Nukus davlat pedagogika Sirtqi bo’lim O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi 4-kurs talabasi Allayarova Feruzaning Til tarixi fanidan “Qadimgi turkiy bitiktoshlar ustida kuzatishlar olib borish,ularning asli,transkripsiyasi
Download 1.92 Mb.
|
Презентация (1)
Nukus davlat pedagogika Sirtqi bo’lim O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi 4-kurs talabasi Allayarova Feruzaning Til tarixi fanidan “Qadimgi turkiy bitiktoshlar ustida kuzatishlar olib borish,ularning asli,transkripsiyasi,mazmunini muqoyasa qilish” mavzusidan mustaqil ishi. Qadimgi turkiy obidalarning asl manbalari topilgan joylar: O'rxun va Enasoy daryolari atroflari, Turfon (Sharqiy Turkiston), Osiyo va Yevropaning ko'pgina joylaridir. Shunga ko'ra ularning Mo'g'uliston, Germaniya (Berlin, Marburg, Mayns), Rossiya (Sankt-Peterburg, Qizil, Minusinsk), Xitoy (Turfon, Urumchi, Miran Suchjoy, Pekin), Buyuk Britaniya (London), Fransiya (Parij), Shvetsiya (Stokgolm), O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'izistonda saqlanishi kuzatiladi Ma'lumki, turkiy xalqlar o'z davlatiga ega bo'lgan eng qadimgi dunyo qavmlaridan biridir. O'rxun-Enasoy obidalari ana shu tarixni badiiy tarzda hikoya qiladi. Ular O'rta Osiyodan boshlab Dunaygacha bo'lgan ulkan hududda o'z davlatlarini idora qilishgan. Yodgorliklar, asosan, VI—VIII asr voqealarini aks ettiradi. V—VI asr o'rtalarida dunyo xaritasida Turk xoqonligi degan mamlakat yuzaga kelgan. Bu mamlakat O'rta Osiyo, Yettisuv, Sharqiy Turkiston, Oltoy o'lkalaridagi turli qabila va xalqlarni birlashtirgan edi. Bu yerlar geografik jihatdan nihoyatda qulay, buning ustiga Yevropa va Sharqiy Osiyoni bog'lab turuvchi «Buyuk ipak yo'li»ning ustida edi. Bu yerlar geografik jihatdan nihoyatda qulay, buning ustiga Yevropa va Sharqiy Osiyoni bog'lab turuvchi «Buyuk ipak yo'li»ning ustida edi. Shuning uchun ham turkiylar yashaydigan manzillarga qiziqish katta bo'lgan. «Bilga xoqon» bitigini ham N. M. Yadrinsev topgan. U Kultegin bitiktoshidan 1 km janubi-g'arbga o'rnatilgan. Uning bo'yi 3 m 45 sm, eni 1 m 72 sm, qalinligi 72 sm, bitiktosh ag'darilib, uchga bo'lingan va ayrim satrlari nurab, yozuvlari ham zarar ko'rgan. U 80 satrdan iborat. «Bilga xoqon» bitiktoshida «Kultegin» bitiktoshidagi 41 satr takrorlangan. Yodgorliklarni butun dunyo turkiyshunoslari ilmiy jihatdan o'rganmoqda Bitikdagi voqealar Bilga xoqonning yoshiga bog'liq holda davriy izchillikda ifodalangan. Qahramon o'n yetti, o'n sakkiz, yigirma ikki, yigirma olti, yigirma yetti, o'ttiz, o'ttiz bir, o'ttiz uch. o'ttiz to'rt, qirq yoshidagi voqealarni eslatadi. Aslida bu voqealar butun boshli bir xalq turkiylar tarixidagi nihoyatda jiddiy burilishlar haqida hikoya qiladi Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling