Mavzu : Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi


-MAVZU: O’rxun – Enasoy obidalari


Download 130.51 Kb.
bet35/46
Sana06.04.2023
Hajmi130.51 Kb.
#1331543
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46
Bog'liq
Nutq uslublari

40-MAVZU: O’rxun – Enasoy obidalari
Reja:
1. Qadimgi turkiy xalqlar va turkiy adabiyot tushunchasi haqida ma’lumot.
2. Eng qadimgi badiiy tafakkur yodgorliklari.
3. Turkiy xalqlar og’zaki ijodi.
Tayanch so’z va iboralar:O’rxun-enasoy, O’rxun, Selenga , To’ki, “To’nyuquq”, “Kul tegin”
O’rxun-enasoy obidalarining topilishi O’rxun hamda Enasoy daryolarining havzalaru bilan bog’liq.Garchi bunday qadimiy obidalar keyinchalik Sibir va Mo’g’ulistonning boshqa joylaridan, Sharqiy Turkiston, O’rta Osiyo, Kavkaz, Volgabo’yi, hattoSharqiy Yevropada ham topilgan bo’lsa-da, tarixda bu nom muqim o’rnashib qoldi.
O’rxun-enasoy obidalari dastlab, O’rxun, Selenga va To’ki daryolari atrofidan shimoliy Mo’g’ulistondan toshga bitilgan obifalar shaklida topildi.
O’rxun-enasoy obidalari “Toshbitiklari” deb ham yuritiladi.Buning sababi ko’pgina yodgorliklarning qabr toshlariga o’yib yozilganidir.Ularning eng yiriklari “To’nyuquq” hamda “Kul tegin” yodgorliklaridir.
Qadimgi turkiy obidalarning adl manbalari topilgan va saqlanayotgan joylar: O’rxun-enasoy daryolari atrofi, Turfon(Sharqiy Turkiston), shuningdek, Mo’g’uliston, Germaniya, (Berlin, Marburg, Mayns), Rossiya (Sank-Peterburg, Qizil, Minusinsk), Xitoy (Turfon,Urumchi, Miran Suchjoy, Pekin), Buyuk Brutaniya (London), Fransiya (Parij), Shvetsiya (Stoggolm), O’zbekiston, Qirg’iziston va boshqalar.
“To’nyuquq” bitiktoshi 2 ta ustunga yozilgan.Ularning biri 170, ikkinchisi 160 sm dan iborat.Bu yodgorlikni Yelizavetta Klemens 1897-yili Shimoliy Mo’g’ulistonda termesh o’rtog’I Dmitriy Klemens bilan birgalikda izlab topgan.Bitiktosh Ulan-Batordan 66 km janubi-sharqdagi Bain Sokto manzilida bo’lgan va hozir ham shu yerda saqlanadi.

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:


1.”O’rxun-Enasoy” yodgorliklarida Yevropaliklar nima deb atalishgan?
2.”O’rxun-Enasoy” yodgorliklari nechanchi yilga kelib o’qildi?
3.Yodgorlikni kim o’qigan?
4.”O’rxun-Enasoy” yodgorliklari haqidagi nisbatan qadimgi ma’lumot kimning asari orqali yetib kelgan?
5.”O’rxun-Enasoy” yodgorliklari VI-VIII asrlarda Oltoyda Amudaryo bo’ylarigacha saltanat qurgan qaysi xalqqa mansub?



Download 130.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling