaviy shu yo’nalishda katta shuhrat qozondi. Ahmad Yassaviy hikmatlari xakqona ruhi bilan o’ziga xoslik kasb etadi.

Ishq davosi manga qilma, yolg’on oshiq,
Oshiq bo’lsang bag’ring ichra ko’z qoni yo’q,
Muhabbatni shavqi birla jon bermasa,
Zoye kechar umri oni yolg’oni yo’q.

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:

1.Ahmad Yassaviyning hayoti va ijodi haqida nimalarni bilasiz?
2. Ahmad Yassaviy she’rlarida qanday taxalluslar qo’llangan?
3. Ahmad Yassaviy ijodidagi ishq va oshiq tushunchalariga izoh bering.


Download 130.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling