Toshkent Farmatsevtika instituti Farmatsevtik biotexnologiya yo'nalishi 102A guruh Talaba: Nurimov Zufarjon


Download 0.81 Mb.
Sana30.03.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1309324
Bog'liq
Toshkent Farmat-WPS Office (3)


Toshkent Farmatsevtika instituti Farmatsevtik biotexnologiya yo'nalishi
102A guruh
Talaba: Nurimov Zufarjon
O'qituvchi:Kariyeva M.T
Mavzu:
Moslashuvga tayyor boʻlish.
Iqlimga moslashish, iqlimlashtirish — organizmlarning yangi hayot sharoitiga moslanishi va rivojlanishning barcha bosqichlarini oʻtab, yashovchan avlod berishi. Iqlim deganda organizmning faqat boshqa iqlim sharoitiga emas, balki yangi biotsenozta moslashishi ham tushuniladi. I.m. 2 yoʻl bilan boradi: 1) organizmlarda moddalar almashinuvining oʻzgarishi, bun-day oʻzgarish (modifikatsiya) avlodga oʻtmaydi va organizmdagi reaksiya nor-masi bilan cheklanadi. Modifikatsiyada populyasiya yoki turning genetik strukturasi oʻzgarmaydi; 2) turning genetik strukturasi oʻzgarishi (haqiqiy I.m.). Turning genetik strukturasini belgilovchi va Iqlimga sababchi omil tabiiy tanlanishdmr. Organizmlar yangi hudud yoki joyga koʻchirilganda yoki yashash sharoiti oʻzgarganda (mas, oʻrmon daraxtlari kesilganda, choʻllarga suv chiqarilganda yoki botqoqlik quritilganda) I.m. yuz beradi. Bunday hollarda baʼzi organizmlar boshqa joyga oʻtadi yoki nobud boʻladi, boshqalari esa yangi sharoitga moslashadi, yaʼni iqlimlashadi. Iqlim odamga ham xos. Odamlar ilgari oʻzlari yashagan joylaridan mutlaqo boshqa hududlarga koʻchib oʻtib, unga faol ravishda moslashadilar, yaʼni adaptatsiya yuz beradi.
Title text addition
Oʻsimliklarda Iqlim Yangi sharoitda normal rivojlanib, hayotchan nasl qoldiradigan oʻsimliklarni iqlimlashgan deb hisoblash mumkin. I.m.ga oid nazariya va amaliyotning rivojlanishida Ch. Darvin, I. V. Michurin va N. I. Vavilovparnit ilmiy asarlari muhim ahamiyatga ega.
Iqlim hamma vaqt oʻsimliklarning yashash areapinn kengaytiradi. Oʻsimliklarni iqlimlashtirish xalq xoʻjaligining muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Oʻsimliklarning Iqlimda iqlim omillari (havo harorati va namligi, yogʻinlar miqsori va taqsimoti, yorugʻlik rejimi va b.), tuproq tiplari va uning mikroflorasi, shuningdek, oʻsimlikning oʻz xususiyatlari asosiy oʻrinda turadi. Oʻsimliklarning I.m.da geografik va sistematik uzok, shakllarni duragaylash, yovvoyi turlar bilan chatishtirish, takroriy avlodlarni oʻstirishdan foydalaniladi. Shuningdek, chidamli payvandtaglarga ulash, sugʻorish va oʻgʻitlar solish, oʻsishni boshqaruvchi moddalardan foydalanish qoʻllaniladi.
Qishloq xoʻjaligida Iqlim biron bir ekinni ilgari oʻsmagan yangi hududlarga koʻchirish bilan bogʻliq. Masalan, dehqonchilik amaliyotida gʻalla ekinlarini iqlimlashtirish ming yillardan beridavom etib keladi. Iqlim tufayli gilos, oʻrik, tok, choy, sitrus mevalar, evkalipt, bambuk va b. yangi mintaqalarda ekiladigan boʻldi. Yoki gʻoʻza yangi sharoitlar va kishilarning ehtiyojiga moslashtirilishi tufayli oʻzgacha iqlim sharoitiga ega boʻlgan rayonlarga tarqalgan. Gʻoʻzani madaniylashtirish va ularni dastlabki tarqalgan arealidan tropiklarning yuqori togʻli zonalari hamda shim. kengliklarga tarqalishida evolyusiyaning asosiy yoʻnalishi gʻoʻzaning hayot siklini qisqartirish va uning tezpishar turlarini ajratib olishdan iborat boʻlgan. Dunyo boʻyicha gʻoʻza ekiladigan mintaqa 44° shim. kenglikdan (Oʻzbekiston) 35° jan. kenglikkacha (Avstraliya) joylashgan. Oʻrta Osiyoning gʻoʻza mintaqasi dunyo boʻyicha eng shim. hisoblanib, u 37° bilan 44° shim. kenglik oraligʻida joylashgan (u hatto 1957 yilda 47° kenglikkacha borgan).
Iqlim jarayoni oʻsimliklar seleksiyasida, ayniqsa, boshqa mintaqalardan keltirilgan formalardan dastlabki material sifatida foydalanilganda katta rol oʻynaydi. Oʻsimliklarni introduksiya qilish va iqlimlashtirish boʻyicha botanika boglari va introduksiya parvarishxonalari katta ishlar olib boradi.
Hayvonlarda iqlimda yashash muhitining iqlim sharoitlaridan tashqari ozuqa, mavsumiy yashash makoni boʻyicha raqobatning borligi, shuningdek, yirtqichlar va kasallik qoʻzgʻatuvchilar kabi omillar muhim oʻrinda turadi. Odatda, yangi muxitda jiddiy ra-qobatchilari boʻlmagan turlar tez koʻpayadi. Oʻzbekistonda ondatra, amerika kora kuzani (norka), Xitoydan keltirilgan doʻng peshona, oq amur, targʻil doʻng peshona kabi baliq turlari muvaffa-qiyatli iqlimlashtirildi.
Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling