Mavzu : Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi


-Mavzu: Ish qog’ozlari (Tavsifnoma, tilxat, ishonchnoma, bildirishnoma, bayonnoma ) ustida ishlash


Download 130.51 Kb.
bet17/46
Sana06.04.2023
Hajmi130.51 Kb.
#1331543
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   46
Bog'liq
Nutq uslublari

18-Mavzu: Ish qog’ozlari (Tavsifnoma, tilxat, ishonchnoma, bildirishnoma, bayonnoma ) ustida ishlash
Reja:
1. Tavsifiy matn xususiyatlari haqida ma’lumot.
2. Tilxat va ishonchnoma matni tuzilishi.
3.Bildirishnoma, bayonnoma matni xususiyatlari

Tayanch so’z va iboralar:tavsifiy matn, tavsifnoma, tilxat, ishonchnoma, bildirishnoma, bayonnoma.
Tavsifiy (monologik) matn so’zlovchi yoki yozuvchi tomonidan bayon etilgan voqea-hodisa, narsa va shaxs tasviri, tavsifi yoxud xabar, ma’lumot bayonidir. Maqola, insho ham tavsifiy matnning bir turi sanaladi.
Toshkent violati Piskent tumanidagi
41-UO’TMning 10-“B” sinf o’quvchisi
Ismatov Sherjahonga berilgan
Tavsifnoma
Ismatov Sherjahon Akmal o’g’li 2008-yildan buyon Toshkent violati Piskent tumanidagi 41-UO’T maktabida ta’lim-tarbiya olib kelmoqda. O’tgan yillar davomida Ismatov Sherjahon barcha umumta’lim fanlaridan belgilangan Davlat ta’lim standartlari talablarini to’liq bajarmoqda. Mazkur o’quvchi o’zining bilim olishga bo’lgan qiziqishi va ishtiyoqi bilan sinfda ajralib turadi. Barcha fanlarni talab darajasida o’zlashtirayotgan SH.Ismatov , ayniqsa, ingliz tili va tarix fanlarini chuqur o’rganishga harakat qilmoqda. Ta’lim-tarbiya olish barobarida Sherjahon Yoshlar ittifoqi maktab kengashining a’zosi sifatida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ham faol ishtirok etib , o’zining tashabbuskorlik va tashkilotchilik qobiliyatini namoyon qilib kelmoqda. Ingliz tili bo’yicha viloyat fan olimpiadasida II o’rinni egallab, ta’lim muassasamiz sha’nini himoya etayotir.
Sherjahon Ismatov badiiy adabiyotga beqiyos mehr qo’yganligi sababli 2019-yil tuman miqyosida o’tkazilgan “Yosh kitobxonlar” bellashuvining g’olibi sifatida viloyat anjumanida ham ishtirok etdi hamda “Zukko kitobxon” yo’nalishida Faxriy yorliq va 20 nomdagi badiiy asarlar to’plamini qo’lga kiriktdi.
Ismatov Sherjahon Akmal o’g’li ayni vaqtda o’z imkoniyatlarini ishga solib ingliz tili bo’yicha mutaxassis bo’lib yetishish maqsadida tinmay o’qib izlanmoqda.

Maktab direktori (imzo) Murodova Dilorom Yusupovna


10-“B” sinf rahbari (imzo) Atoyeva Saodat Mirdadayevna

Ishonchnoma

Men, Xolmatova Feruza Niyozovna, qizim Anvarova Laylo Fayozbk qiziga OATB Xalq banki kassasidan mening 2020-yil aprel oyidagi pensiyamni olishiga ishonch bildiraman

2020-yil 5-aprel (imzo) Xolmatova F.N.

Tilxat

Men, Omonboyeva Zebiniso Samar qizi, kutubxonachi Mirkamolova Naziradan 10-“A” sinf o’quvchilari obuna bo’lgan quyidagi gazeta va jurnallarni tarqatish uchun qabul qilib oldim:


“Kitob dunyosi” gazetasi – 5 dona
“Ma’rifat gulshani” gazetasi – 4 dona
“Sinfdosh” jurnali – 4 dona

2020-yil 20-may (imzo) Omonboyeva Z.



Bildirishnoma

2020-yilning 10- mart kuni bizning “Bunyodkor” guruhimiz tomonidan hududda tashkil etilgan “Yoshlar bog’i”ga 20 tup archa , 10 tup kashtan , 10 tup magnoliya manzarali daraxt ko’chatlari o’tqazildi.

2020-yil 10-mart (imzo) Shukurov K.

Mustahkamlash uchun savollar:



  1. Ish qog’ozlarining o’ziga xos uslubiy xususiyatlarini sanab ko’rsating.

  2. Nima uchun hujjatlar dastlab qoralama nusxada tayyorlanadi?

  3. Tavsifiy matnning o’ziga xos xususiyatlarini ayting.



Download 130.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling